Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
qolgan bu podalar misoli jonli sel kabi vahshat solib kelardi. Bo‘rilar qadamlarini sekinlatmay va 
aksincha, vahimaning kuchi bilan yanada zo‘r berib qocha boshlaganlari uchun ham o‘lmay omon 
qoldilar. Lekin, endi ular ham aql bovar qilmas mana shu buyuk qochqinda sirtmoqqa tushgan edilar. 
Ayovsiz vahshiy oqim ularni surib ketgandan surib ketdi. Endi ular o‘zlari boyagina quvg‘in qilib, 
qirg‘in-barotga solib, etini bir burdadan qilib tashlamoqchi bo‘lganlari sayg‘oqlar — azal qurbonlari 
bilan umumiy yovuz xatardan birgalikda, yonma-yon jonlarini hovuchlab qochishar edi. Omonsiz 
qismat ularni teppa-teng qilib qo‘ygandi. Bo‘rilar bilan sayg‘oqlarning mana shunday bir to‘p ichida 
qochganligini qari Mo‘yinqum hatto eng ulug‘ yong‘in paytlari ham ko‘rmagandi. 
Akbara bir necha marotaba to‘p ichidan chiqishga urinib ko‘rdi. Lekin, epini qilolmadi. Yonma-
yon chopib borayotgan kiyiklarning tuyoklari ostida qolib ketish hech gap emasdi. Akbaraning 
bo‘rilari quturgan bu talotumda hozircha jipslashib borar edilar. Akbara ularni ko‘z qiri bilan ko‘rib 
turardi — ana, ular kiyiklar orasida tobora ildamroq yugurmoqdalar, ana, ko‘zlari qo‘rqinchdan 
jaynoqlangan to‘ng‘ichlari — hov ana Xumkalla, hov ana Ildam, ana, holdan toyib, bazo‘r yetib 
kelayotgan Suyginoy, ana, Mo‘yinqumning qahrli botiri — Toshchaynar, evoh, u ham dahshatli 
qo‘rquv ichida tiraqaylab qochib keladi. Ko‘kko‘z Akbara shularni orzu qilganmidi axir. Ko‘ring, katta 
ov o‘rniga ular sayg‘oqlarga qo‘shilib qochib boryaptilar. Shundan o‘zga choralari ham yo‘q, go‘yo 
daryo chirpirak qilib ketayotgan xasday... Birinchi bo‘lib Suyginoy ko‘zdan yo‘qoldi. Izdihom tuyog‘i 
ostida qolib ketdi. Faqat bir chinqiriq eshitildi. So‘ng bu ovoz minglab tuyoqlarning ola-tasiri ichida 
yo‘q bo‘lib ketdi. 
Quvg‘in solgan vertolyotlar esa ulkan qochoq podaning ikki yonida uchar, poda to‘zg‘ib ketmasin, 
yana cho‘ldan qaytarib kelish qiyin bo‘ladi deb, uni chetdan qisib kelishar, ratsiya orqali bir-birlari 
bilan so‘ylashar, bir-birlariga moslashib harakat qilishar, jonivorlarning o‘takasini yorishar, ularni 
yanada tezroq chopishga majbur qilishar edi. Shlemofondan quvg‘inchilarning quloqni batang qiluvchi 
xirqiragan ovozlari eshitilardi: «Yigirmanchi, menga qara, yigirmanchi! Qani, yana bir zo‘r ber! Yana, 
yana!» Tepada uchib yurgan vertolyotlarga pastda oppoq qor uzra sel kabi oqib borayotgan quturgan 
qora daryo yaqqol ko‘rinib turardi. Quloqchindan yigirmanchining chinqiroq ovozi keladi: «Bo‘pti, 
zo‘r beramiz! Ha-ha-ha! E, ko‘ryapsanmi, ularning orasida bo‘rilar ham bor ekan! Ana xolos! Qo‘lga 
tushdinglar, kaltadumlar! Joningdan umidingni uz, bachchag‘arlar! Bu senlarga kinodagi «Hali 
shoshmay tur!» emas!» 
Quvg‘inchilar hayvonlarni zo‘riqtirib, holdan toydirib quvardilar. Oldindan shunday qilish 
kelishilgan va ko‘zlangan edi. Xuddi ko‘zlanganday bo‘ldi. 
Quvg‘inda kiyiklar katta, tep-tekis yoyiqlikka kirib borganlarida ularni qurol tutgan otuvchilar 
kutib oldilar. Vertolyotlarning ertalabdan beri qilayotgan harakatlari mana shunga edi. Bular ovchilar 
emas, qiruvchilar. Usti ochiq «uazik»larga o‘tirib olgan otuvchilar sayg‘oqlarni quva ketdilar. Ular 
sayg‘oqlarni yo‘l-yo‘lakay avtomatlardan yoppasiga o‘t ochib, hatto mo‘ljalga olib o‘tirmay qirishar, 
jonivorlarni xuddi tomorqada o‘t o‘rganday o‘rib tashlashardi. Ularning orqalaridan esa yuk pritseplari 
borar — o‘ljalarni birma-bir uning ustiga itqitib tashlashar, odamlar mo‘maygina hosil ko‘tarishar edi. 
Epchil va baquvvat yigitlar darhol bu ishning ham payxovasini olishdi. Ular hali joni chiqmagan 
kiyiklarni so‘yishar, yaradorlarining orqasidan quvishar va so‘ng ularning tomoqlariga pichoq 
tortishardi. Lekin, asosiy qiladigan ishlari yerda qonga belanib yotgan kiyiklarni ko‘tarib, oyoqlaridan 
silkitib, keyin bir zarb bilan mashina tepasiga ko‘tarib tashlashdan iborat edi. Cho‘l — cho‘l bo‘lgani 
uchungina xudolarga mana shunday qonli soliq to‘lamoqdaydi. Xung‘arqob kiyiklar kuzovlarga 
tog‘day uyuldi. 
Qirg‘in esa davom etardi. Mashinalardagi otuvchilar holdan toygan sayg‘oqlarning qalin to‘plariga 
yorib kirar, o‘ngu so‘liga qaramay ularni otib qulatar, jonivorlarni badtar vahima va xarosonlikka 
solardilar. Qo‘rqinch arosat shu darajaga yetgan ediki. go‘yo qiyomat-qoyim bo‘layotgandek, 
otishmalardan qulog‘i tom bitgan Akbaraga go‘yo olamning o‘zi kar va gungga aylangandek, yeru 
osmon ostin-ustun bo‘lib ketgandek, hatto ko‘kda unsiz-ovozsiz shu’la sochib turgan quyoshning o‘zi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling