Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
nabiy?.. Xalq xotirasida saqlanib qolgan o‘sha qadim qo‘shiqlarda olis-olis zamonlarda ro‘y berib 
o‘tgan azob-uqubatlar, yaxshilik va yomonliklarning azaliy tajribalari, ularga ota-bobolarning 
bag‘ishlagan ma’nolari, ular orqali his qilingan go‘zallik va abadiyat aks etmasmidi, shular haqida 
emasmidi o‘sha qo‘shiqlar? Shuning uchun yetovlon bir qo‘shiq tugar-tugamas boshqasini ulab 
yuborar va qo‘shiqlarning halqasi sira uzilmasdi. Faqat Sandrogina vaqti-vaqti bilan davradan chiqib, 
o‘tin keltirib, yana gulxanga qalardi. Bekorga u shuncha kuruq o‘tin yig‘magan ekan o‘rmonda 
(hayotda har bir narsaning o‘z bahonai sababi bo‘ladi), mana endi, olovga o‘zi zo‘r berib o‘tiribdi. 
Qo‘shiqlarni ham u barcha qatori chin yurakdan aytar — axir qo‘shiq hammaga bab-baravar tegishli 
emasmi? Boshqalar aytishi man etilgan, faqat podshohlarning o‘zlarigina aytadigan qo‘shiqlar yo‘q. 
Qo‘shiq ayt, quvna, yayra, dard chek va yig‘la, o‘ynab qol bu tiriklik ayvonida... 
Kimni jondan sevgan eding, kimni titrab-qaltirab kutgan eding, kim seni tashlab ketdi, qanchalar 
o‘rtanding, kuyding, seni tushunmadilar bundan ko‘ra o‘lganim yaxshiydi deding, o‘lim oldida aytgan 
so‘ngti qo‘shig‘ingni u eshitishini orzu qilding, onang qanchalar erkalardi seni go‘dakligingda, dov va 
tanti otangning boshi qaylarda qoldi, qanday jang qilishardi jasur do‘stlaring, qaysi xudolarga 
ocharding beg‘araz va pok dilingni, o‘ylaganmiding hech odam nega tug‘iladi-yu, nega o‘ladi va nega 
o‘lim doim sen bilan birga, sendan nari jilmaydi va o‘lgandan so‘ng o‘lim yo‘q, lekin hayot o‘limdan 
yuqori, dunyoda hayotdan ko‘ra yuqori o‘lchov yo‘q — shuning uchun tirik jonni mahv etma, lekin 
elingga yov bostirib kelsa, darhol himoyaga otlan, sevganingni nomusini asra xuddi ona-Yerni 
yotlardan asraganday; ayriliqni hech totib ko‘rgyanmisan, bilasanmi ayriliqning dushvorligini, xuddi 
yelkangga cho‘ng tog‘larning yuklari ortilganday; suyganing bo‘lmasa, hech narsa ko‘zlaringni 
quvontirmaydi: na gullar, na nurlar va na kelajak kunlar — ana, nimalar kuylanmaydi qo‘shiqda, aytib 
ado qilib bo‘larmidi barini... 
O’sha kecha hijron chog‘i alam va ilhom bilan qo‘shiq aytayotgan shu yetti gruzindan ko‘ra bir-
biriga jondosh va qadrdon odamlar dunyoda yo‘q edi. Qo‘shiq ohanglari ularni yanada yaqinlashtirib 
qo‘ygandi. Ota-bobolar nasllarga shu dilbar ruhafzo so‘zlarni qoldirish uchun qancha-qanchalab 
xunoba yutganlar, achchiq voqealarni boshlaridan kechirganlar. Qushni uchishidan bilganday gruzin 
ham gruzinni qo‘shiq aytishiga qarab o‘n chaqirim naridan biladi va uning qaerlik ekanligi, boshiga 
nima savdo tushganligi, yuragida nima borligi, qaysi to‘yda sho‘x o‘ynab-kulganligi yoki qanday 
g‘am-qayg‘u jonini qiynayotganligini bexato aytib beradi... 
Oy tog‘lar uzra ancha havolab ketgandi. Butun yer uning yog‘dulariga cho‘mib yotardi — 
o‘rmondagi daraxtlarning qora cho‘qqilari tungi shamolda chayqaladi, daryo shaldiraydi, nam bosgan 
xarsangtoshlar kumushday jilolanadi, tun qushlari gulxan atrofida kuylayotgan odamlar ustidan 
sharpaday uchib o‘tadi va hatto egarlangan otlar egalarini sabr-toqat bilan kutib, quloqlarini tikkaytirib, 
qimirlatib-qimirlatib qo‘yadilar, ularning ko‘zlarida olov shu’lalari o‘yin tushadi... Otlar begona 
o‘lkalar sari yo‘lga chiqishlari kerak, vaqt yaqinlashib kelardi... 
Lekin, qo‘shiqning oxiri ko‘rinmasdi. Guram Jo‘xadze hammasi uchun yuragini birato‘la bo‘shatib 
olmoqchiga o‘xshardi: «Og‘aynilar, qo‘shiq ayting, may iching, davraga yig‘ilish boshqa nasib 
etmaydi, yana qachon aytamiz gruzin qo‘shiqlarini...» Dam yakka-yakka, dam hammalari jam 
bo‘lishib qo‘shiq aytishar, dam xuddi o‘lim oldidan o‘yinga tushayotganday gursillab, shahdam raqs 
boshlab yuborishar, so‘ng yana davra yasab qatorga turishardi yetovlon gruzin, to‘g‘rirog‘i, oltovlon va 
yettinchi. Sandro esa dam-badam davradan chiqib, gulxanga o‘tin tashlar, olov qarsillab, tobora 
qizdirib, kuydirib baland o‘rlardi. 
Oxirgi qo‘shiqni aytamiz deyishdi, keyin yana va undan keyin yana xayrlashuv oldidan aytaylik, 
deyishdi, hech tinchiydigan emas, yana davraga turishdi, boshlarini quyi egib, qo‘shiq boshlashdi —
ohang go‘yo yer osgidan guvillab kelayotganday o‘ychan va qudratli yangrab borardi. Garchi gulxan 
alanga olib yonayotgan bo‘lsa ham, Sandro yana o‘tin keltirgani orqaga o‘tdi. Buni u aniq hisobga 
olgan edi — chetdan u olov atrofida qo‘r tashlagan, ko‘zlari o‘tdan yoshlanib ko‘shiq aytayotgan 
oltovlonning xar birini aniq-taniq ko‘rib turar, uni esa hech kim ko‘rmasdi... Og‘ir mauzer allaqachon 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling