Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni barkamol avlod ruxida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad


Download 206.31 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi206.31 Kb.
#1070016
  1   2
Bog'liq
Elektr asboblari bilan ishlashda xavfsizlik choralari





Ta’limiy maqsad: O’quvchilarda elektr asboblari bilan ishlashda xavfsizlik choralari haqida bilim, ko’nikma va malaka xosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni barkamol avlod ruxida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni elektr asboblar bilan ishlaganda xushyorlikka o’rgatish.
Kommunikativ kompetensiya:
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish;


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
darslik va turli masalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni izlab topa olishi va ulardan foydalana olishi hamda fizik birliklarni boshqa ulushli va karrali birliklarga, jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni, grafik ko‘rinishiga (va aksincha) aylantira olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘zini o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganishi, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish.
Dars turi: aralash.
Ko’rgazma: Elaktr isitish asboblari, dazmol elektr choynak, Elektr kavsharlagich, elektr simlari.
Darsning borishi:

  1. Darsning tashkiliy qismi 5 – daqiqa

  2. O’tgan Mavzudan savollar 10 - daqiqa

  3. Yangi mavzu bayoni 10 – daqiqa

  4. Mustahkamlash. Masala yechish 15 – daqiqa

  5. Baholash va uyga vazifa 5 – daqiqa

1. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi, va guruh sardorlari tayinlanadi.
2. Guruhlarga o’tgan mavzudan savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.
Savollar.

  1. Qisqa tutashuv deb nimaga aytiladi?

  2. Saqlagichning vazifasi?

  3. Elektr isitish asboblari qanday o’tkazgichdan yasaladi?

3. Yangi mavzu bayoni:
Tevarak – atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko’p, kundalik turmushimizda muntazam elektr jihozlari bilan ish ko’ramiz. Ularning nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo’yishimiz mumkin.
Odam tanasi elektr tokini yaxshi o’tkaziladi. 36 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi.
Xonadon elektr zanjiri ulangan elektr zanjiri ulangan elektr tarmoq 220 V kuchlanishga ega ekanligini bilasiz. Ehtiyotsizlik qilib bunday kuchlanishli sim ushlab olinsa, tanadan tok o`tadi. Bunday holat, odata, tok urdi deyiladi. Agar tok kurgan kishini simdan tezda ajratib olinmasa, u halok bo`lishi mumkin.
Qanday ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin? Tok urmaslik uchun qanday elektr xavfsizlik choralariga amal qilish kerak?
1. Ko`chadan o`tgan elektr tarmoqlari simlari izoltsiyalanmagan bo`ladi. Ba’zi paytlarda elektr tarmog`ining bitta simi uzilib, yo`lda osilib yotgan bo`lishi mumkin. Uni ushlaganda tok simdan odam tanasi orqali yerga o`tadi va tok uradi(1 – rasm).

1 – rasm. 2 – rasm.
Ko`chada uzilib yotgan elektr tarmog`I simini ushlamaslik kerak. Undan o`zingizni va boshqalarni ehtiyot qiling.
2.Xonadan elektr zanjirining simlari, odatda, devor ichidan o`tgan bo`ladi. Biror zarurat yuzasidan devorga mix qoqilayotgan paytda simning izolatsiyasi shikastlanishi va mix sigma tgib qolishi mumkin. Bu holda ham tok odam tanasi orqali yerga o`tishi va tok urishi mumkin (2 - rasm).
Devorga mix qoqishdan avval shu joydan elektr simni o’tmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
3.Ayrim hollarda nosozlik tufayli elektr jihoz ichidagi tok o’tgan sim uning metal korpusiga tegib qolgan bo’lishi mumkin. Bunday elektr jihozining (masalan, muzlatkichning) metal qismini ushlaganda tok odam tanasi orqali yerga o’tishi va tok urishi mumkin(3 – rasm).
Muzlatkich, televizor kabi elektr jihozlarning orqa tomonidagi maxsus qisqichini sim orqali yerga ulab qo’yish lozim.
Elektr jihozining korpusi yerga ulab qo`yilsa, korpusdagi tok yerga o`tib ketadi. Bu holda elektr jihozining eruvchan saqlagichi uzildi va tok kelishi to`xtaydi. Jihozni ta’mirlab, yangi eruvchan saqlagich qo`ygandan keyingina uni elektr tarmoqqa ulash mumkin.

3 – rasm. 4 – rasm.
4. Xonadondagi rozetkalarda va elektr lampochka patronlarida doimo tok bo`ladi (4-rasm).
Kichik yoshdagi bolalardan ehtiyot qilish uchun rozetkalar ularning qo`li yetmaydigan darajada poldan balandroq qilib o`rnatiladi. Kichik yoshdagi bolalar bo`lgan uylarda rozetkaga plastmassali maxsus moslama tiqib qo`yish maqsadga muvofiqdir.
5. Umumiy elektr tarmoqda tok o`chib qolgan paytda ba’zi odamlar xonadan elektr zanjirining shikastlangan joyini ta’mrlamoqchi bo`ladilar. To`satdan tok kelib qolsa, tok urishi mumkin(5-rasm).

5 – rasm.
Ba’zi hollarda umumiy tarmoqning faqat bitta fazasida kuchlanish bo`lmasligi ikkinchi fazasida kuchlanish paydo bo`lishi mumkin. Elektr lampochka yonmayotganini ko`rib, ayrim kishilar bemalol simning ochiq joyini ushlab ta’mirlash ishlarini bajarmoqchi bo`ladilar. Agar simning shu fazasida tok bo`lsa, bu tok odam tanasi orqali yerga o`tadi va unit ok uradi.
Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta’mirlashda tarmoqda elektr toki bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’i nazar hisoblagichdagi ikkala patrondan saqlagichlarni olib qo`yish zarur.
Ba’zi hollarda simning tokli bitta fazasi ushlab turilsa ham, tok urmasligi mumkin. Buning uchun odam yerdan izolatsiyalangan, ya’niodam oyog`i ostiga tok o`tkazmaydigan material qo`yilishi, tanasining hech bir joyi o`tkazuvchi material orqali yerga tegib turmasligi kerak.

Download 206.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling