Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
bo‘rilarga achinib, ularni ko‘paytirmoqchisan — shundaymi? Quloq boshing bilan o‘ylab ko‘r, axir! 
Men butun boshli bo‘ri bolasini quritdim. Demak, davlatga juda katta foyda yetkizdim. Sen esa, ularni 
iniga qaytarmoqchisan. O’ssin, unsin, bo‘rilar ko‘paysin — shunday demoqchimisan? Niyating shumi? 
Yana meni sotib ham olmoqchisan. 
— Seni sotib olib boshimga uramanmi! Bo‘ri bolalarini olmoqchiman. Bekor meni qo‘rqityapsan, 
sudga beradiganday do‘q-po‘pisa qilyapsan. Sen oldin sal kallangni ishlat, nima qilyapsan, shundan 
keyin qanday odam bo‘lding! Zo‘r ekansan, avval katta bo‘rilarni yo‘qotgin edi! Ayniqsa, ona bo‘rini! 
Inini topib boribsan-ku, axir. Kuching yetmasa, boshqalarga aytishing kerak edi, shunday-shunday deb. 
Kuchi yetadigan odam qilsin edi bu ishni. 
— Kim ekan u — senmi? 
— Men bo‘lsam, nima! Ana endi katta bo‘rilarni topib bo‘psan. Tutqich bermaydi. Ini buzilgandan 
keyin ketadi boshi oqqan tomonga. Dumini tutqizmaydi. Endi atrofdagi duch kelgan mol-holni 
bo‘g‘izlab ketaveradi. Odamdan qasdini oladi. Qani ushlab ko‘r-chi, ularni. Buni o‘ylaganmiding? 
— Gapir-a, gapir. Yaxshi, bo‘riga ham advokat chiqibdi. Kim ishonadi bu gaplaringga? Odammidi 
ular senga, bo‘ri-ku bitgani. Qachon qarasa, boshni aylantirganing-aylantirgan. Laqillatmay qo‘ya qol. 
Ichingdagini shundoq ko‘rib turibman! Senga boshqa narsani aytmoqchiman. Agar bu yerga bir jig‘ini 
ezib qo‘yay deb kelgan bo‘lsang...— Bozorboy so‘zini tugatmay taqir boshidan qalpog‘ini shart tortib 
oldi-da, xuddi buqaday Bo‘stonga xezlanib keldi. Ular pishillab nafas olgancha baqamti, yuzma-yuz 
turib qoldilar, bir-birlariga yeb yuborguday bo‘lib qarashardi. 
— Xo‘p, qani, nima demoqchisan? — ovozi xirillab so‘radi Bo‘ston.— Bo‘l, vaqtim yo‘q! 
— Bilaman, sen Xudo urgan ziqnasan, doim o‘z foydangni ko‘zlaysan. Shuning uchun majlisma-
majlis yurganing-yurgan, cho‘ponlar mensiz hal qilib qo‘yishmasin deb. Lekin birovning kosasi 
oqarganligini ko‘rolmaysan. Ichingni it tatalaydi- boshqaning ro‘shnoligini ko‘rganda. Ammo buni 
hech kim bilmaydi. O’ljani sen olmading, sen bo‘ri bolalarini qo‘lga tushirmading, yuraging kuyib 
ketyapti ilon chaqqanday kechasi bilan to‘lg‘anib chiqasan, birovning baxtini ko‘rgani ko‘zing yo‘q! 
— Tuf senga-ey! — toqati toq bo‘ldi Bo‘stonning.— Hali senga o‘xshagan ablah bilan gaplashib 
o‘tiribmanmi! E, o‘zim ahmoq! Bilganimda qadam bosmasdim! Bas, yetar! Tamom! Endi bersang 
ham, olmayman. Bor, ishingni qil! 
Hazilakam jahli chiqmagan Bo‘ston otni qoziqdan zarda bilan yechdi, qorinbog‘ni shunday 
tortdiki, ot dosh berolmay tebranib ketdi, so‘ng shahd bilan o‘zini egarga oldi. Shunchalar qoni 
qaynagan ediki, hatto orqasidan Bozorboyning xotini chaqirganini ham eshitmadi. Sho‘rlik xotin 
pichagina kech qoldi. Uydan eshikka chiqib, u eri kim bilandir qo‘llarini paxsa qilib, qattiq-qattiq 
gaplashayotganligini ko‘rdi. «Kim bo‘ldi bu? — o‘ylanib qoldi u.— Bo‘stonga o‘xshaydi-ku 
siyoqidan, nima qilib yuribdi ekan, biz yoqlarda?»—Shunda u erkaklar nimadir to‘g‘rida 
tortishayotganlarini payqadi. Shoshilib ular tomon yurdi. Lekin ulgurolmadi. Bo‘ston saman otiga 
minib, ancha nariga borib qolgan edi, ko‘rinishi g‘oyatda darg‘azab edi. Tulki tumog‘ini bostirib kiydi-
yu, otiga qamchi bosdi, ot uchib ketdi, egasining po‘stini barlari xuddi qanot kabi silkinardi. 
— Bo‘ston! Bo‘ston! Shoshma! To‘xtab tur! — qichqirdi Ko‘k Tursun, lekin Bo‘ston qayrilib 
qaramadi — kim bilsin, balki eshitmadi, balki o‘girilib qarashni istamadi. 
— Nega kishini xafa qilding? Nimani talashdinglar! — surishtira ketdi Ko‘k Tursun Bozorboydan. 
— Ishing bo‘lmasin! O’chir ovozingni, nega uni chaqirasan? Kiming bo‘ladi? 
— Yuz yilda bir uyingga kelibdi, sen bo‘lsang! E! Kim seni bunday qilib tuqqan o‘zi, a?! Odam 
emas, vahshiysan, vahshiy! 
Xotinining so‘zlaridan Bozorboyning badaniga o‘t tutashdi. U jingirtob bo‘lib, dik etib to‘nka 
ustiga chiqdi-da, Bo‘stonning orqasidan bo‘kira ketdi: 
— Onangni...palon-piston! Kim deb o‘ylovding meni! Malaying bormi senga bu yerda! He, 
onangni palon... 
— Bas! Bas qil! — Ko‘k Tursun shahd bilan borib erini to‘nkadan tortib tushirdi.— Mana, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling