Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
jazo va marhamat — insonni sevish aralash bo‘lib ketdi. Lekin keyin borib, hammasi buzib talqin 
qilindi va ma’lum kuchlarning ma’lum manfaatlariga bo‘ysundirildi. Ha, barcha umumbashariy porloq 
g‘oyalarning taqdiri doim mana shunday bo‘lgan. Mana, endi o‘zing o‘ylab ko‘r. Katta g‘oya tufayli 
dorga tortilgan, xoch azobini boshidan kechirgan, boshini jodiga qo‘ygan Xudo-Majzub qudratliroq, 
maftunkorroq va yaqinroqmi yoki zamonaviy fikrlaydigan mukammal oliy hilqat, mubham ideal 
afzalroqmi? 
— Men bu haqda o‘ylaganman, Viktor Nikiforovich. Siz haqsiz. Lekin men o‘tmishni qayta 
ko‘radigan vaqt yetdi, degan fikrimdan voz kechmayman. Bizning Xudo haqidagi tasavvurlarimiz 
qanchalar mutlaq va o‘zgarmas bo‘lmasin, ular endilikda dunyo haqidagi yangicha bilimlarga sira mos 
kelmay, eskirib qoldi. Bu ayon haqiqat. Bu haqda tortishib o‘tirmaymiz. Balki men mubham fikrga 
asoslanayotgan, qidirilmaydigan narsani qidirishga urinayotgandirman. Nima ham derdik! Mayli 
mening fikrlarim mutlaq diniy ga’limotga to‘g‘ri kelmasin. Lskin men nima qilay axir. Kimda-kim 
meni bu fikrimdan qaytarolsa, o‘zimni baxtli sanardim. 
Gorodetskiy tushunarli deganday qo‘llarini yozdi: 
Seni tushunib turibman, ota Avdiy. Lekin bari bir, seni ogohlantirib qo‘yishim kerak. Xudo 
izlash cherkov kishilarining tasavvurida cherkovga qarshi eng ko‘rqinchli jinoyat bilan barobar. Ular 
nazarida bu dunyoni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborish bilan teng. 
— Buni bilaman,— dedi xotirjam Avdiy. 
— Lekin Xudo izlashni cherkovdan tashqaridagilar ham qaytaga badtarroq yoqtirmaydilar. Sen 
buni o‘ylab ko‘rganmisii? 
— G’alati fikr-a,— hayratlandi Avdiy. 
— Bosh omon bo‘lsa, ko‘raverasan hali... 
— Lekin nega unday? Shu yerga kelganda ularning fikrlari bir joydan chiqadimi? 
— Gap bir joydan chiqishida emas. Umuman, buning hech kimga keragi yo‘q... 
— Qiziq, eng kerak narsaning keragi bo‘lmasa... 
— Qaydam. Senga juda qiyin bo‘ladi, ota Avdiy. Senga havas qilmayman. Lekin seni yo‘lingdan 
to‘xtatmayman ham,— xulosa qildi Gorodetskiy. 
U haq edi. Hamma gaplari haq. Ko‘p o‘tmay Avdiy Kallistratov bunga to‘la ishondi. 
Seminariyadan haydalish arafasida shunday voqea bo‘lib o‘tdi. O’sha kuni ularning shaharchasiga 
mo‘‘tabar zot — patriarxiyaning o‘quv yurtlari bo‘yicha Koordinatori ota Dimitriy tashrif buyurdi. Uni 
rektorat vokzalda e’zoz-ikrom bilan qarshi oldi. Seminariyalarda uni ota Koordinator deb atashardi. 
Ko‘rinishidan ko‘rkam, salobatli, oqil va dono (bu vazifada shunday bo‘lishi ham kerak), o‘rta 
yoshlardagi ota Koordinator ro‘y bergan favqulodda hodisa munosabati bilan kelgan, buning 
sababchisi a’lochi seminaristlardan biri Avdiy Kallistratov bo‘lib, u muqaddas bitikni ochiqdan-ochiq 
taftish qilish va bid’at yo‘liga kirgan, Xudo-Zamondosh degan shubhali fikrni ko‘tarib chiqqan edi. 
Oqil va orif ota Koordinator o‘z obro‘-e’tibori, e’timodli so‘zi bilan adashgan sabiyni hidoyat yo‘liga 
qaytarish, bu ishni shovqin-suron ko‘tarmay imi-jimida amalga oshirish niyatida edi. Muhimi, dindan 
qaytganning ovozi ko‘chaga chiqmasligi kerak. Shu ma’noda cherkov o‘z sha’ni, obro‘-e’tiborini- 
hamma narsadan yuqori qo‘yadigan boshqa dunyoviy idoralardan farq qilmaydi. Avdiy 
Kallistratovning o‘rnida boshqa pishiqroq, tajribaliroq odam bo‘lganda, ota Koordinatorning niyatini 
to‘g‘ri payqar va shunga yarasha ish qilardi. Lekin Avdiy ko‘zga ko‘ringan cherkov namoyandasini 
haqiqatan ham tushunib yetmadi. Shu bilan ruhoniy otani ham mo‘ljalidan adashtirib yubordi. 
Avdiy ota Koordinatorning huzuriga kun o‘rtasida chaqirildi va uning qoshida ozmas-ko‘pmas, uch 
soat o‘tirdi. Bosh korpusning zallaridan biriga akademik cherkovning mehrobi o‘rnatilgan edi. Ota 
Koordinator oldin ana shu yerda birga ibodat qilishlikni taklif etdi. 
— Chirog‘im, fahmlab turgandirsan, sen bilan jiddiy gapimiz bor. Lekin bot shoshmagaymiz. 
Avvalo, meni tangri taoloning muqaddas mehrobiga boshla,— dedi u Avdiyga kosasidan bo‘rtib 
chiqqan qizargan ko‘zlarini qadab,— avvalo birgaliqda ibodat qilib olaylik, so‘ng ko‘rgaymiz. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling