Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
bolalarini yo‘qotgach, katta bo‘rilar haddan ortiq quturib ketishdi. Ularni endi shunday qoldirib 
bo‘lmasdi. Quturgan bitta bo‘ri o‘nta bo‘ridan yomonroq, buni sal tushunish kerak edi. Quturgan bo‘ri 
o‘ch olmaguncha tinchimaydi. Bolalari tortib olingan Akbara bilan Toshchaynar degan bo‘rilar atrofda 
qanchalar yirtqichlik qilishayotganini hamma cho‘ponlar bilishadi. Endi ular hech qo‘ymaydi, 
odamlarga ham tashlanaverishadi, tap tortishmaydi. Ba’zi bema’ni odamlarni ig‘vogar deb atashar 
ekan, buni gazeta va kitoblarda o‘qigan edim. Bozorboy deganimiz bo‘rilar o‘rtasida shunday ig‘vo 
chiqardi, ularni quturtirdi. Hammamizning boshimizni g‘avg‘oga qo‘ydi. Men uning yuziga tikka 
aytdim, yana aytaman: u quyonmijoz ig‘vogarning ishini qildi. Sening ham, pa-torg, tik yuzingga 
aytaman: men tushunmayman sening qanday odamligingni. Mana, necha yildirki, bizning 
sovxozdasan, lekin shuncha vaqtdan beri gazet o‘qishu menga o‘xshagan cho‘pon-cho‘liqni 
qo‘rqitishdan boshqasini bilmaysan, bizni inqilobga, sovet hokimiyatiga qarshi deb nax urasan, o‘zing 
esa xo‘jalik ishida hech vaqoni tushunmaysan, ma’nisiga yetmaysan, aks holda cho‘pon kishini bo‘rini 
ko‘paytirmoqchi deb, ayblab o‘tirarmiding. E padariga qusur, o‘sha bo‘rilarning. Kurakda turmaydigan 
kulgili ayblarni qo‘yasan odamning gardaniga. Lekin bu mayli. Ammo, boshqa bir ayb ham 
qo‘ydingki, o‘rtoq Qo‘chqorboev, men buni javobsiz qoldirolmayman. To‘g‘ri, Ernazar dovonda halok 
bo‘ldi. Lekin bizni dovonga borishga nima majbur qildi? Yaxshi kun kechirayotgan bo‘lsak, shunday 
qilarmidik? Boshqa joy qurib ketibdimi bizga? Partorg, sen hech o‘ylab ko‘rdingmi, nega biz u yoqqa 
chiqdik, yaylovlar yetarli bo‘lsa, jonimizni xavf-xatarga qo‘yib o‘tirarmidik asti? Sen buni hech 
o‘yladingmi, partorg? Yaylov yo‘qligi jonimizga bir balo bo‘ldi. Kun-kundan badtarroq. Mana, 
direktorning o‘zi o‘tiribdi. Aytsin o‘zi. U direktorlikni endi boshlagan kezlar qanday o‘tloq, yaylovlar 
bor edi, beldan urib yotardi o‘t-o‘lan u yerlarda! Endi-chi? Hammayoq qurigan, yerning tuprog‘i 
yotibdi. Har bir qiyoq, o‘t-hisobda. Barining sababi shundaki, bunday maydonlarda ilgarigidan o‘n 
barobar ko‘p mol boqilyapti, shuncha qo‘y tuyog‘i o‘tgandan keyin o‘t o‘smayapti. O’lganning 
kunidan Ernazar bilan Kichibelga yo‘l olgan edik. Yaxshi bo‘larmikin devdik, lekin falokat oyoq 
ostidan chiqdi. Safarimiz yaxshilik bilan tugamadi. Shundan keyin men bu maqsadimdan qaytdim, 
og‘zimni ochmay qo‘ydim, kulfat og‘zimni ochirmadi, ko‘nglimga sig‘madi bu ish. Hammasi 
boshqacha bo‘lganda, o‘tgan yil Moskvaga borardim ko‘rgazmaga, eng katta rahbarlarimizning oldiga 
kirib, sen haqingda gapirib berardim, Qo‘chqorboev. Sen o‘zingni faqat partiya haqida o‘ylayotgandek 
qilib ko‘rsatasan, ko‘kragingga urasan. Holbuki, partiyaga senga o‘xshagan o‘zi hech ish qilmaydigan, 
boshqalarning ham qo‘lini bog‘laydigan tekintomoqlar kerakmikin? 
— Siz juda haddingizdan oshib ketdingiz!— chidolmadi Qo‘chqorboev.— Bu tuhmat! Siz, o‘rtoq 
O’rkunchiev, partiya yo‘li bilan o‘z so‘zlaringiz uchun jiddiy javob berasiz. 
— Men o‘zim ham istayman hammasiga partiya majlisida javob berishni. Agar men rostdanam 
noto‘g‘ri ish qilayotgan, nobop o‘ylayotgan bo‘lsam, mayli, meni bo‘ynimga bir urib, haydanglar. 
Partiyaga arzimas ekanman, meni sira ayab o‘tirmanglar. Lekin sen ham, Qo‘chqorboev, buni o‘ylab 
qo‘yishing kerak. 
— Mening o‘ylaydigan joyim yo‘q, o‘rtoq O’rkunchiev. Mening vijdonim toza. Men doim partiya 
bilan birgaman. 
Bo‘ston xuddi tog‘ ustiga chopib chiqqan odamdek nafasini rostladi va raykom xodimiga qarab 
turib, dedi: 
— Sizdan, o‘rtoq instruktor, o‘tinib so‘rayman, ana shular haqida raykomga ayting. Bizning 
ishimizni majlisda ko‘rishsin. Boshqa bunday yasholmayman. 
Ko‘p o‘tmay Bo‘ston O’rkunchiev o‘zining Qo‘chqorboev bilan bo‘lgan to‘qnashuvi atrofida 
g‘alati-g‘alati voqealar ro‘y berayotganiga amin bo‘ldi. O’sha kuni u o‘zining ishlari bilan ko‘l bo‘yiga 
tushgan edi. 
Issiqko‘l yonlarida bog‘lar gulga kiray deb qolgandi. Bahor o‘tib borar, u esa hamon bog‘dagi olma 
daraxtlarini dorilab ulgurmagan, Ernazarning bog‘i ham qarovsiz yotardi. Bo‘ston bilan Gulimxonning 
endi ikki bog‘lari, ikki hovlilari bor, ikkoviyam qarovga, parvarishga muhtoj edi. Hamma gap 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling