Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
— Balki hozir hojati yo‘qdir. Avval tuzalgin, so‘ng gap bo‘lsa qochmas.— Bo‘ston bo‘ladigan 
gapni orqaga surgisi keldi. Lekin xotinining nigohidan gapni qoldirib bo‘lmasligini sezdi. 
—Hamma narsaning o‘z mavrudi bor,— qon qochgan lablarini zo‘r-bazo‘r qimirlatdi bemor.— Bu 
yerda obdan o‘yladim. Kasalxonada o‘ylashdan boshqa ish ham yo‘q ekan o‘zi. Siz bilan yaxshi umr 
kechirdik, men o‘z takdirimdan roziman. Xudoning qahrini keltirib nima qilamiz. Bolalar ko‘rdik, 
ularni voyaga yetkazib, oyoqqa bostirdik. Endi o‘zlari bemalol o‘z aqllari bilan yashayverishadi. 
Bolalarimiz haqida hali yana alohida gaplasharmiz. Lekin sizga achinaman, sizni ko‘zim qiymaydi. Siz 
odamlar bilan yaxshi chiqishib ketolmaysiz, uddaburon emassiz, hech kimga yalinmaysiz, qulluq 
qilmaysiz. Yoshingiz ham o‘tib qoldi. Mendan keyin odamlardan tortinib, qochavermang. Mendan 
keyin so‘qqabosh, odamovi bo‘lib yurmang. Ta’ziyam o‘tgandan so‘ng yana nima qilishni o‘ylab 
ko‘ring. Menga qolsa, yolg‘iz yashashingizni istamasdim. Farzandlaringiz o‘zidan ortmaydi. 
— Qo‘ysang-chi, shu gaplarni,— bo‘g‘ilib dedi Bo‘ston.— Boshqa narsa qolmadimi bizga? 
— Yo‘q, buni gaplashmay bo‘lmaydi! Boshqa nimani ham aytamiz? Safar qaridi va bularni bir-
birimizga aytmasak, iloji yo‘q. O’lgandan keyin gaplashmaysan-ku. Shuning uchun bu yerda termulib 
yotib siz ni va o‘zimni o‘yladim. Gulimxon oldimga paydar-pay kelib turibdi. O’zingiz bilasiz, u bizga 
yetti yot begona emas. Taqdir ekan, yosh bolalari bilan yolg‘iz qoldi. Yaxshi ayol. Sizga maslahatim 
shu — unga uylaning. Yana o‘zingiz bilasiz, sizga o‘rgatgulik emas. Har kimning go‘ri boshqa. Men 
o‘tgandan so‘ng, unga shu gapimizni ayting... Xudo xohlasa, balkim, men aytganday chiqar. Har qalay, 
Ernazarning bolalari otasiz qolmaydi... 
Issiqko‘lga keluvchilar ko‘pincha issiqko‘lliklar ustidan hazillashib yurishadi: ko‘l bo‘yida yashab, 
ko‘lni ko‘rmay o‘tadilar. Bunga hech qo‘llari tegmaydi. Mana, Bo‘ston ham ne zamonlardan beri ko‘l 
yoqasiga endi kelib turishi. Shungacha ko‘lga uzoq-uzoqlardan ko‘z qiri tushgan, xolos. 
Bu safar kechga tomon kasalxonadan chiqib, to‘g‘ri sohilga yo‘l oldi. Tog‘lar orasidagi moviy 
oydinlik bo‘yida yolg‘iz aylangisi keldi. Bo‘ston shamol ko‘l yuzasida xuddi yer haydaganday oppoq 
to‘lqinlarni ravon mavjlantirib quvalab yurganligiga uzoq tikildi. Uning ko‘ksidan yig‘i otilib kelardi. 
O’zini Issiqko‘l bag‘riga tashlab yo‘q bo‘lib ketishni istardi. Yashashni xohlab-xohlamasdi... Xuddi 
mana shu mavjlar kabi to‘lqin qaynaganda g‘oyib bo‘ladi, so‘ng yana o‘z domanidan o‘zi dunyoga 
keladi... 
Oxir-oqibat bo‘rilar Bo‘stonni holi-joniga qo‘ymadi — ular qo‘ra atrofida tinim bilmay 
uvillashaverib, nihoyat, uni yotgan yeridan turishga majbur qilishdi. Lekin undan burunroq Kenjash 
uyg‘onib ketdi. Kichkintoy uyqusi o‘chib, yig‘lay boshladi. Bo‘ston o‘g‘ilchasini o‘ziga yaqinroq 
surib, quchoqlab, bag‘riga bosib, ovutishga kirishdi: 
— Kenjash, hoy, Kenjash! Mana men shu yerdaman. Nima deysan, tentagim? Ana, oying ham shu 
yerda — ana, ko‘ryapsanmi? Nima beray, ayt? Chiroq yoqaymi? E, sen bunaqa qo‘rqmagin-da. 
Mushuklar movlayapti. Mushuk shunaqa movlaydi. 
Gulimxon ham uyg‘onib, kichkintoyni erkalab ovutishga tushdi, lekin bolaning xarxashasi 
tinmasdi. Chiroqni yoqishga to‘g‘ri keldi. 
— Gulim,— dedi Bo‘ston eshik oldiga borgach, u chiroqni yoqaman deb o‘rnidan turgan edi.— 
Borib ularni qo‘rqitib qo‘ymasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Haddan oshib ketishdi. 
— Soat necha bo‘ldi?
Bo‘ston soatiga qaradi. 
— Yigirmata kam uch. 
— Ana ko‘rdingizmi,— norozi bo‘lib dedi Gulimxon.— Hali oltida turishingiz kerak. Shu 
yaxshimi? Bu qurib ketkur Akbara bizni jinni qilib qo‘yadi. Qaerdan yopishdi bizga bu balo?! 
— O’zingni bos. Nima qilsak ekan? Men darrov kelaman. Sen qo‘rqma. Toza jazzamizni berdi-da, 
bu qashqir. Tashqaridan eshikni ilib ketaman. Xavotir olma. Uxla. 
U sarpoychan oyog‘iga shoshilinch ilgan kirza etigini to‘riqlatib, oyna yonidan o‘tdi. Bo‘ston 
qanday bo‘lmasin, bo‘rilarni uchrataman deb, axd qilgan edi, shuning uchun ovozi boricha baqirib 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling