Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Qo‘shiqchilar shu yerda turishgan ekan. Ular biz kirib kelgan eshikdan zalga o‘tishdi. Ular jami o‘n 
kishi edilar. Bor-yo‘g‘i o‘n kishi. Hammalari navqiron, men bilan bir yoshdagi yigitlar. Hammalari bir 
xilda kontsertbop qora kostyumda, oppoq yoqalarida qotirma kapalak galstuklar, qora botinka. Na 
cholg‘u asboblari, na mikrofon-lar, na ovozni kuchaytirib beradigan uskunalar, na maxsus sahna va na 
ko‘zni qamashtiradigan rango-rang chiroqlar. Faqat zaldagi chiroqlarning yorug‘ligini bir ozgina 
pasaytirishdi, xolos. 
Nazarimda, bu yerga kapella haqida tushunchaga ega tinglovchilar yig‘ilgan, lekin negadir baribir 
qo‘shiqchilar uchun qo‘rqib ketdim. Ozmuncha odam yig‘ilganmi? Buning ustiga bizning yoshlarimiz 
baqiroq elektron ovozlarga o‘rganib qolishgan — qo‘shiqchilar jang maydonida qurolsiz qolgan 
askarlarga o‘xshardilar. 
Ular yelkama-elka yarim doira yasab turishdi. Chehralari osuda, serdiqqat, o‘zlariga ishonch barq 
urgan. Yana bir qiziq narsani ham payqadim — ularning hammalari negadir bir-birlariga xuddi quyib 
qo‘ygandek o‘xshardilar. Yuraklari shu tobda bir tashvish, bir intilish, bir maqsad bilan urayotganligi 
boisidan shunday ko‘rinsa kerak. 
Bunday paytlarda boshqa narsalar, hatto har birining hayotidagi eng muhim narsalar ham orqaga 
chekinadi, ular xayoldan mutlaqo chi-qarib tashlanadi — bu jangga kirishdan oldin hamma g‘alaba 
qozo-nishni o‘ylaganday gap. 
Bu orada boyagi bolgar juvon kontsert boshlanmasdan burun qora ko‘zoynagidan bizga vazmin 
nazar tashlagancha, qisqacha tarixiy ma’lumot berib o‘tdi. Bolgar cherkovining o‘ziga xosligi, 
Vizantiyaga borib taqaladigan ildizlari, ajralib turadigan xususiyatlari, ibodat marosimlari va 
qo‘shiqlari haqida so‘zladi, bolgar qo‘shiqchiligining milliy an’analariga taalluqli ayrim tafsilotlarga 
to‘xtal-di. So‘ng kontsert boshlanganligini e’lon qildi. 
Qo‘shiqchilar tayyor edilar. Ular nafaslarini rostlab yana bir zum jim qoldilar. Bir-birlariga 
yelkama-elka yanada jipsroq turdilar. Shunda jimjitlik cho‘kdi. Zal xuddi bo‘shab qolgandek tuyuldi 
— odamlarning qiziqishlari ortgandi: qani, bu o‘n yigit bizga nima berarkin, nima hunar ko‘rsatarkin. 
Ular o‘zlarining nimasiga ishonarkin. Nihoyat, o‘ng tomondan uchinchi bo‘lib turgan qo‘shiqchi — u 
to‘daning yetakchisi shekilli — ishora qildi va qo‘shiq boshlandi. Ovozlar parvoz etdi... 
O’sha jimjitlik ichida go‘yo samoning porloq havoyi aravasi ohista o‘z o‘rnidan jildi va ko‘zga 
ko‘rinmas havo to‘lqinlariga minib zaldan chiqaroq ko‘klarga intildi, bu jonon aravaning ortidan 
ruhning bitmas-tuganmas zahiralaridan kuch-quvvat olaroq va har safar qayta tirilaroq ovozlarning 
tantanavor hamda sarafroz izlari o‘chib ketmay cho‘zilgandan cho‘zilib borardi. 
Saraxbordanoq kapelladagi barcha ovozlar o‘zaro juda nozik moslashganligi, ovozlarning 
harakatchan va uyg‘un-mutanosibligiga erishilganligi bilindi. O’nta bir-biriga aslo o‘xshamaydigan 
odam, ular qancha vokal qobiliyat va mohirlikka ega bo‘lmasinlar, bunchalar uyg‘unlikka erisha 
olishlarini hatto tasavvur qilish qiyin edi. Va agarda mabodo, mana shu qo‘shiq ijrosiga har qanday 
muzika va aynyksa, zamonaviy muzika asboblari jo‘r bo‘lganda edi, o‘nta mustahkam ustun tutib 
turgan manavinday noyob imorat ham qulab tushishi shak-shubhasiz edi. Noyob qismatgina bunday 
mo‘‘jizani yarata olishi mumkin. Ya’ni mana shu, ha, xuddi mana shu o‘nta odam qazovu qadarning 
marhamati bilan bir paytda tug‘ilishi, voyaga yetishi, bir-birlarini axtarib topishi, bir yerga to‘planishi, 
qachon-qachonlardir yetib ham, ajratib ham bo‘lmas Ruhdan yaralgan Ilohni ne azob-uqubatlar ichida 
izlagan, o‘ylagan va nihoyat, topgan abo-bobolar oldida farzandlik burchini his qilishi kerak edi — 
axir, so‘z bilan ifodalash qiyin tug‘yonli, nolakor qo‘shiqlar faqat mana shu holdagina dunyoga kelishi 
mumkin edi. Ular shu qadar zo‘r qudrat bilan vujudan kuyga aylanib, o‘rtanib, o‘z kuylariga tamomila 
berilib aytardilar-ki, bu san’atning sarvati uning tuganmas ehtirosida jo bo‘lgandi. Bunda ilohiy so‘zlar 
bahona edi, xolos. Ilohga qarata munojot edi. 
Hammasining boshida esa, o‘z ulug‘vorligining mumtoz cho‘qqilari sari umtilgan inson ruhi 
turardi. 
Tinglovchilar asiru maftun bo‘lgan, butkul o‘y-hayolga botgandilar. Ularning har birlariga o‘zini 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling