Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Qalin o‘sgan nashapoyalarda chopa-chopa Avdiy sheriklaridan xiyla uzoqlashib ketgandi. Shunda 
kutilmaganda, u o‘zini yengil parvoz qilayotganday, hayoli ko‘klarda havolayotganday sezdi. Bu 
qachon, qanday bo‘lganligini Avdiy payqamay qoldi. Osmonda oftob saxovat bilan nur sochadi, havo 
issiq, allaqanday qushlar pirpirab uchishadi, sayrashadi, ayniqsa, cho‘l to‘rg‘aylari tinimsiz 
chuldirashadi, kapalaklar pir-pir uchib, dam qo‘nishadi, dam ko‘tarilishadi, anvoyi hasharotlar ham 
allanechuk o‘z kuylarini kuylashadi — misoli yer yuzidagi jannatga o‘xshaydi. Ana shu 
jannatmakonda shimollik oqbadan yigit Avdiy nasha hidlaridan g‘oyatda sarxush bo‘lib, xuddi murvati 
burab qo‘yilganday u tomondan-bu tomonga yugurgani yugurgan. U qip-yalang‘och. Boshida 
panamasi-yu, ko‘zida oynak, oyog‘ida kedi va ustida kichkina ishtonchasigina qolgan. U eng quyuq 
o‘sgan nashapoyalarni topib o‘zini ular ichiga uradi. Uning atrofida gullab urug‘ bog‘layotgan 
nashaning changi oqarib ko‘tariladi. Ular havo bilan Avdiyning ichiga kiradi, boshini aylantiradi
g‘uvillatadi, ko‘ziga har turli rangin manzaralar ko‘rinadi. Sarxush hayol tasvirlarga to‘ladi: ana, u 
mototsiklda uchib boryapti. Kechagi mototsiklchi xotinning orqasiga o‘tirib olgan. Odatda 
mototsiklning orqasiga xotin-xalaj minadi. Lekin Avdiy yigit bo‘la turib kattakon mototsiklni o‘zi 
emas, ayol boshqarib borayotganidan xijolatga tushmaydi. U mototsikl haydashni bilmasa va umuman, 
texnikadan uzoq bo‘lsa, ne qilsin. Xotin bilan bitta mototsiklda ketishning o‘zi maza emasmi. 
Ayolning sochlari qalpog‘i ostidan to‘zib chiqadi, shamolda uchib, uning yuziga uriladi, sirpaladi, 
qitiqlaydi uni xuddi shamolday, lablari, ko‘zlariga yopishadi, tomoqlarini qichitadi, oh, qanday yaxshi, 
qanday soz: gohida juvon orqasiga o‘girilib qaraydi, unga sho‘x-shan kulib qo‘yadi, ko‘zlari cho‘g‘day 
porlaydi — o, qaniydi, doim-doim shunday bo‘lsa, uzoq-uzoq davom etsa, asrlarcha... 
Shunda birdan uning ko‘zi uch bo‘ri bolasiga tushib qoldi-yu, darhol hushyor tortdi. Ana xolos! 
Qaydan kelib qoldingiz, azamatlar? U ko‘zlariga ishonmasdi. Uchta bo‘ri bolasi dumchalarini likillatib 
unga yaqinlashmoqchi, u bilan o‘ynashmoqchi bo‘lar, lekin — yuraklari to‘la dov bermas, anjo, qochib 
ketmas ham edilar. Oyoqlari o‘smirlarniki kabi uzun-uzun, quloqlari dam dikkaygan, dam shalpaygan, 
tumshuqlari cho‘zinchoq, jaynoqlangan tamtam ko‘zlari odamga kulgini qistatadigan darajada ishonch 
bilan boqadi. Xuddi shu narsa Avdiyning dilini qitiqlab yubordi-da, boshqa hamma narsani unutib, 
ularni o‘z oldiga erkalab, avrab, qiziqtirib chaqira boshladi. Avdiy bo‘richalarni yaxshi ko‘rib 
tamomila iyib ketgandi. Shu on ko‘z o‘ngida go‘yo oq yildirim paydo bo‘ldi. Tishlari oppoq yiltiragan 
qanjiq bo‘ri uning ustiga o‘qday otilib kelardi... Bu kutilmaganda, tez, lekin shunchalar sekin va 
dahshatli tarzda sodir bo‘ldiki, tizzalari o‘z-o‘zidan bukilib, beixtiyor cho‘kkalab o‘tirib qolgani, 
qo‘llari bilan boshini to‘sganini bilmadi. Xuddi shu narsa uning hayotini qutqarib qoldi. Lekin, u 
bundan ham bexabar edi. Bo‘ri uch qadamcha narida edi, o‘ birdan shiddat bilan sakrab Avdiyning 
boshidan nari oshib ketdi. Avdiyning dimog‘iga hayvon hidi gupillab urildi. Shunda ularning ko‘zlari 
to‘qnashdi. Avdiy bo‘rining ko‘k olov sochgan nigohini, mislsiz ko‘m-ko‘k va qahrli ko‘zlarini ko‘rdi. 
Vujudi muzlab ketdi. Bo‘ri esa zum o‘tmay yana uning ustidan orqaga sakradi va kuchukchalarini 
tishlab, turtkilab xuddi shamol yanglig‘ orqaga surib yubordi. Yo‘l-yo‘lakay jar ichidan yollari tikka-
tikka bo‘lib, bahaybat kallasini chiqarib qaragan vahimali bo‘rini ham ko‘kragi bilan urib, tishlab 
shitob bilan orqaga qaytardi. Ular xuddi bo‘ron uchirib ketganday, bir zumda ko‘zdan g‘oyib 
bo‘ldilar... 
Avdiy esa oyog‘ini qo‘liga olib qochdi, cho‘lda qancha chopganini bilmaydi, qo‘rqinch bo‘g‘zidan 
faryod bo‘lib otilardi. Chopib borarkan, boshi chirillab aylanar, oyog‘i cho‘yan osib qo‘yilgandek 
og‘irlashib ketgan, chalkashgan oyoklari tagida yer chayqalardi. Yiqilsamu turmasam, uxlab qolsam 
derdi. Shunda u o‘qchib-o‘qchib qusa boshladi. Ana endi o‘ldim, deb o‘yladi. Holi-joni qolmagan, 
lekin shunday bo‘lsa ham, o‘zini qusuqdan nari olishga kuch topar, yana yugurishga tushar, yana 
o‘qchib, bukchayib-bukchayib qusgani-qusgan edi. Qornida chidab bo‘lmaydigan og‘riq turdi. 
Ichaklarini xuddi birov tinmay tilayotgandek edi. Og‘u ichidan so‘lakaylanib tusharkan, azobdan yetti 
bukilgan Avdiy titrab-qaqshab xXdoga yolvorardi: «Oh, Xudoyim, bo‘ldi, bas qil! Boshqa hech 
qachon, hech qachon, xech qachon nasha yig‘mayman, o, Xudo, o‘zing menga rahm qil...» 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling