Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Toshchaynar ham suruklar ortidan quvishni hayollariga keltirmadilar. O’lja shundoq yonlaridan o‘tib 
borayotganiga qaramay o‘rinlaridan jilmadilar. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi. O’sha kuni 
ularning qorinlari to‘q edi. Qorin to‘qida, kunning shu issig‘ida kiyiklarni quvish, quturib ov qilish 
o‘lim bilan barobar edi. Lekin, gap boshqa yoqda. Muhimi, hali bo‘richalarning ov qiladigan payti 
kelmagan edi. Ular quv-quv, chop-chopga dosh berolmay, o‘ljani ololmay shahdini yo‘qotib qo‘yishi 
mumkin edi. Yuragini oldirib qo‘ygan, shashti qaytgan bo‘ri bo‘ri bo‘lmaydi. Hali qish kirsin, katta 
ovlar boshlanadi, ana o‘shanda kuchga to‘lgan, voyaga yetgan bo‘rilar nimalarga qodir ekanliklarini 
ko‘rsatib qo‘yadilar. O’zlariga ishonch orttiradilar. Hozirdan ishning pachavasini chiqarishning hojati 
yo‘q. Lekin vaqt-soati kelsin, o‘shanda ko‘ring bularni! Zo‘r ma’raka bo‘ladi o‘shanda! 
Akbara ov tamayida o‘ynoqlab, irg‘ishlab o‘ziga osilavergan bo‘rivachchalardan bezor bo‘lganda 
boshqa joyga sakrab o‘tardi. Chiylarning kumush ukparlari oralab xuddi urchiydigan payti daryodan 
yuqoriga qarab suzgan baliqlarday hammasi bir tomonga qarab borayotgan kiyiklardan ko‘zlariny 
uzmay qarab turdi. Kiyiklarni bir-birlaridan sira ajratib bo‘lmasdi. Akbaraning nigohidan, mayli, hozir 
o‘taveringlar, yashagancha yashab qolinglar, lekin vaqti soati keladiki, sahroda nimaiki bo‘lsa, yana 
sahroning o‘ziga qaytadi, undan aslo qochib qutulolmaydi, degan ma’noni uqish mumkin edi. Bu orada 
bo‘rivachchalar mudragan Toshchaynarga osilib, tirmashib, o‘rnidan qo‘zg‘ash payidan bo‘lishardi. 
Shunda Akbara birdan buyuk sahroga tushadigan qishning ilk kunlarini tasavvuriga keltirdi. 
Tongga yaqin hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. U yarim kun, uzog‘i bilan bir kun turib, so‘ng 
erib ketadi. Lekin o‘sha qor bo‘rilarga katta ovlar pallasi kelganligidan darak beradi. Shundan e’tiboran 
bo‘rilarning es-hushlari sayg‘oq ovida bo‘ladi. O’sha dorilamon kunlar hali keladi. Soyliklarni 
tuman o‘raydi. Oppoq, mungli chiylarni qish qirovi bosadi. Jilg‘inlarning qalin shoxlari qor yukini 
ko‘tarolmay egilib tushadi. Harorati qaytgan cho‘l quyoshining beti hovurlanib turadi. Urg‘ochi bo‘ri 
o‘sha kunni ko‘z oldiga shu qadar ravshan keltirdiki, birdan seskanib ketdi: o‘pkasiga muzday qish 
havosi kirganday tuyuldi, go‘yo g‘uj yulduz kabi pishiq panjalari qor betiga tushganday, o‘z tanish 
izlarini ham, o‘sib-ulg‘ayib, fe’l-atvori ham ancha belgili bo‘lib qolgan bolalarining izlarini ham, 
bularning bariga yonma-yon yirik, qudratli, tirnoq o‘rinlari xuddi kattakon qushning qayrilgan 
tumshug‘iday o‘yilib tushgan izlarni — Toshchaynarning omonsiz izlarini ham ravshan o‘qiganday 
bo‘ldi. Keng o‘mrovli, baroq to‘shli Toshchaynarning panjalari qorga chuqur botadi, uning kuch-
qudrati bosgan izidan ham bilinib turadi. Toshchaynar sayg‘oqlarning kekirdaklariga qadalgan xanjar, 
u chalib o‘tgan sayg‘oq qizil qoni bilan cho‘l qorini bo‘yaydi. Go‘yo qonga belangan qush qanotlarini 
tapirlatib qor betida yotganday. Birovning qoni — boshqa birovga yem. Birining qonini ichmasa, 
ikkinchisi yasholmaydi. Azal-azaldan shunday, tiriklikning boshqa yo‘sini yo‘q. Bunga hech kim 
qozilik qilolmaydi. Na haq bor bunda, na nohaq. Kim birovning qonini o‘zga birov uchun yem qilib 
yaratgan bo‘lsa, ayb o‘shanda. (Faqat odam bolasigina boshqacha qismat bilan yaralgan: u nonini 
zahmat chekib topadi, zahmat chekib et topadi. Odam o‘z tabiatini o‘zi bino qiladi). 
Mo‘yinqumning ilk qoriga tushgan boyagi g‘ujum yulduzday katta-kichik izlar — bo‘rining 
turkum panjalari soylarning tumanlari oralab boradi-boradi-da, shamoldan pana bir jilg‘a bo‘yida, 
butalar orasida to‘xtaydi — bu yerda bo‘rilar maslahat ma’raka qiladilar: kim quvishga boradi, kim 
pistirmada qoladi... 
Eh, bir kuni orziqib kutilgan damlar ham keladi — Akbara qor uzra qorni bilan sudralib, to‘ng‘ib 
qolgan o‘tlarga suykanib, bilinar-bilinmas nafas olib, o‘tlab yurgan sayg‘oqlarga ohista yaqinlashib 
boradi, ko‘zi ularning hozircha osuda boqqan ko‘zlariga tushadi va shunda birdan soyaday sapchiydi. 
Ana, endi ko‘ring bo‘rining kuni tuqqanini! Akbara bo‘rivachchalariga saboq bo‘ladigan o‘sha birinchi 
ovni shunchalar yaqqol tasavvur qildiki, beixtiyor ingrab yubordi va sakrab turib ketishdan o‘zini 
bazo‘r tiyib qoldi. 
Oh, o‘sha ilk qish kunlaridagi cho‘ldagi ov! Sayg‘oq suruklari o‘tdan qo‘rqqandan badtar qo‘rqib, 
quturib qochishga tushadi. Qorning oppoq beti bir zumda qora cho‘tirga aylanadi. Akbara hammadan 
oldinda ular ortidan quvib boradi. Yosh bo‘rilar — uning qonidan bo‘lgan nasl ortda qolmay chopadi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling