Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni barkamol avlod ruxida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad


Elektr toki urganda birinchi yordam


Download 206.31 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi206.31 Kb.
#1070016
1   2
Bog'liq
Elektr asboblari bilan ishlashda xavfsizlik choralari

Elektr toki urganda birinchi yordam
Ehtiyotsizlik tufayli tok o`tayotgan simni ushlab olgan va tanasidan tok o`tib turgan odam o`zini o`zi deyarli qutqara olmaydi.
Bunga sabab, birinchidan, panja muskullari tok ta’sirida o’z – o’zidan qattiq qisilib, panja tok o’tayogan simni siqimlab oladi. Ikkinchisidan, tanadan tok o’tganda muskullar tortishib, odamning o’ziga bo’ysunmaydi. Uchinchidan, tok odamning markaziy nerv sistemasini shikastlaydi va hushidan ketkazadi.
Odam tok ta’sirida qancha uzoq vaqt turib qolsa, uning hayotini saqlab qolish shuncha qiyin bo’ladi. Shuning uchun, birinchi navbatda, odamni tok ta’siridan xalos qilish kerak.
Agar falokat xonadonda ro’y berayotgan bo’lsa, jabrlanuvchiga tegib turgan simning vilkasini rozetkadan darhol sug’irib olish kerak. Agar tegib turgan sim to’g’ridan to’g’ri xonadon elektr zanjiriga ulangan bo’lsa, zudlik bilan elektr hisoblagich ostidagi saqlagichlarni burab olish yoki tumalarini bosish kerak. Bu bilan xonadon elektr zanjiri uziladi.
Agar falokat ko’chadagi elektr tarmog’I orqali yuz bersa, jabrlanuvchidan tokli simni quruq tayoq yordamida chetlashtirish lozim. Jabrlanuvchi tokli simni panjasi bilan ushlab qolgan bo’lsa, dastasi izolatsiyalangan ombur, qruq yog’och sopli bolta yoki boshqa izolatsiyalangan o’tkir uchli asbob bilan tok kelayotgan simni uzib tashlash kerak.
Jabrlanuvchini tok ta’siridan qutqargach, darhol uni chalqanchasiga yotqizish, nafas olishga halaqit qilayotgan tugmalarini yechish kerak. Agar nafas olishi to’xtayotgan bo’lsa, sun’iy nafas oldirish lozim bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda tez yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini zudlik bilan davolash muassasasiga olib boorish choralarini ko’rish zarur.
4. Mustahkamlash savollari.
1.Odam tanasi uchun necha voltdan yuqori kuchlanishxavfli hisoblanadi?
2.Ko’chadaelektr tarmog’ simni yotgan bo’lsa nima qilish kerak?
3.Xonadonda devorga mix qoqishdan avval nmaga e’tibor berish lozim?
4.Elektr asbobi ichidagi elektr sim korpusga tegib qolgan bo’lishi mumkin. Tok urmasligi uchun nima qilish zarur?
5.Rozetka teshigiga va lampochkasiz patronga nima uchun metal buyumlarni tiqish xavfli?
6.Xonadon elektr zanjiridagi shikastlangan joyni ta’minlashdan avval nima qilish kerak?
7.Elektr toki urgan odamga qanday birinchi yordam ko’rsatiladi?
5. Masala yechish. Mashq 17
1. Odam tanasining o`rtacha qarshiligi taxminan 10 kΩ. Agar odam nam turib 220 V kuchlanishi ochiq simni bexosdan ushlab olsa, undan qancha tok o`tadi? Odam tanasi uchun xavfsizlik chegarasiga teng bo`lgan 36 Vkuchlanishi simni ushlab turganda - chi?
2. 1 - masala shartlarini qo`llab, 220 V kuchlanishi simni ushlab olgan odamdagi va 36 V kuchlanishi simni ushlagan odamdagi tokning quvvatlarini hioblang.
3. Odam oyoq kiyimi bilan deraza peshtoqiga chiqib, behosdan 220 V kuchlanishi ochiq simni ushlab oldi. Agar deraza peshtoq bilan nam yer orasidagi qarshilik 80 kΩ, oyoq kiyimi tagining qarshiligi 20 kΩ, odam tanasining qarshiligi 10 kΩ bo`lsa, odam tanasiga to`g`ri keladigan kuchlanish qanchaga teng?
6.Uyga vazifa.
III – bob uchun muhim xulosalar.
Download 206.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling