Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
ham ular bilan birga quturgan quvg‘inga uchragandek va o‘zini to‘rt tomonga urib najot 
qidirayotgandek, hatto vertolyotlar ham o‘z qaldiragan, guldiragan, chiyillagan tovushlaridan ajrab, 
soqov bo‘lib qolgandek tuyular edi. Ular poyonsiz zulmatga cho‘mgan sahro uzra vahimali qora 
kalxatlar kabi ovoz chiqarmay suzib yurishardi... Ommaviy otuvchilar esa tizzalab o‘tirib ham otishar, 
«uazik»larning bortlaridan turib ham otishar, lekin o‘q tovushi chiqmas, mashinalar shamoldek yelar, 
sakrar, ko‘tarilar, uchib tushar, lekin ularning ham ovozlari chiqmas, jinni bo‘lib qolgan kiyiklar go‘yo 
qanot chiqarib uchar, lekin saslari chiqmas, do‘lday yog‘ilgan o‘qlardan qonga belanib qular, 
ag‘darilar, lekin ovozlari chiqmas edi... Bu oxir zamon sukunatiga o‘xshardi. Shunda Akbaraning 
ko‘ziga odam qiyofasi ko‘rindi. U odamning qo‘rqinchli basharasini shunchalar yaqindan, shunchalar 
aniq-taniq ko‘rib, shunchalar dahshatga tushdiki, sal bo‘lmasa mashina g‘ildiragi tagiga kirib ketay 
dedi. «Uazik» uning shundoqqina yonginasiga kelib qolgandi. Anov odam belidan yarmisini 
mashinadan tashqariga chiqargancha oldinda o‘tirardi. U ko‘zini shamoldan ehtiyot qilib kattakon 
ko‘zoynak taqib olgandi. O’pkaday qip-qizil basharasini yel yalab ketgan, qorayib ko‘ringan og‘ziga 
mikrofon tutgan, o‘tirgan joyida tinmay sakrar, butun cho‘lga eshittirib allanarsalarni bo‘g‘ilib 
qichqirar, lekin uning so‘zlari eshitilmas edi. Aftidan, u qirg‘in va quvg‘inni boshqarardi. Agarda shu 
onlarda Akbara shovqin-suron tovushlarini eshitganda va odam bolasining tilini tushunganda edi, 
uning ratsiyaga qichqirayotgan shu so‘zlarini anglagan bo‘lardi: «Chetidan otinglar! Chetidan! Hoy! 
O’rtasiga otmanglar! E, nima qilyapsizlar! Hammasi oyoq ostida qolib ketadi-ku!» O’ldirilgan 
kiyiklarning go‘shtlari yerda payhon bo‘lib ketmasin deydi-da... 
Shunda mikrofonga baqirayotgan kishi mashina bilan yonma-yon qochqin kiyiklar orasida bitta 
bo‘ri, uning orqasidan esa yana bir nechta bo‘rilar chopib ketayotganligini ko‘rib qoldi. U bir siltandi, 
allanarsa deb xirillab qichqirdi, hah, shoshmay tur, deganday mikrofonni tashlab, qo‘liga miltiq oldi va 
shu zahoti uni o‘qladi. Akbaraning qo‘lidan nima ham kelardi, ko‘ziga oynak tutgan odam o‘zini 
mo‘ljalga olayotganligini u tushunmasdi, tushunganda, bilganda ham, xo‘sh, nima qila olardi — 
quvg‘in ichidan chiqib ketolmasdi, boshini panaga ololmasdi, odam esa hamon mo‘ljalga olardi. Shu 
Akbarani qutqarib qoldi. Nimadir bo‘rining oyoq ostiga tarsillab urildi, bo‘ri boshi bilan o‘mbaloq 
oshib tushdi, lekin izdihom ostida qolmaslik uchun darhol sakrab turdi, shunda to‘ng‘ichi 
Xumkallaning osmonga baland sapchib, so‘ng yerga qulaganligini ko‘rdi. O’ni chopib ketayotganida 
otgan edilar. To‘ng‘ichi yoniga asta ag‘darilib, gavdasi cho‘zilib ontarilgancha o‘z qoniga oluda bo‘lib 
tushdi. Balki u og‘riqdan uvlab yuborgandir. Balki o‘lim xavfi - faryod ko‘targandir, lekin buni bo‘ri 
eshitmadi. Otgan odam azbaroyi xursand bo‘lib ketganidan miltiqni boshi uzra ko‘tarib nuqul 
silkitardi. Yana bir daqiqadan so‘ng Akbara o‘lib yotgan bolasining loshi ustidan sakrab o‘tib ketdi. 
Shunda yana uning qulog‘i ochildi, olamning butun qiylu qolini eshita boshladi — ana shovqin, ana 
suron, ana ola-tasir o‘q ovozlari, mashinalarning guvillashlari, odamlarning baqiriq-chaqiriklari, jon 
berayotgan kiyiklarning hirqirashlari... Ko‘pgina sayg‘oqlar yerga tappa-tappa qular, oyoqlarini 
tipirlatib yerda yotar, turishga madorlari yetmas, o‘pkalariga havo tiqilgan, yuraklari yorilib ketgan 
edi... Odamlar shu yerning o‘zida ularning tomoqlariga shartta pichoq tortib so‘yishar, so‘ng yana joni 
chiqmagan, titrab-qaqshagan kiyik tanalarini oyog‘idan ushlab, yuk mashinalarga uloqtirar edilar. 
Boshdan-oyoq qonga botgan bu odamlarga qarash juda qo‘rqinchli edi... 
Agarda tubsiz osmon qa’ridan birovning sergak nigohi bularning barini kuzatib turganda edi, u 
qirg‘in qanday bo‘lganligini va Mo‘yinqum shundan so‘ng nechog‘lik abgor ahvolga tushganligini 
ko‘rgan bo‘lar edi. Lekin, bundan keyin nima ro‘y berishi, buning oqibati qanday tugashi, aftidan, 
uning o‘ziga ham qorong‘iligicha qolaverardi... 
Mo‘yinqum qirg‘ini kechga tomon to‘xtadi. Quvgan ham, qochgan ham tamomila holdan toydi. 
Cho‘lga xufton kirdi. Ertaga vertolyotlar bazadan moylarini yangilab kelgandan so‘ng qirg‘inni yana 
davom ettirish kutilardi: ularning chamalaricha, bu yerlarda ish hali uch-to‘rt kunga yetib ortardi. 
Vertolyotlarda o‘tkazilgan tekshirishlarga qaraganda, Mo‘yinqumning eng qumloq g‘arbiy qismida 
hali hech tegilmagan sayg‘oq suruvlari son-sanoqsiz edi. Rasmiy tilda ularni o‘ljaning hali ochilmagan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling