Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
birga ishlab, uning bukilmas, o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas, bir marta bir umrga yod olingan 
safsatasining mantig‘ini juda yaxshi o‘rganib olgan edi: uning safsatasiga ko‘ra Bo‘ston O’rkunchiev 
yangicha nusxadagi quloq va akslinqilobchi, u yana kavagidan chiqib, hammani yo‘ldan aynitmoqchi. 
Hayot uni o‘lasi qilib necha marta cho‘ziltirib qo‘ydi, u esa hamon o‘z aytganidan kolmaydi. Qaniydi, 
ilgarigi zamonlar bo‘lsa-yu, uni uzoqroq bir joylarga gumdon qilinsa... 
O’sha kungi ishlab chiqarish yig‘ilishida raykomning ko‘rinishdan kamtarin yangi instuktori ham 
ishtirok etar, «Berik»ning xalqi hali uni yaxshi tanimasdilar. U so‘zlovchilarni diqqat bilan eshitar va 
hammasini yondaftariga qayd qilib borardi. Cho‘tboevning taxminicha, Qo‘chqorboev raykomning 
yangi xodimi oldida albatta o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. U haq chiqdi. Bo‘stonning so‘zidan 
so‘ng Qo‘chqorboev ikki og‘iz so‘zim bor edi, deb ijozat so‘radi. Shu sayrab ketdi: u naq baayni 
gazetada yozilganday qilib so‘ylar, asli uning kuchi ham mana shunda edi. 
— Qachongacha, o‘rtoq O’rkunchiev,— deb murojaat qildi u Bo‘stonga qarata har doimgiday 
rasmiy ravishda «sizlab»,— qachongacha siz shubhali takliflaringiz bilan odamlarning yuragiga 
vasvasa solasiz? Sotsialistik kollektiv o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari qanday bo‘lishini tarix 
allaqachonlar belgilab bergan. Siz esa cho‘ponni xo‘jayinga aylantirmoqchisiz. Kim bilan ishlaydi, kim 
bilan ishlamaydi, kimga qancha haq to‘laydi, hammasini o‘zi hal qilsin deyapsiz. Bu qandoq bo‘ldi? 
Bu bizning tariximizga, inqilobiy olamshumul zafarlarimizga hujum, to‘g‘rirog‘i, tajovuzdan boshqa 
narsa emas. Siz iqtisodni siyosatdan yuqori qo‘ymoqchisiz. Siz o‘z qo‘shingizning tor manfaatlaridan 
kelib chiqmoqdasiz. Siz uchun bu masalalarning masalasi. Biroq, qo‘shning ortida rayon turibdi, axir, 
oblast, mamlakat turibdi, axir! Siz bizni qaerga eltmoqchisiz — xo‘jalik yuritishning sotsialistik 
usullaridan voz kechishgami? 
Zardasi qaynab ketgan Bo‘ston o‘rnidan turdi. 
— Hech kimni hech yoqqa eltmoqchi emasman. Men buni gapiraverib charchadim. Hech kimni 
hech qayoqqa boshlayotganim yo‘q. Oblastda nima bo‘lyapti, undan nari mamlakatda nima bo‘lyapti, 
dunyoda nima bo‘lyapti, mening ishim emas, men oddiy bir cho‘ponman. Mensiz ham aqllilar ko‘p. 
Mening ishim — poda boqish. Agar partorg mening chorva haqidagi fikrimni bilishni istamasa, unda 
bunday yig‘inlarga nima keragi bor meni chaqirib, ishdan qoldirib? Taraqa-turuq gaplarga tobim yo‘q. 
Balkim, kimgadir bunday gaplar kerakdir, lekin mening ularga aqlim yetmaydi. O’rtoq direktor, meni 
boshqa chaqirma! Nima qilasizlar meni ishdan qoldirib?! Keragi yo‘q menga bunaqa majlislarni! 
— E, nima deyapsiz, Bo‘ske?— Cho‘tboev o‘tirgan o‘rnida o‘ng‘aysizlanib qimirladi.— Siz 
sovxozning eng yaxshi, ilg‘or cho‘poni, tajribali kishisiz, biz sizning fikringizni bilishni istaymiz. 
Shuning uchun chaqiramiz. 
— Sen meni hayron qilib qo‘yding, direktor.—Azbaroyi qoni qaynab dedi Bo‘ston.— Agar men 
ilg‘or bo‘lsam, ilg‘orlikni qanday qo‘lga kiritganim hammadan ko‘ra senga yaxshi ma’lum-ku. 
Shunda, nega axir miq etmaysan? Bir narsa desam, og‘zimni ochmasimdan Qo‘chqorboev og‘zimga 
uradi, xuddi prokurorday har bir so‘zimdan xato qidiradi. Direktor, sen bo‘lsang, bularning senga 
aloqasi yo‘qday, hech narsa bo‘lmaganday indamay o‘tirganing-o‘tirgan. 
— Shoshmang, shoshmang,— uning so‘zini bo‘ldi Cho‘tboev.
Direktor rostdan ham o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. U juda ham qiyin ahvolda qoldi. Bu safar endi Bo‘ston 
bilan Qo‘chqorboev o‘rtasida betaraf turib bo‘lmaydi. Raykom xodimi qoshida direktor ma’lum bir 
nuqtaga kelishi kerak. Shu «gazet kishi» Qo‘chqorboev bilan hech g‘idi-bidi qilgisi yo‘q-da o‘zi. 
Buning safsatasi ne-ne kuchlarni harakatga keltirishi mumkin: ko‘r-ko‘rona qiroatxonlikni ish uslubiga 
aylantirib olganlar ichida Qo‘chqorboev axir yolg‘iz emas-ku. Bu safar ham Qo‘chqorboev 
muhokamani atay alangalatib yubordi, he, yo‘q-be yo‘q, cho‘ponni «zafarlarimizga tajovuz qilishda» 
aybladi. Xo‘sh, shundan so‘ng kim unga qarshi chiqa oladi? Lekin qanday bo‘lmasin, vaziyatdan 
chiqish kerak edi. 
—Shoshmang, shoshmang, Bo‘ske, siz qizishmang,— dedi direktor va stoldan turib bu yoqqa 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling