Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
qo‘shiq sabab bo‘ldi, deb o‘ylardim, O’sha qo‘shiqlarda yetovlonning imoni, diyonati jamlangan edi... 
Bir narsani o‘zing uchun kashf qilsang, o‘zingdan o‘zing rozi bo‘lasan, yuraging, ruhing yerishadi, 
fayzu kirom topadi. Muqaddas alyorlarni kuylayotgan Sofiya mug‘anniylarining ko‘zlari taqvo, ilhom, 
vafo bilan charaqlab turgani, ularning ol chehralari azbaroyi zo‘riqishdan reza-reza ter bilan 
koplanganini ko‘rib, qaniydi, men ham ular orasida, adashimning o‘rnida bo‘lib qolsam, deb havas 
qilardim. 
Yarq etib yorishgan hayolimga yana shu fikrlar keldi: insonda bu narsalarning hammasi - musiqa, 
tarona, munojot, qo‘shiq qaerdan, ularning odam bolasiga qanday zaruriyati bor va bo‘ladi? Hayot 
charxi abadiy aylanib, evrilib turadi, hamma narsa keladi va hammasi keeadi, yana evrilib keladi va 
evrilib ketadi, odam shularning dardini beixtiyor his qiladi va o‘zini anglatmoqchi, ifodalamoqchi, 
o‘zidan nishon qoldirmoqchi bo‘ladi. Axir, bir kunmas-bir kun bari tugaydi, millaardlab yillar o‘tgach, 
axiyri oxir zamon keladi, zamin deb atalgan kurramiz o‘ladi, so‘nib bitadi, ana o‘shanda boshqa 
galaktikalardan kelgan qandaydir umumkoinot ongi zimdan azim bo‘shliq va jimjitlik qo‘ynida albatta 
bizning taronalarimiz va qo‘shiqlarimizni eshitadi. Ko‘rdingizmi, biz yaralganimizdan beri 
shundaymiz - o‘lgandan keyin ham yashamoqni istaymiz. O’z umrini uzaytirish mumkinligiga ishonch
shuning hissiyoti bilan yashash odamzodga qanchalar muhim, qanchalar zarur. Odamlar o‘zlaridan 
keyin qandaydir avtomat qurilma, allaqanday vokal-muzika abadiy dvigateli qoldirish fikriga kelsalar, 
ajab emas — bu hamma zamonlar uchun inson madaniyati erishgan eng yaxshi narsalarning 
antologiyasi bo‘ladi. Men mug‘anniylarning qo‘shiqlaridan behad lazzatlanardim va ishonardimki, bu 
so‘zlar va bu taronalarni eshitganlar zaminda yashagan, birdan-bir ong egasi odamlar qanchalar 
murakkab, ziddiyatli, qanchalar daho va mustar xilqat bo‘lganliklarini anglab, his qilib yetadilar. 
Hayot, o‘lim, muhabbat, shafqat va ilhom — hammasini musiqa aytadi, zotan, biz musiqada eng 
oliy hurlikka erishamiz, bu hurlik uchun esa ongimiz yorishgan zamonlardan boshlab, butun tariximiz 
davomida kurashganmiz, lekin unga faqat musiqadagina yetishganmiz. Fakat musiqagina barcha 
zamonlarning aqidalarini yengib o‘tib, doimo kelajak sari umtiladi... Shuning uchun biz aytolmagan 
narsalarni u aytadi, shunga chorlangan... 
Soatimga qararkanman, men sevgan Pushkin muzeyidagi kontsert hali-zamon tugaydi-ku, deb 
yuragim orziqardi. O’shanda men tag‘in Qozon vokzaliga, butunlay boshqa olam, butunlay boshqa 
hayot ichiga qaytaman. Dunyo bino bo‘libdiki, bu halovatsiz hayot yugur-yugurlar o‘pqonida va 
buqalamun tentirashlar ichida beqaror evriladi, evrilaveradi, unda ilohiy qo‘shiqlar yo‘q, ularga o‘rin 
ham yo‘q... Biroq xuddi shu boisdan men o‘sha yerda bo‘lmog‘im farz... 

Yarim kun ham o‘tdi. Poezd Volgabo‘yi yerlaridan ketib borar, kupe vagonlarda hamma uzoq safar 
tadorigini ko‘rib, joylashib olgan, Avdiy Kallistratov tushgan umumiy vagonda esa odatdagi g‘ala-
g‘ovur hayot boshlangandi. Yo‘lovchilar har xil, har kim biror bahonai sabab bilan yo‘lga otlangan. 
Buning ajablanarli joyi yo‘q — yo‘lga chiqish kerakmi, kerak, vassalom. Ular orasida nashavand 
choparlar — Avdiy Kallistratovning hamrohlari ham bor. Nazarida mana shu poezdda o‘ndan ortiqroq 
chopar ketayotgandek edi. Lekin hozircha ulardan faqat ikkitasinigina biladi. Chaqqon Utyug vokzalda 
uni shularga biriktirib qo‘ygan. Bu azamatlar Murmanskdan kelishyapti. Ularning kattarog‘i Petruxa 
yigirmalarga chiqqan, ikkinchisi hali yosh bola, o‘n oltilarga kirgan, uning ismi Lyonya, lekin 
Lyonyaning ham u tomonlarga ikkinchi marotaba borishi. Shuning uchun o‘zini har baloni ko‘rgan 
odamday tutadi, hatto kerilib ham qo‘yadi. Murmanlik bolalar avval o‘zlarini sal tortibroq turishdi. 
Lekin, Avdiy ishonchli kishilarning tavsiyasi bilan chopar bo‘lib borayotgani, demak, o‘z odamlari 
qatori ekanligini bilishadi va uni shimolliklarga xos talaffuz bilan Avdiy deb chaqirishadi. Qilinadigan 
ishlar haqida ko‘proq tamburda, chekkani chikqanda gaplashib turishadi. Odamlar vagonda 
chektirishmaydi. Chunki vagon tiqilib ketgan, shusiz ham nafas olish mushkul. Shu sababdan chekish, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling