Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
chip-chip qilib, go‘ng titishar, Kenjash esa tinmay jo‘jalar bilan gaplashar, qiqirlab kular, ularni ushlab, 
kafti bilan silamoqchi bo‘lardi. Ona tovuq Kenjashdan cho‘chimas, biroq bu yerda birdan sassiz qadam 
tashlab juda katta kulrang it paydo bo‘lgach, tovuq xavotirga tushib, xavfsirab qaqag‘lay boshladi va 
jo‘jalarini balodan nariga olib ketishni ma’qul ko‘rdi. Ko‘zlari ajoyib ko‘m-ko‘k, kattakon bo‘z itdan 
Kenjash sira ham tap tortgani yo‘q. U kichkinaga dumini do‘stona likillatib mushtipar boqardi. Bu 
Akbara edi. U anchadan beri qishloq-qo‘ra atrofida izg‘ib yurgan edi. 
O’tgan kechadan e’tiboran hovlilar bo‘shab, huvillab qolgan, na odamlar va na itlarning ovozlari 
eshitilar, ana shuning uchun ham Akbara odamlar qarorgohiga bunchalar yaqin kelishga botingan edi. 
Ko‘ksida o‘lmagan onalik sog‘inch, armoni bilan, o‘lmagan umid bilan u g‘oyatda ehtiyotkorona 
barcha qo‘tonlar, saroylarni aylanib chiqqan, hech qayda yo‘qotgan bulturuqlaridan nomnishon 
topmagan va shunda boshi og‘ib odam manziliga juda yaqin kelib qolgan edi. Shunday qilib, Akbara 
kichkintoyimiz yonida turardi. Hech anglab bo‘lmaydiki, u bu bola ekanligini qaydan bildi? Odam 
siyoqi demasa, u o‘z bolalarining baayni o‘zginasi. Bolakay ushbu kattakon yaxshi itning boshini 
silamoqchi bo‘lib, qo‘lini cho‘zganda, Akbaraning alamdan o‘rtangan yuragi patirlab ketdi. U bolakay 
oldiga kelib, uning yuzini yaladi. Kichkina uning erkalashidan xursand bo‘lib, qiqir-qiqir kuldi-da
bo‘rining bo‘ynidan quchdi. Ana shuna Akbara tamomila iyib ketdi, bola oyog‘i tagiga cho‘zildi u 
bilan o‘ynasha boshladi — unga judayam emdirgisi keldi, lekin bolakay emish o‘rniga uning ustiga 
minib oldi. Keyin sakrab tushib orqasidan ergashtirib chaqirishga tushdi: «Yur! yur!» — deb 
qichqirardi u qiqirlab maza qilib kulgancha. Ammo Akbara nari qadam tashlashga yurak betlamas, u 
yoqda odamlar bor edi. Bo‘ri o‘rnidan qimirlamay ma’yus ko‘zlari bilan bolaga termulib yotar, shunda 
bola yana orqasiga qaytib, uning boshini silab-silab qo‘yar, Akbara esa uni yalab-yulqar, bu bolaga 
benihoya xush yoqardi. Bo‘ri yuragida yig‘ilib qolgan barcha mehrini unga to‘kib solmoqchi, uning 
bola hidlarini ko‘ksini to‘ldirib-to‘ldirib iskamoqda edi. Bu bola mening qoya tagidagi uyamda 
yashasa, qanday soz bo‘lardi-ya, degan o‘y o‘tdi bo‘ri kallasidan. Shunda bo‘ri bolaning nozik 
bo‘ynini tirnab qo‘ymaslik uchun ohista uning kamzuli yoqasidan tishladi-da, keskin bir harakat bilan 
yoli ustiga otdi — bo‘rilar poda ichidan qo‘zilarni shunday yo‘l bilan olib qochadilar. Bolakay xuddi 
yaralangan quyon kabi qisqa chinqirdi. Saroyga kir yoyaman deb kelayotgan Asilgul Kenjashning 
baqirganini eshitib, shoshilib, burchakka o‘tib qaradi va shu zahoti Bo‘stonning eshigiga yugurdi. 
— Bo‘ri! Bo‘ri bolani olib qochdi! Tezroq, tezroq! 
Bo‘ston es-hushini yo‘qotib, devordan miltiqni yulqib oldi va Gulimxonning orqasidan uydan 
chopib chiqdi. 
— Ana! Ana! Ana, Kenjash! Ana, bo‘ri olib ketyapti! — deb faryod solardi Asilgul boshini qo‘llari 
bilan changallab. 
Endi Bo‘ston ham bo‘rini ko‘rdi — u baqirib yig‘layotgan bolani bo‘yniga ortgancha lo‘killab 
ketib borardi. 
— To‘xta! To‘xta, Akbara! To‘xta deyapman! — bor ovozi bilan bo‘kirdi Bo‘ston va bo‘ri ortidan 
quvib ketdi. 
Akbara qochdi. Bo‘ston uning izidan miltiq ko‘targancha chopar va g‘ayritabiiy tovush bilan 
o‘kirardi: 
— To‘xta, Akbara! O’g‘limga tegma! Senga hech qachon yomonlik qilmayman! Bolani qo‘y, 
tegma unga! Akbara! Quloq solsang-chi, Akbara! 
Bo‘ri uning so‘zlariga mutlaqo tushunmasligini shu tobda u unutgandi. Baqirib-chaqirib, quvish 
battar qo‘rqitib yuborgan bo‘ri endi tezroq qochishga tushdi. 
Bo‘ston esa javragancha-javrab uni quvishdan to‘xtamasdi. 
— Akbara! O’g‘limga tegma, Akbara! — deb yolvorardi u. 
Undan sal orqaroqda Gulimxon bilan Asilgul dod solib yugurishardi. 
— Oting! Tezroq oting! — deb qichqirdi Gulimxon bola ko‘tarib ketayotgan bo‘rini Bo‘ston 
otolmasligini unutib. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling