Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
qilib ko‘rish kerakdir? Rostdan ham, shunday bo‘lsa-chi? Bu g‘alabaning bahosi emasmikin? 
Avdiy boshda bu haqda Viktor Gorodetskiyga og‘iz ochgan edi. Yoshlari o‘rtasida uncha katta farq 
yo‘q esa-da, Avdiy uni Nikiforovich deb hurmat qilardi. Bu suhbat Avdiy diniy seminariyadan ketish 
fikriga tushgan kezlarda o‘tgan edi. 
— Nima ham derdim? Bilasanmi, ota yigit, seni ota yigit deganimga ranjima, Avdiy, seni shunday 
deb chaqirish menga juda yoqadi,— deb mulohaza yuritardi Gorodetskiy, choy ichib o‘tirisharkan,— 
Sen seminariyadan ketasan, to‘g‘rirog‘i, seni cherkovdan chiqarishadi. Ulamolaring seni osonlikcha 
qo‘yib yuborishmaydi. Seni shakkok deb e’lon qilishadi. Cherkov unda-munda bo‘lib turadigan bunaqa 
ishlarni yoqtirmaydi. Axir, u yerda senga hech kim adolatsizlik qilgani yo‘q. Seni hech kim xo‘rlagani, 
ezgani, qoningni ichgani ham yo‘q. Cherkov kishilari bilan zarracha ham san-manga bormagansan. Ota 
yigig, sening oldingda cherkov zarracha ham aybdor emas... Nima desamikin, sen sof g‘oyaviy 
maqsadlar tufayli aloqangni uzyapsan. 
— Ha, Viktor Nikiforovich, rost aytasiz. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sabablar yo‘q. Ginaxonlik, 
xafagarchilikning ham o‘rni emas. Bular juda jo‘n gaplar. Undan keyin gap mening o‘zimda ham 
emas. Masala shunda-ki, mavrusiy dinlar bugunga kelib mutlaqo eskib qoldi. Ular endigina uyg‘onib 
kelayotgan ibtidoiy urug‘chilik ongiga qarata murojaat qilgan edi. O’zingiz ham tushunasizki, agar 
tarix dinlarning umumjahon ufqiga yangi bir bosh siymo — Xudo — Zamondosh siymosini ilgari 
sursa, ushbu siymo hozirgi davr talab-ehtiyojlariga javob beradigan yangi ilohiy g‘oyalarni ko‘tarib 
chiqsa, ana o‘shanda diniy ta’limot hali o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaganligiga ishonsa bo‘ladi. 
Mening u yerdan ketishimning sababi shunda. 
Tushunaman, tushunaman! — ko‘ngilchanlik bilan kulib qo‘ydi Gorodetskiy choy ho‘plarkan. 
So‘ng davom etdi: — Bu gaplaring odamning etini jimirlashtirib yuboradi. Sening nazariyang haqida 
fikr bildirishdan oldin shuni aytib qo‘yay. Mana, bemalol, gasht qilib choy ichib o‘tiribmiz. Men chin 
dildan o‘rta asrlarda yashamaganim uchun suyunaman. Bilasanmi, ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan 
bunday bid’at uchun katolik Yevropada, Ispaniya yoki Italiyada sening botir og‘zingdan chiqqani va 
mening teshik qulog‘im eshitgani uchungina, ota yigit, avval ikkalamizni ham nimta-nimta qilishardi, 
keyin o‘tda yoqishardi, ana undan keyin kulimizni ko‘kka sovurishardi. Yanchib, maydalab. 
Inkvizatsiya jon-jon deb, bizni tilka-pora qilib tashlagan bo‘lardi. Bir sho‘rlikning ustidan u xudoning 
modarzodligi ustida gap ketganda, kulib qo‘ydi, deb yozgan ekanlar. Muqaddas inkvizatsiya nega 
Xudodan kulasan deb, uni o‘tga tashlagan. Ko‘rdingmi, sen bilan bizni-ku, asti qo‘yaver, nima 
bo‘lishimizni... 
— Viktor Nikiforovich, uzr, gapingizni bo‘laman,— Avdiy miyg‘ida istehzoli kulib, seminaristlar 
kiyadigan qora ridoning tugmalarini asabiy qaday boshladi.— Bilib turibman, nimaga 
kulayotganingizni. Lekin hazilni qo‘yaylik. Agar bizning zamonamizda inkvizatsiya bo‘lganda va 
mabodo, ertaga bid’at uchun o‘tda yonishga to‘g‘ri kelganda, men baribir o‘z so‘zimdan qaytmas 
edim. 
Ishonaman,— deb boshini silkidi Gorodetskiy. 
— Men bu fikrga tasodifan kelganim yo‘q. Nasroniylik tarixini o‘rganib va hozirgi zamonni 
sinchiklab kuzatib shunday xulosaga keldim. Men Xudoning yangi, zamonaviy shaklini izlayman, 
mayli, uni hech qachon topolmasam ham... 
— Tarixni tilga olganing yaxshi,— uning fikrini bo‘ldi Gorodetskiy.— Endi menga quloq sol. 
Sening yangi Xudo haqidagi bu fikring — g‘aliz, mavhum nazariya. Bizning aqlli ziyolilarimiz uni 
nimasi bilandir aktual g‘oya deb atagan bo‘lardilar, Ilgarigi odamlarning tili bilan aytganda, bu 
mulohazalaring — aqlbozlik. Sen Xudo yaratmoqchisan. Lekin har qancha jozibador va sehrli 
ko‘rinmasin, uni aqliy muhokamalar bilan yaratib bo‘lmaydi. Bilasanmi, agar Iso qatl qilinmaganda, u 
Xudo bo‘lmasdi. Hamma teng, barobar odil saltanat qurish g‘oyasiga mubtalo ul noyob zotni odamlar 
oldin vahshiyona bir tarzda o‘ldirdilar, so‘ng uni yuksaklarga ko‘tardilar, hamdu sano o‘qidilar, 
qayg‘urdilar, uning azobini o‘z yuraklariga oldilar. Bunda tavof va o‘z-o‘zini ayblash, tavba va umid


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling