Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
u yoq-bu yoqdan laqillab gaplashish uchun tamburga chiqishadi. Avdiy hali chekishni qoyillata 
olmaydi, bunga hammadan burun Petruxa e’tibor berdi: 
— Nima, Avdiy, ilgari hech chekmaganmisan? Qiz boladay ichingga tortishga qo‘rqasan? 
Avdiyning yolg‘on gapirishdan boshqa iloji qolmadi: 
— Ilgari chekardim, keyin tashlaganman... 
— Ko‘rinib turibdi. Men kichkinaligimdan o‘rganganman. Vizning Lyonkamiz bo‘lsa xuddi 
bangining o‘zi. Tutatgani-tutatgan. Chol bobolarday toza burqsitadi. Onda-sonda otib ham qo‘yadi. 
To‘g‘ri hozir hech mumkin emas. Lekin keyin hissasini chiqaramiz. 
— Hali yosh bola-ku! 
— Kim yosh, Lyonkami? Kichkina demang bizni, ko‘tarib uramiz sizni. Sen o‘zing endi boryapsan 
bunday katta ishga. Hashar deb o‘ylama buni. Lyonka bo‘lsa, balo, hammasini biladi. 
— O’ziyam o‘t-po‘t tutatadimi yo faqat borib-kelib turadimi? — kiziqib so‘radi Avdiy. 
— Lyonkami? Chekmay bo‘ladimi? Hozir chekmagan odam yo‘q. Lekin chekishini xam bilish 
kerak,— donolik qila boshladi Petruxa. Birovlar og‘zidan ko‘pigi kelguncha chekadi. Bunaqalar ishga 
yaramaydi, Palag‘da. Tayyor oshni buzadi. O’t deganimiz qanaqa — odamni xursand qiladi, kayfing 
chog‘ bo‘ladi, o‘zingni jannatga kirganday sezasan, yayraysan. 
— Nimasi kayfingii chog‘ qilarkin? 
— Nimasi bo‘lardi? Shu ketyapsan. Oldingdan bir kichkina jilg‘a chiqdi. O’taman desang, bir 
sakrab o‘tasan-ketasan. Sening nazaringda bo‘lsa, u katta daryo, okean, bahri-diling ham ochiladi-da. 
Ana shu-da senga kayf. O’zi bo‘lmaydi bu kayfning. Qaerdan topasan o‘sha kayfni? Non sotib olasan, 
kiyim-kechak sotib olasan, oyog‘ingga olasan, boshingga olasan. Aroqni ham hamma o‘z puliga olib 
ichadi. O’t bo‘lsa, juda qimmat, lekin rohatijon-da: shirin bo‘lib pinakka ketasan. Xuddi kino 
ko‘rayotganday bo‘lasan. Farqi shuki, kinoni yuzlab, minglab odamlar ko‘radi. Sen esang, o‘zing xon 
— qo‘lankang maydon. Birovning sen bilan ishi yo‘q. Tumshug‘ini suqadigan bo‘lsa boplab 
basharasiga tushirasan. Jo‘na. Nima ishing bor, itvachcha. Qanday xohlasam, shunday yashayman. 
Aralashma. Ana, gapning po‘stkallasi shu! — U jim bo‘lib qoldi. Keyin jinchiroqdek miltillagan 
ko‘zlarini qisib, yuzsizlik bilan dedi: — Menga qara, Avdiy, balki totib ko‘rarsan, a? Bir kayf 
qilmaysanmi? Jindekkinasini bekitib qo‘yganman... 
— Oldin o‘zim topay,— bosh tortdi uning taklifidan Avdiy,— keyin totib qo‘rarman. 
— Rost aytasan,— qo‘shildi unga Petruxa,— o‘zingniki beminnat.— Yana jim bo‘ldi. So‘ng yana 
jag‘i ochildi: — Bu ishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Atrofdagi hamma bizga yomon ko‘z bilan 
qaraydi. Kampirsholardan tortib ko‘kragiga taqir-tuqirlarni osib olgan veteranlargacha, har bir 
pensioner, boshqalarni aytmay qo‘ya qolay, hammasi bizga dushman, bizni ko‘rolmaydi. Ularga qolsa, 
darrov bizni sud qilsa-yu, it bormas joylarga badarg‘a qilib yuborsa. Shuning uchun bo‘ynimizni qisib, 
ko‘zga tashlanmay, g‘arib-bechora bo‘lib yuramiz. Lekin haqimizni olaylik-chi! Ana unda ko‘ring 
bizni! Cho‘ntakda puling jaraqlab turgandan keyin ularning qosh-qovog‘iga qarab o‘tirasanmi!.. Lekin 
sira esingdan chiqarma, Avdyas. Bir gap bo‘lsa, miq etib og‘zingni ochma! Bu qonun. Gullab 
qo‘ysang, tamom. Joningdan umidingni uz. Itday bo‘g‘izlab ketishadi. Hatto qamoqda yotgan bo‘lsang 
ham, qo‘llari yetadi. Hazillashib bo‘lmaydi bular bilan... 
Gap uzoq cho‘zildi. Ma’lum bo‘lishicha, Petruxa allaqaylarda, bir qancha qurilishlarda ishlab 
ko‘ribdi. Yoz kelishi bilan Mo‘yinqum atroflaridagi cho‘llarga jo‘narkan. Bu yerlarda nashapoyalarni 
yax-shi bilarkan. Ayniqsa, soylar va jarliklarda changalzor bo‘lib yotadi. Ana, hosil! Istaganingcha 
yig‘ib ol. Butun dunyoga desang ham yetib ortadi. Uyda yolg‘iz qari onasi bor ekan. Icharkan. Akalari 
qutb tomonlarga, gazoprovod qurilishiga ketishgan ekan. Pulni katta-katta ishlasharkan. Lekin 
qishining sovug‘iga chidab bo‘lmas ekan. Yozda esa chivin mo‘r-malaxdek odamga yopirilarkan. U 
bo‘lsa har yili bir marta ko‘zi qisiq Osiyoda o‘ynab kelarkan. Keyin to yanagi yilgacha yallo qilib 
yuradi. Xohlasa tukuradi, xohlasa ko‘piradi. Sherigi Lyonkaning oilasi bundan ham ishkalroq. U na 
onasini ko‘rgan va na otasini. Bolalar uyida o‘sgan. Murmanskda uzoq safarlarga chiqadigan kema 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling