Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
to‘g‘ridir. Manavi choparlarning ko‘zlari menga uchib turmagandir, ularning ishiga, xulqi-atvoriga 
aralashish zarurmi? Qo‘lingdan nima ham kelardi? Nima qilib berishing mumkin ularga? Kirgan 
yo‘llaridan qaytara olasanmi? Boshqacha yashashga ko‘ndira bilasanmi? Sen qiynalib, ich-etingni 
yeyapsan bu yog‘i nima bo‘ladi deb. Ular esa o‘z oldilariga bitta maqsad qo‘yganlar va bu 
maqsadlaridan aslo qaytmaydilar, omadim kelsa-yu, boyisam deydilar, baxtlarini shunda ko‘radilar. 
Qani, ularni qayta ishontirib ko‘r-chi, ular haqiqatga tik qaray olarmikinlar? Agar aralashmasang, 
yordam bermasang, ular ertami-kechmi qamoqqa tushadilar, koloniyalarni to‘ldiradilar va bunga ayb 
deb emas, kulfat deb qaraydilar. Qani endi, ularni shu rasvoliklardan qaytara olsang, qani endi, 
pushmon bo‘lib, tavba qilib, dillari tozalansa, jinoyatdan yuz o‘girib, chinakam baxt-saodat nimada 
ekanligini anglasalar. Qanday go‘zal bo‘lardi-ya! Lekin ularning baxtlari nimada? Biz qadrlagan 
narsalardami? Ammo qadriyatlarimizning asl bahosini tushirib yuborganmiz, g‘oyatda dag‘allashtirib 
tashlaganmiz. Balki kulgiga qolgan chol-kampirlarning Xudosidamikin ularning baxtlari, lekin bu axir 
cho‘pchak-ku? Umuman olganda, dasta-dasta pul topish imkoni turganda, so‘z nima qilib berardi? 
Hozir kimni qarama — shuning tilida bir gap — quruq rahmatga mushuk oftobga chiqmaydi. Pul o‘z 
oti bilan pul-da! Choparlarning cho‘ntaklariga kirayotgan o‘sha pullar faqat o‘zimizniki emasdir, chet 
pullar ham bordir ularning ichida,— qarang, qancha talabgorlar kelishyapti — Murmansk, Odessa, 
Boltiqbo‘yi, hattoki Uzoq Sharq port shaharlaridan? Qaerga ketyapti shuncha nasha? Uning saqichi, 
mumidan ishlangan boshqa narsalar-chi? Gap qaerga ketayotganligining o‘zidagina emasdir-ku? Nega 
bunday bo‘lyapti, nega bizning hayotimizda, bizning ijtimoiy sistemamizga illatlar yot deb, butun 
dunyoga jar solgan bizning jamiyatimizda bunday bo‘lishi kerak? Qaniydi, shunday bir narsa 
yozsangki, unga hamma o‘z jonajon ishiday munosabat bildirsa, unga o‘z uyida bo‘layotgan 
yong‘inday, farzandlarining boshiga tushgan ofatday qarasa, ana o‘shanda aytilgan so‘z barcha xolis 
niyatli kishilarning qo‘llab-quvvatlashi bilan puldan ustun chiqadi va yomonlikni yengadi! Ilohim, 
shunday bo‘lsin, yozilgan so‘z bekor ketmasin, chindan ham, «avvalda so‘z bo‘lgan» ekan, u o‘z azal-
abad qudratini ko‘rsatsin... Shunday yashasangki, shunday o‘ylasangki... 
Lekin yo rab, sendan so‘rayman: jaraq-jaraq pullar turganda, sening kaloming nedir? Yashirin 
illatlar oldida sening hukming nedir? So‘z bilan yovuzlik moddiyunini qanday yengi olish mumkin? 
Menga O’zing kuch-quvvat ato qil, boshlagan yo‘limda va ishimda meni tark etma, men yolg‘iz 
o‘zimman, hozircha hech kimim yo‘q, pulga mukkasidan ketganlarning esa adadi yo‘q, son-
sanoqsiz...» 
* * * 
Moskva — Olmaota poezdi Saratov yerlarini orqada qoldirib, ikki kundan beri Qozog‘iston 
cho‘llaridan borardi. Avdiy Kallistratov Turon tomonlarni birinchi ko‘rishi. U bir paytlar Rossiya 
tomonidan egallab olingan jug‘rofiy makonlarning, o‘lkaning bu qadar kengligi va miqyoslaridan 
hayratga tushar — chindan ham ko‘z o‘ngida bosh-keti yo‘q, behudud yerlar yastanib yotar, agar Sibir 
bilan qo‘shib hisoblasak, deb xomcho‘t qilardi u, yer yuzidagi quruqlikning deyarlik yarmi... Yana bu 
yerlarda odam turadigan qo‘nalg‘alar onda-sondagina uchraydi... Shaharlar, qishloq va ovullar, 
bekatlar, unda-munda ko‘zga chalinib qoladigan molxonalar, cho‘pon-cho‘liqlarning pastak qo‘ralari 
hammasi temir yo‘lga qarab yopishib kelar, ular bepoyon cho‘l suvratini chizish uchun tayyorlab 
qo‘yilgan, lekin ilk bo‘yoqlarigina chaplangan matoga o‘xshar, biroq suvrat keyinchalik ishlanmay, 
faqat bir tusdagi bo‘z ranglari bilan chala qolib ketganday edi... Bu tomonda keta-ketguncha yaydoq 
cho‘l, hozir bu yerda jamiki o‘t-o‘lan gullab-yashnagan fasl, cho‘l bir necha kun mana shunday 
jannatmisol gurkirab yotadi, so‘ng tag‘in oftobning berahm issig‘iga dosh berolmay sarg‘ayib so‘ladi 
va kelasi bahorni kutadi... 
Vagonlarning ochiq oynalaridan gulga kirgan cho‘l chechaklarining muattar bo‘ylari yopiriladi. 
Ayniqsa, poezd to‘rt tomoni ochiq allaqanday kichkina bekatlarda to‘xtaganda, odamning dim 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling