Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
rezervlari deb atashardi. Binobarin, rezerv mavjud ekan, uni zudlik bilan o‘lkaning gullab-yashnashi 
yo‘lida plan oborotiga qo‘shish kerak. Mo‘yinqum «yurishi»ga xuddi mana shu narsa rasmiy asos 
bo‘lgandi. Lekin ma’lumki, har qanday rasmiy xulosalar ortida, albatta, tarixning harakatini belgilab 
beradigan u yoki bu hayotiy shart-sharoitlar turadi. Shart-sharoit deganimiz esa, bu avvalo, odamlar, 
ularning intilishlari va hayajonlari, yaxshilik va yomonliklari, nima bilan tugashini bilib bo‘lmaydigan 
axtarishlari va bosh-keti yo‘q ziddiyatlari. Shu ma’noda Mo‘yinqum fojiasi mustasno bir hodisa 
emasdi. O’sha kecha o‘zi xohlabmi, xohlamaymi, shu vahshiylikni qilgan kishilar cho‘lda tunab qolgan 
edilar. 
Bo‘ri galasidan Akbara bilan Toshchaynargina arosatdan omon chiqqan, endi tuni bo‘yi tentirab 
qirg‘injoylardan uzoqroqqa ketib borardilar. Qiyomat qo‘pgan dala-tuzda qochaverib ko‘kraklari, 
chovlari to sag‘irlarigacha loy-balchiqqa botgan bo‘rilar zo‘r-bazo‘r qadam tashlardilar. Tilingan, 
shilingan, yaralangan oyoqlari tinmay zi-qillab og‘rir, kuyganday achishar, har qo‘yilgan qadam misoli 
bir azob edi. Qani endi, tezroq inimizga yetib olsak, sho‘rlik boshimizga tushgan bu og‘ir kunni tezroq 
unutsak, oyog‘imizni yozib, ko‘zimizni yumsak — bo‘rilarni hozir birdan-bir istaklari shunday edi. 
Lekin, bu yerda ham omadlari kelmadi. Inlariga yaqinlashib qolganda ular odamlarning ustidan 
chiqdilar. Qadrdon inlarining shundoq yonginasida kattakon yuk mashinasi qorayib ko‘rinar, uning 
g‘ildiraklari jilg‘in butalari ichiga yorib kirgan edi. U yerda odamlarning g‘ovur-g‘uvuri eshitildi. 
Bo‘rilar birpas jim quloq solib turishdi-da, so‘ng indamay ochiq cho‘lga qarab yurishdi. Negadir, xuddi 
shu payt tun qorong‘iligini yorib mashinaning o‘tkir chiroqlari yondi. Garchi ularning shu’lalari narigi 
tomonga tushgan bo‘lsa-da, lekin bo‘rilar uchun shuning o‘zi ham yetarli edi. Ular cho‘loqlana - 
cho‘loqlana, og‘riq azobidan dikonglab bosh oqqan tomonga jo‘nadilar. Akbaraning, ayniqsa, oldingi 
panjalari achishib og‘rirdi... Zada bo‘lgan oyoqlariga ozgina orom berish uchun u erimay qolgan qorlar 
ustidan qadam bosishga urinardi. Bo‘ri panjasidan tushgan ezgin naqshli gullar qorda alamli, ma’yus 
sudralib borardi. Bolalari o‘ldi. Boshpana yo‘li berk. Cho‘lda odamlar izg‘iyapti... 
Ular oltovlon edilar. Haydovchi Kepani ham hisoblaganda, tasodif tufayli bir joyga yig‘ilib qolgan 
o‘lja to‘plovchilar, ertaga ishni barvaqtroq boshlaymiz, deb cho‘lda tunab qolgandilar. Ish ham ularga 
juda ma’qul keldi. Yomonmi, mashinaga ortilgan har bir kiyik uchun ellik tiyin to‘lashadi. Bugun 
uchta kuzovni liq to‘latdilar. Lekin baribir qorong‘i tushguncha hamma otilgan, yiqilgan kiyiklarni 
yig‘ib, ulgurisholmadi. Ertalab yig‘ilmay qolganlarini topib, mashinaga ortib, so‘ng pritseplarga 
joylashtirishadi. Ular esa o‘ljalarni Mo‘yinqumdan uzoqlarga olib ketadi. 
O’sha kecha oy to‘lgan edi. To‘lin oy barkashi ufqdan juda erta ko‘tarildi. Oy quti o‘chgan, qori 
butunlay erib ketmagan cho‘lning hammayog‘idan baralla ko‘rinib turardi. Uning moviy shu’lalari 
cho‘ldagi butazorlar, o‘r-jarlar, do‘ng-tepalarni dam yoritib, dam ko‘lankalantirib qo‘yadi. Lekin shu 
huvillagan, kimsasiz joylarda ulkan yuk mashinasining qoraygan sharpasiga hech ko‘nikib bo‘lmaydi. 
U bo‘rilarning jonlariga kutqu soladi: har safar o‘girilib karaydilaru, yuraklari orqalariga tortib ketadi, 
dumlarini chotlariga qisib, qadamlarini tezlatadilar. Shunga qaramay, ular hadesa to‘xtab, yana 
ortlariga tikilib qoladilar, o‘zi nima bo‘lyapti, nega odamlar ularning ini oldida to‘xtashdi, nima bor 
ularga? Anovi qo‘rqinchli katta mashina bu yerda hali uzoq turarmikin yo ketarmikin? Darvoqe, bu 
mashina harbiy yo‘riq bilan chiqarilgan, usti brezent bilan yopiladigan, bahaybat g‘ildiraklari yuz yil 
yursa ham yemirilmaydigan, istagan joyda bemalol yurib ketaveradigan «MAZ» vezdexodi edi. 
Kuzovda ertaga jo‘natish uchun qoldirilgan o‘nlab sayg‘oq to‘shlari orasida qo‘llari xuddi asir 
olinganday bog‘lab qo‘yilgan bir odam yotar, u tagidagi va yon-atrofidagi sayg‘oqlarning loshlari vaqt 
o‘tgan sayin sovib, qotib borayotganligini his qilardi. Harqalay, ularning terisi uni isitib, joniga ora 
kirib turar, oo‘lmasa ahvoli juda chatoq edi. Mashina ustiga yopilgan brezentning tirqishidan oy 
mo‘ralar, lekin yotgan odamning nigohi bo‘shliqdan o‘zga narsani ilg‘amas, quti o‘chgan chehrasida 
azob-uqubat sharpasi akslanardi. 
Endi uning takdiri mana shu odamlarga bog‘liq. Bu yerga ular bilan birga keldi. Xuddi ularga 
o‘xshab Mo‘yinqum qirg‘inidan pul ishlab ketmoqchi edi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling