Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
yozilgan suyukli qizni hali-hanuzgacha uchratolmaganligimni o‘yladim. Lekin o‘sha menga 
atalganning o‘zi bormikin, buni men o‘zimcha to‘qib chiqarmadimmikin va juda oddiy narsalarni 
chigallashtirib yurmaganmikinman? Bu haqda men ko‘p o‘ylardim va har gal hammasiga o‘zim 
aybdorman deb, o‘kinar, ma’yus tortardim,— yo haddan ortiq ko‘p narsalarni kutyapman yoki, menda 
qizlarni o‘ziga tortadigan hech narsa yo‘q. Har holda tengqurlarim bu borada mendan ko‘ra omadliroq 
va ko‘ngilning ko‘zini biladiganroq odamlar chiqishdi. Diniy seminariya yosh ko‘ngilning o‘z 
xohishiga qarab yashashga yo‘l qo‘ymasdi, deb bahona qilishim mumkin edi. Lekin seminariyadan 
ketganimdan keyin ham, men bu borada biron-bir muvaffaqiyatga erishganim yo‘q. Nega? Agar hozir 
men sevishni istagan odam chindan ham bu yerga kelib qolsa, unga hammadan burun bunday derdim: 
yur, birga-birga ibodat musiqasini tinglaymiz va o‘zimizni shu musiqadan topamiz. Lekin, keyin meni 
shubhalar kemira boshlaydi: mabodo, bularning bari unga g‘oyatda zerikarli va tussiz ko‘rinsa, 
unchalar tushunmasa, ana unda nima bo‘ladi? Axir, ibodatxona ichidagi ibodat, samo musiqasi boshqa, 
oddiy binoning oddiy zalida ne turfa odamlar ichida aytilgan kuy-qo‘shiq boshqa. Chunonchi, Bax 
xorallarini fizkultura maydonida va yoki jo‘shqin marshlarga odatlanib qolgan avia-desantchilar 
kazarmasida ijro etilgandek taassurot qolmasmikin? 
Pushkin muzeyiga yaltir-yultir mashinalar kelib to‘xtay boshladi. Hatto bitta inturist avtobusi ham 
keldi. Vaqt bo‘lganga o‘xshaydi. Italyan zaliga kiraverishda odamlar to‘dalashib turishardi. Kishilar 
jam holida bir narsani kutayotganlarida shunday tuyuladi. Kimdir ortiqcha bilet yo‘qmi, deb so‘radi. 
Men ortiqcha biletimni o‘ziga yarashmagan ko‘zoynak taqqan talaba yigitga berdim. Keyin 
pushaymon qildim. U odamlar o‘rtasida cho‘ntagidan barcha tanga-chaqalarini chiqarib sanashga 
tushdi. Tangalar qo‘lidan yerga to‘kila boshladi. Men, bo‘ldi, bas qiling, bu biletni menga sovg‘a 
qilishgan edi, mendan sizga tuhfa desam ham, hech qo‘ymaydi, nihoyat, zalga kirib borayotganimizda 
tangalarni bir hovuch qilib kurtkamning cho‘ntagiga tashladi. Rost, pulim oshib-toshib yotgani yo‘q, 
o‘z kunimni o‘zim bir amallab ko‘rib yuribman. Lekin shunday bo‘lsa ham har holda... Poytaxt 
odamlari kontsertga mos kiyinganlarini ko‘rib, yana bir hijolatga tushdim. O’zim siyqasi chiqqan jinsi
oldi ochiq kurtka, beo‘xshov boshmoq kiyib olgan, buning ustiga soqolim qirdirilgandi. Bunga esa sira 
ko‘nikolmas, xuddi bir narsamni yo‘qotib qo‘yganday edim. Men o‘zim bilmagan uzoq, noma’lum 
o‘ljaga, nashazor cho‘llarga otlangan, hamrohlarim esa allaqanday xudobexabar bangi choparlar... 
Lekin bular bari hatto gapirib o‘tirishga arzimaydigan mayda-chuyda narsalar... 
Ikki qavatli yuksak italyan sahnidagi barcha ko‘rgazmalar, chamasi, o‘z joyida turar, faqat zalning 
o‘rtasiga bir-biriga zich qilib stullar ko‘yilgandi. Biz ana shu stullarga o‘rnashdik. Qarshimizda na 
sahna, na mikrofon, na parda — bunaqa narsalar yo‘q. Zalning to‘r tomoniga chekkaroqqa o‘rtacharoq 
kattalikdagi minbar o‘rnatilgan. Ikki daqiqalardan so‘ng barcha joy-joyiga o‘rnashib bo‘ldi. Eshik 
oldida yana bir necha odamlar to‘dalanib koldi. Aftidan, zaldagilarning ko‘pchiligi bir-birlarini 
tanishsa kerak, hammalari chaqchaqlashib o‘tirishardi. Faqat men jimgina hayol surar, o‘zim bilan 
o‘zim ovora edim. 
Lekin mana, nihoyat, yon tomondagi eshikdan ikki ayol chiqib kelishdi. Ulardan biri — Pushkin 
muzeyining xodimasi, ikkinchisini — Sofiyadagi Aleksandr Nevskiy jomesi muzeyidan kelgan bolgar 
hamkasabasini tanishtirdi. Zalda g‘ovur-g‘uvur tindi. Sochlari silliq taralgan, yaxshi tufli kiygan, 
oyoqlari g‘oyatda chiroyli, negadir shunga e’tibor berganimni ko‘ring, sipo va yosh bolgar ayol 
kattakon qora ko‘zoynak ustidan zalga vazmin bir nigoh tashladi-da, salomlashdi, so‘ng tuzukkina rus 
tilida muxtasar ma’ruza qildi. O’z muzeylarida cherkov me’morchiligining bebaho yodgorliklari, 
qadim qo‘lyozmalar, sanam chizish san’ati namunalari hamda eski kitobatchilik tarixi asarlari bilan bir 
qatorda o‘rta asr cherkov muzikasini ham targ‘ib qilayotganliklarini so‘ylab berdi. Ular jomening 
tagida joylashgan pastki qavatlarida — buni kript deyishar ekan,— kechki kontsertlar uyushtirishib, 
ularda tirik eksponatlarni qatnashtirisharkan. Xonim shunday degach, tabassum qilib qo‘ydi. Pushkin 
muzeyining taklifiga ko‘ra «Kript» kapellasi mana endi Moskvaga mehmonga kelibdi. 
— So‘raymiz! — deb taklif qildi u ichkaridagilarni zalning qarsaklari ostida. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling