Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
— Hamma otlar egarlandimi? Hamma do‘stlar uzangiga oyoq ko‘yishga shaymi? — so‘radi Guram 
Jo‘xadze. 
Hamma tasdiqlab bosh silkidi.
— Hey, Sandro,— dedi Guram Jo‘xadze,— yaxshi o‘tin yig‘ib kelibsan, nega o‘tinlaringni 
gulxandan uzoqqa qo‘yding? 
— Tashvish qilma, Guram, bu mening ishim, gulxanga men qarab turaman. Sen aytaringni ayt. 
Shunda Guram Jo‘xadze aytdi: 
— Birodarlarim. Biz ishimizni boy berib qo‘ydik. Ikki taraf urushganda kimdir yengib chiqadi. 
Boshqasi mag‘lub bo‘ladi. Urush degani shu. Biz qon to‘kdik. Bizning qonimizni to‘kishdi. U tarafdan 
ham, bu tarafdan ham ko‘p asl o‘g‘lonlarning boshlari ketdi. Bo‘lganicha bo‘ldi. Halok bo‘lgan 
do‘stlarimdan va g‘animlarimdan uzr-ma’zur so‘rayman. Jangda o‘lgan g‘anim — g‘anim emas. 
Oyog‘im uzangida turganda ham, baribir men halok bo‘lganlardan kechirim so‘rar edim. Lekin qismat 
bizdan yuzini o‘girdi. Shuning uchun ham xalqning ko‘pchiligi bizga ishonmay qo‘ydi. Hatto bizni 
yo‘rgaklab voyaga yetkazgan jonajon yerimiz ham bizni sig‘dirmayapti. Bizga joy yo‘q bu yerda. 
Bizga afv ham yo‘q. Xudo shohid, agar men g‘alaba qilsam, dushmanlarni omon qo‘ymasdim. Bizga 
birdan-bir yo‘l qoldi. Boshimizni olib begona yurtlarga ketamiz. Ho‘v anavi katta tog‘ning orqasi — 
Turkiya, qo‘l uzatsang, yetadi. Undan sal chekkaroqda oy ko‘tarilib kelayotgan tog‘ o‘rkachining 
nariyog‘i — Eron. Kim qaerga boraman desa, o‘zi biladi. Men Turkiyaga ketaman. Istambulda 
kemalarda yukchilik qilaman. Har birimizga boshpana kerak. Biz yetti kishi qolibmiz. Ko‘p o‘tmay 
hammamiz har yoqqa, begona yurtlarga tarqalib ketamiz. Peshanada borini ko‘ramiz. Boshqa hech 
qachon ko‘rishmaymiz. Bir-birimizni oxirgi marta ko‘rib turibmiz. Oxirgi marta bir-birimizning 
so‘zlarimizni eshityapmiz. Kelinglar, bir-birlarimiz bilan xayrlashaylik, ona-Yerimiz bilan 
xayrlashaylik, gruzinning noni-tuzi bilan xayrlashaylik, vinosi bilan xayrlashaylik. Bunday vino 
boshqa hech yerda yo‘q. Vidolashgach, har kim o‘z yo‘liga ketadi. Biz o‘zimiz bilan tariqcha narsa 
olganimiz yo‘q. Vatanni olib ketib bo‘lmaydi. Faqat sog‘inch va armonlarimizni olib ketamiz. Agar 
vatanni xurjun kabi olib yurish va tashib ketish mumkin bo‘lganda, u sariq chaqaga ham arzimasdi. 
Kelinglar, yo‘limiz oldidan ichaylik, yo‘l oldidan qo‘shiqlarimizni aytaylik... 
Vino dehqoncha meshlarga solingan edi, unga yer va osmonning ta’mi qo‘shilib ketgandi. Vino 
yuraklarga sarxush dov soldi. G’am-qayg‘uni to‘kish istagini uyg‘otdi. Ko‘ngillar yana shodumonlik 
va hasrat bilan to‘ldi. Qo‘shiq o‘z-o‘zidan quyilib kelaverdi. U xuddi tog‘u toshlar bag‘rini yorib 
chiqqan va yo‘lida nima duch kelsa, shuni gullab-yashnatadigan buloqqa o‘xshardi. Ular ohista ota-
bobolarning qo‘shiqlarini boshladilar. So‘ng tog‘ yonbag‘ridan tushayotgan chashma suviday qo‘shiq 
sasi asta ko‘tarilib, borgan sari kuch oldi. Yetovlari ham qo‘shiqni boplab aytishardi. Negaki, qo‘shiq 
aytmaydigan gruzinning o‘zi yo‘q. Har kim o‘z ovozi bilan, o‘ziga yarasha kuylar, lekin ovozlari bir-
birlariga g‘oyatda qovushar, shuning uchun kuy o‘rtada yonayotgan gulxan kabi tobora avjga chiqardi. 
Yetovlonning, to‘g‘rirog‘i, oltovlon va yettinchining xayrlashuv qo‘shig‘i ana shunday boshlandi. 
Biroq yettinchi o‘z zimmasidagi topshiriqni bir zum bo‘lsin unutmasdi. Ularning hech qaysilari va 
ayniqsa, Guram Jo‘xadze o‘z jazosini olmasdan chet ellarga chiqib ketmasligi kerak edi. Chekist bunga 
aslo yo‘l qo‘yolmasdi. Shunday buyruq olgandi. U buyruqni bajarishi kerak edi. 
Ko‘shiqqa yangi qo‘shiq ulanar, vino ichilar va ichilgan sayin yana ko‘prok ichilgisi kelar, yurak 
ham shunga monand alanga olib yonar, yongan sayin yana mayga tashna bo‘lar, yana qo‘shiq toshardi. 
Ular davra yasab turishar, ba’zan qo‘llarini bir-birlarining yelkalariga tashlashar, ba’zan qamchiday 
yerga solintirishar, ba’zan esa, bilib bo‘lmas va ko‘rib bo‘lmas, lekin har narsani biluvchi va har 
nimani ko‘ruvchi ilohiy qudrat eshitsin debmi, qo‘llarini osmonga ko‘tarar edilar. Agar Yaratgan 
hammasini ko‘rib turgan va bilib turgan bo‘lsa, nega unda ularni o‘z ona-Yerlaridan kuvg‘in qilmoqda, 
bu qanday bo‘ldi axir? Nega axir bunday, nega axir odamlar bir-birlari bilan urushadilar, qon 
to‘kadilar, ko‘zyoshlarni daryo qilib oqizadilar, hammalari o‘zlarini haq, boshqalarni nohaq deb 
hisoblaydilar, qani axir haqiqat, kim haqiqatni aytadi, kim? Qani ularni adolat bilan ajrim qiluvchi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling