Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
kapitani bor ekan. Ko‘proq Kubaga qatnarkan. Bir kuni u xotini bilan kelib, hamma qog‘ozlarni 
to‘ldirib Lyonkani o‘ziga o‘g‘il qilib olibdi. Ularning bolalari yo‘q ekan. Lekin besh yildan so‘ng yana 
bari ayqash-uyqash bo‘lib ketibdi. Kapitanning xotini o‘ynashi bilan Leningrad tomonlarga qochibdi. 
Kapitan ichkilikka berilibdi. Uni portning o‘zida ishlashga qoldirishibdi. Lyonka maktabda o‘lganning 
kunidan o‘qibdi. Goh kapitanning xolasinikida, goh buxgalter bo‘lib ishlaydigan akasinikida turibdi. 
Buxgalterning xotini esa naq yalmog‘izning o‘zi. Dard ustiga chipqon deganday bola sho‘rlik qarovsiz 
qolibdi. Diydasi qotibdi. Jonidan to‘yib kapitannikidan ketib qolibdi. Keyin suv osti kemasining sobiq 
jangchisi, urush nogironi bo‘lgan bir odamnikidan boshpana topibdi. Lekin bu kishi Lyonkaga hech 
qanday ta’sir ko‘rsatolmabdi. Bola bevoshlikka o‘rganib qolgan. Xohlagan joyiga boradi, xohlaganda 
keladi. Mana, bu yil Lyonka ikkinchi marta nashaga ketyapti. O’zi ham nashavandlikka o‘rganib 
qolganga o‘xshaydi. Qarang, endigina o‘n oltiga kirgan bola, hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan... 
Avdiy Kallistratov bu achinarli gaplarni eshitarkan, yuragi juda ezildi, yig‘lamoqdan beri bo‘ldi. 
Nashavandlik borgan sari o‘z komiga ko‘proq navqiron yosh yigitlarni tortib ketyapti. Tezroq bu 
hodisaning mohiyatini ochib, avra-astarini ag‘darib tashlamasa bo‘lmaydi. Avdiyning eng katta 
maqsadi hozir shu. Hayot dengizining usti sokin ko‘ringani bilan uning tagida ko‘zga chalinmaydigan 
shiddatli oqimlar borligi ravshan. Shunga o‘xshash qayg‘uli voqealar ichiga chuqurroq kirgani sayin 
bunga ko‘proq ishonch hosil qilmoqdaydi. Turli bemazagarchiliklar qilishga mayllar uyg‘otadigan 
shaxsiy va xususiy sabablar bo‘lishi mumkin. Lekin yoshlar o‘rtasida bu kabi kasalliklar va 
bema’nigarchiliklarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy sabablar ham mavjud. Bir qarashda bu sabablarni 
ilg‘ab olish oson emas. Ular kasallikni butun tanaga tarqatadigan, biri-biri bilan bog‘langan qon 
tomirlarini eslatardi. O’z shaxsiy miqyosing va darajangdan turib ushbu sabablarning tagiga yetib 
boraman deb, qancha urinma, baribir foydasi yo‘q. Umuman hech qanday natijaga erisholmaysan. 
Bunda kam deganda yirik sotsiologik tadqiqot yaratish, undan ham yaxshisi, matbuot va televidenie 
orqali keng bahs uyushtirish kerak. Osmondagi oyni xohlamaysizmi, mabodo? Xuddi o‘zga 
sayyoralardan kelgan mavjudotga o‘xshaysiz, a? Uning seminaristlarga xos cheklanganligi, kundalik 
hayotni bilmasligini hisobga olganda, osmondan tushgan desa ham, xato bo‘lmasdi. Keyin u bir 
narsaga ishondi: bunday voqealar haqida ochiq-oshkora fikr yuritishdan hech kim manfaatdor zmas 
ekan. Va bu narsalar go‘yo jamiyatimizning obro‘sini saqlash uchun qilinadi. Vaholanki, bunda 
avvalo, hamma gap boshqa shaxslarning kayfiyatlari hamda fikrlariga chambarchas bog‘liq holda o‘z 
mavqeiga putur yetkazmaslik, uni yana bir karra xavf ostiga qo‘ymaslik ustidagina boradi. Jamiyatning 
qaysidir bir qismida ro‘y berayotgan ishkalliklar haqida bong urish uchun aftidan, boshqa ko‘p narsalar 
qatori, o‘ziga zarar keltirib qo‘yishdan cho‘chimaslik kerak. Baxtigami, baxtsizligigami, Avdiy 
Kallistratov bunday g‘addor qo‘rqinch yukidan xoli. Lekin hali turmushning barcha past-balandliklari, 
kashfiyotlari oldinda edi. U endigina bu yo‘lga kirib kelayotgandi. Endigina adashgan dillarga mehru 
shafqat va xayrixohlik yuzasidan hayotning o‘ziga qorong‘u tomonlarini tashnalik bilan o‘rganmoqchi, 
tajribalaridan o‘tkazmoqchi edi. Yo‘ldan ozganlarning jilla qursa bir kismiga madad yetkazsam, derdi. 
Yo‘q, u nasihatlar qilmoqchi, va’zlar o‘qimoqchi, ta’nalar yog‘dirmoqchi, ayblamoqchi emas. U 
halokatli hayotni yolg‘iz qayta qurish badaligagina qutulish mumkinligini o‘z shaxsiy ishtiroki va 
shaxsiy namunasi orqali ularga isbotlamoqchi, shu ma’noda, ularning har qaysilari jilla qursa, o‘z 
qalblari doirasida inqilob qilishlari zarurligini uqdirmoqchi edi. Lekin bunday go‘zal tilak, g‘oyalar 
benihoya qimmatga tushishini hatto hayoliga cham keltirmasdi.
Yosh edi-da. Faqat yosh edimi... Axir, seminariyada Isoning tarixini o‘rganayotganda, uning 
chekkan azobi va riyozatini o‘z jonida tuymaganmidi va o‘shanda uni Gefsiman bog‘ida Iuda 
sotganligini o‘qigandi, ho‘ng-ho‘ng yig‘lamaganmidi! O’sha kun tig‘ida Iso Ruhilloni G’ulqof tog‘ida 
qatl qilganlarida, buni olam imoratining inqirozi va halokati deb anglamaganmidi! Dunyo o‘z 
farzandlarini ularning eng pokiza g‘oyalari va ruhiy umtilishlari uchun hammadan ko‘proq jazolaydi. 
Lekin o‘shanda hali g‘o‘r yigitcha olam qurilishining bu qonuniyati ustida o‘ylab ko‘rmagandi. Balki 
bu o‘sha g‘oyalar o‘lmasligi va oxir-oqibatda tantani qilishi uchun zarurdir. Ehtimol, buni mulohaza 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling