Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
erkalaganlarini ko‘rib, Gulimxon nihoyat yengil tortdi. Bo‘ston o‘zi kenjasini qattiq suyar, shuning 
uchun ham unga Kenjabek — naslning kenja begi deb nom qo‘ygandi. Cho‘ponlar hamma vaqt bek 
bo‘lishlikni orzu qilganlar, lekin taqdirning kulgisini ko‘ringni, hamma vaqt cho‘ponlar — cho‘pon 
bo‘lib qolaverganlar. Bo‘ston ham bundan mustasno emasdi. 
Ular o‘g‘ilchani o‘rtalariga olib yotgancha uxlab qoldilar. Lekin, hayal o‘tmay yana mungliq bo‘ri 
ulisidan cho‘chib uyg‘ondilar. Itlar yana bezovta vovullasha boshladilar. 
— Voy, yana nima bo‘ldi? Qurib ketsin shu turmush! — uyqu azobidan norozi bo‘lib dedi 
Gulimxon va shu zahoti aytgan so‘zi uchun afsuslandi. Bo‘ston indamay o‘rnidan turib, qorong‘uda 
timirskilanib kiyimini ustiga ila boshladi.— Ketmang,— iltijo qildi xotini.— Uvlasa uvlayversin...Men 
qo‘rqaman, Kerakmas, ketmang! 
Bo‘ston ko‘na qoldi. Shunday qilib, ular qop-qorong‘u tunda, zimiston qoplangan tog‘larda, 
qorong‘u uyda bo‘rilarning nolakor uliganiga quloq tutib yotardilar. Tun yarmidan og‘gan, 
halizamotda tong oqaradi, bo‘rilar esa hamon qayg‘uli, alamangiz uv tortganlari tortgan edi. 
— Odamning jonini sug‘urib olay deydi-ya. Ularga nima kerak ekan o‘zi? — o‘zini tutolmay dedi 
Gulimxon. 
— Nima kerak bulardi? Bolam qani, deb so‘rashyapti-da, javob berdi Bo‘ston. 
Bolalari bu yerda emas-ku, axir. Olib ketdilar-ku allaqachon. 
— Ular ne bilsin buni? — dedi Bo‘ston.— Bular — Xudoning maxluqi. Faqat bitta narsani 
bilishadi: izlar ularni shu yergacha olib kelgan. Shu yerda ular uchun hamma narsa tamom bo‘lgan — 
dunyo oxir bo‘lgan. Qani, borib ularga shuni tushuntirib ko‘r-chi. Attang, o‘shanda uyda o‘zim 
bo‘lmabman-da! Bozorboy ablahning shu ishi uchun bo‘ynini qayirib tashlardim. O’ljani olgan u — 
o‘lponini biz to‘laymiz... 
Xuddi uning so‘zlarini tasdiqlaganday qo‘tonlar va qo‘y qo‘ralari uzra bo‘rilarning dam mungli va 
og‘ir, dam darg‘azab va qahrli uvvoslari taralar — alamidan o‘zlarini qo‘yarga joy topmagan bo‘rilar 
atrofda tinmay izg‘iganlari izg‘igan edi. 
Ayniqsa, Akbara o‘rtanib yonardi. U xuddi mozorga borgan xotindek nola chekardi. Shuni 
Gulimxon Ernazar dovonda nobud bo‘lganda, boshini devorga urib yig‘laganlarini esladi. Shu tobda 
alamidan dod deb yuboray dedi. Bo‘stonni uyg‘otib unga hamma-hammasini bir chekkadan so‘ylab 
berishiga oz qoldi, bundan o‘zini bazo‘r to‘xtatdi. 
Ular shu tariqa mijja qokmay yotishar, yolg‘iz ma’sum go‘dak Kenjashgina miriqib uxlardi. Ona 
bo‘rining bolalaridan ayrilib tinmay uv tortayotganini tinglarkan, ona Gulimxon garchi hech qanday 
xavfu xatar bo‘lmasa ham, o‘z farzandidan tashvishlanardi. 
Tog‘larning boshi oqardi. Qorong‘ulik ko‘k toqlarida erib bormoqda. Tungi posbonligini o‘tagan 
yulduzlar birin-birin o‘chmoqda. Olis-yaqin cho‘qqilar ravshan tortdi. Yer — yerga o‘xshay boshladi. 
Mana shu soatda Akbara bilan Toshchaynar tog‘larga, Boshat darasi tomon ketib borardilar. 
Ularning soyalari dam adir-tepaliklarga tushar, dam qorong‘ulik ichra yo‘qolardi. Bo‘rilar boshlarini 
xam qilgancha kadam tashlar — bolalaridan ayrilish oson bo‘lmaganidek, tun bo‘yi ulib chiqish ham 
oson emasdi. Ular yo‘l-yo‘lakay o‘lja qo‘tos to‘shi qolgan yalanglikka o‘tishlari ham mumkin edi. 
Odatda ular to‘yib-to‘yib et yeyishdan o‘zlarini tiyib o‘tirmasdilar. Lekin Akbaraning ko‘ngli shu 
tobda et tusamadi va Toshchaynar ham, unga buni eslatishga yuragi betlamadi. 
Quyosh chiqay deb qolgandi. Akbara inga yaqinlasharkan, birdan xuddi uni bolakaylari kutib 
turgandek, yugurgilab chopib ketdi. Ushbu g‘alati holat — o‘z-o‘zini aldash Toshchaynarga ham 
yuqdi. Endi ular ikkovlan dara ichidan halaka otib yugurib borishar, bulturuqlarni yana tezroq ko‘rmoq 
umidi yuraklarini hapriqtirardi. 
Yana bari takror bo‘ldi. Akbara changalzor oralab sho‘ng‘idi, kamarga kirdi, o‘zini qoya tagidagi 
iniga urdi, yana hamma yoqni iskab chiqdi, sovugan o‘rnini timdaladi, yana bulturuklar g‘oyib 
bo‘lganiga ishondi, faryod chekib, o‘zini indan tashqariga otdi, ko‘ziga alamidan hech narsa 
ko‘rinmay, g‘or og‘zida duch kelgan o‘ng‘aysiz Toshchaynarni yana tishlab-tishlab oldi, yana jilg‘a 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling