Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Guram Jo‘xadze nihoyat ta’qibdan qutulib, holdan toygan otini to‘xtatganda, qo‘rdan o‘zini ham 
qo‘shib xisoblaganda yetti yigitgina omon qolganligini ko‘radi. Yettinchisi o‘sha Sandro degan yigit 
edi. Hikoyaning nomi ham shunga ishora qiladi chog‘i: «Oltovlon va yettinchi». 
Sandro qanday bo‘lmasin, qo‘rning boshlig‘i Guram Jo‘xadzeni yo‘qotish haqida topshiriq olgan. 
Jo‘xadze xavfli dushman. Lekin endilikda uning yana qayta janglarga kirishi dargumon. Demak, uni 
otib tashlash ham ancha mushkul. Buning ustiga endi yolg‘iz qolgach, tuzoqqa tushgan yirtqichday 
juda o‘zini ehtiyotkor tutadi. Ko‘proq o‘z kuchiga ishonadi. U oxirigacha olishadi, oxirgi nafasigacha... 
Mana, o‘sha voqeaning oxiri... u meni hammasidan ko‘proq hayajonga soladi... 
Yigitlar qo‘riga qiron kelgach, tog‘ daralarini besh qo‘lday bilgan Guram Jo‘xadze qosh qoraya 
boshlagan pallada Turkiya chegarasidagi odam o‘tib borolmaydigan xilvat o‘rmonga qo‘nadi. 
Hammalari — oltovlon ham yettinchi ham, otlarni apil-tapil egar-jabdukdan chiqarib, charchoqning 
zo‘ridan o‘zlarini ham tappa-tappa yerga tashlaydi-ar. Besh kishi shu zahoti o‘likday dong qotib uxlab 
qoladi. Ikki kishining esa ko‘zlariga uyqu kelmaydi. Chekist Sandroning tashvishi o‘ziga yetib ortadi. 
Endi nima qilsamikin, bularning ishini qanday bajarsamikin, qanday qasos olsamikin, deb boshi 
qotgandan qotadi. Askarlaridan ayrilgan Guram Jo‘xadzening ham ko‘zidan uyqu qochgan — mana, 
boridan bir yo‘la mosuvo bo‘lib o‘tiribdi. Ertaga kuni ne kechadi, Xudo biladi. Inqilob qoq ikki 
tomonga ajratib tashlagan bu ikki azamat — ikki qattol, murosasiz dushman yana nimalarni o‘ylardilar, 
yolg‘iz yaratganga ayon. 
To‘lin oy ularning boshlarining o‘ng tomonida nur yog‘diradi. Tungi o‘rmon og‘ir, bosinqi 
xo‘rsinadi. Pastda toshlardan toshlarga urilib daryo shag‘illaydi. Atrof-tog‘lar tosh sukutga ketgan. Shu 
payt xuddi bir narsadan bezovta bo‘lganday Guram Jo‘xadze dast sakrab o‘rnidan turadi. 
— Sen uxlamayapsanmi, Sandro? — hayron bo‘lib so‘radi u yettinchidan. 
— Yo‘q. Nega turib ketding? — o‘z navbatida so‘raydi Sandro. 
— O’zim shunday. Uyqum qochdi. Bu yerda hech yotolmayapman. Ko‘zimga oy tushyapti. G’orga 
borib yotaman.— Jo‘xadze burkasi, qurol-yarog‘i, boshiga qo‘yib yotish uchun egar-jabduqni oldi. 
Keta turib dedi: — Qolganini ertaga gaplashamiz. Boshqa gaplashadigan vaqt ham qolmadi. 
Ketdi. Mag‘oraning naq og‘ziga borib joylashdi. Ot boqib yurgan kezlari bu yerda yomg‘ir-qordan 
qochib ko‘p berkingan. Mana, endi ham boshini shu panaga oldi. Balki adoqsiz kulfati, dardi-alamini 
yolg‘iz o‘zi chekmakchidir, yoxud, nimadandir xavfsiragandir, yonimga hech kimsa yo‘lay olmasin, 
kimda-kim bu tomonga yaqinlashsa, darrov ko‘zimga tashlansin, degandir. Sandro etagi kuyganday 
tipirchilab qoldi. Qo‘r boshlig‘i bu qilig‘i bilan nima demoqchi, aslida-ku, uning qilayotgan ishi 
to‘g‘riku-ya? Ishqilib, sezib qolmadimikin? 
O’sha kecha shunday o‘tdi. Ertalab Guram Jo‘xadze otlarni egarlashni buyurdi. Hech kim uning 
nima o‘yda ekanligi, nima qilmoqchiligini bilmasdi. Otlar egarlanib, hamma jilovni tutgancha indamay 
qarab turarkan, u xo‘rsinib dedi: 
— Yo‘k, tug‘ilgan yerimizdan bunday qilib ketish yaramaydi. Bugun bizni o‘stirib katta qilgan 
ona-Yerimiz bilan xayrlashamiz. Keyin har qaysimiz o‘z yo‘limizga ravona bo‘lamiz. Lekin hozircha 
o‘z uyimizda turganday ko‘ngil ochaylik. 
U ikki otliq yigitni yaqin atrofdagi qishloqqa vino va yegulik olib kelish uchun jo‘natdi. Qishloqda 
uning sodiq odamlari bor edi. Sandro bilan yana bir yigitni quruq o‘tin yig‘ish va otlarni qo‘riqlash 
uchun qoldirdi. O’zi ikki yigitni olib ov qilgani ketdi. Kechki xayrlashuv ziyofatiga biron kiyikmi, tog‘ 
echkisimi otib kelmoqchi edi. 
Sandroning bo‘ysunishdan, topshiriqni bajarish uchun boshqa qulay payt poylashdan o‘zga iloji 
qolmadi. Lekin, qachon keladi o‘sha qulay vaziyat, noma’lum. 
Shom tushganda oltovlon va yettinchi bir joyga to‘plandilar. O’rmonning chekka yoqasida o‘t 
yoqdilar, yerga qalin dasturxon to‘shab, unga qishloqdan Guram Jo‘xadzening sodiq odamlari berib 
yuborgan non, tuz, vino va boshqa taomlarni qo‘ydilar. Gulxan alangasi osmonga o‘rladi. Yetovlon 
o‘tga yaqinroq keldilar. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling