Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Avdiy Kallistratov bu odamlarni yomon yo‘ldan qaytarsam, ko‘zlarini ochsam, ular o‘zlariga 
boshqacha, ochiq bir nazar bilan qarab ko‘rsalar, hayotlarini zaharlab turgan qo‘rqinchdan va shu 
qo‘rqinchning ta’qibidan xalos etsam, deb orzu qiladi. Olgan bilimlari, juda boy bo‘lmasa-da, lekin 
yetarlicha orttirgan turmush tajribalari zaminida u olijanob, ezgu niyatlarini amalga oshirish yo‘llarini 
izlardi. Hozir u seminariyadan ketgani, rasmiy cherkovdan chiqarilganiga qaramasdan dilida 
targ‘ibotchi hamda va’zxon bo‘lib qolganligini, inchunin, hayot yo‘lida qilishi mumkin bo‘lgan birdan-
bir ulug‘ ish — odamlarga haqiqat va yaxshilik so‘zini o‘zi bilgan, anglagan darajada yetkazish deb 
tushunardi. Buning uchun alohida fatvo olish shart emas, buning uchun o‘zing sig‘ingan narsaga 
sadoqatli bo‘lishing kifoya. Lekin, bularning bari hali yaxshi niyat, xolos. Yurak va aql amri bilan u 
nima qilishi zarurligini hali to‘la tasavvur eta olmasdi. Ko‘ngilda shirin hayollarga berilish, shu 
hayollarda tubanlarni tubanlikdan xalos etish boshqa va shu bilan birga, sening pand-nasihatingga, 
maslahatingga aslo muhtoj bo‘lmagan tirik odamlar o‘rtasida yaxshilik qilish — butunlay boshqa. Ular 
misol uchun xuddi o‘zlariga o‘xshagan, dunyoning bir chekkasiga nasha yig‘ish va pul ishlash uchun 
ketayotgan allaqanday bir Avdiyning va’z-karsoniga zormikinlar. Ularning taqdirlarini nurli tomonga 
burish ishtiyoqida yongan Avdiy Kallistratov bilan ularning necha pullik ishlari bor deysiz. Avdiy 
Kallistratov Xudo kalima ichida yashaydi va kalima ilohiy qudrat kasb etmog‘i uchun u chin va pok 
haqiqatdan tug‘ilmog‘i kerak, degan bo‘lsa ularga nima. Avdiy esa bunga xuddi borliqning qonuniday 
ishonadi. Lekin u hali bir narsani bilmaydi: yaxshilik yomonlik yo‘liga kirganlarga yordam bermoqchi 
bo‘lganda ham, yomonlik baribir yaxshilikka qarshi turaveradi... Ammo bu ko‘rgiliklar hali 
oldinroqda... 
VI 
To‘rtinchi kun tong azonda qorli tog‘larning bukir tizmalari ko‘zga chalindi. Poezd ular ketayotgan 
Chu va Mo‘yinqum cho‘llariga yaqinlashardi. Tep-tekis kengliklardan so‘ng keladigan qorli tog‘lar 
tarxi cho‘lmakonlarda o‘ziga yarasha bir belgi bo‘lib qolgandi. Cho‘llar bag‘riga kirib ketavergan sari 
tog‘lar ko‘zdan uzayib so‘ng yo‘qolardi. Lekin mana, yerning huv chetidan quyosh boshini ko‘tardi va 
olamni osuda nurlari bilan to‘ldirdi. Taqdirlari bir-birlariga sira o‘xshamagan turli-tuman yo‘lovchilar 
tushgan poezd tog‘larga yetmay turnaqator tizilgan vagonlari quyoshning ilk shu’lalarida yaraq-yuruq 
qilgancha, tongning arg‘uvon ko‘ylagi yoyilgan biyobonlarga burildi — u yoqlardan endi tog‘lar 
ko‘zga tashlanmaydi... 
Nashavand choparlar Jalpoq-Soz bekatida tushishlari kerak edi. Undan uyog‘iga har kim o‘zicha, 
o‘z bilganicha tavakkal harakat qiladi. 
Ammo to‘da o‘sha-o‘sha — bitta, niyat ham o‘sha-o‘sha — bitta. Lekin bularning hammasini kim 
boshqaradi, kim o‘sha O’zi — doim ularni ko‘z yummay kuzatib turgan — Avdiy Kallistratov ana 
shuni bilishni istardi. Lekin ayrim uzuq-yuluq, ivir-shivir so‘zlardan bo‘lak hech narsa unga ma’lum 
emasdi. 
Uch soatdan so‘ng Jalpoq-Soz bekati keladi. Choparlar yig‘ishtirinib g‘imirlab qolishdi. Kechasi 
o‘lguday ichishgan edi. Petruxa oxirgi topshiriqlarni olish uchun O’zining huzuriga borishdan avval 
hojatda uzoq yuvindi. Yo‘lovchilar toza diqqat bo‘lishdi. Choparlar o‘tgan kecha shampandan 
boshlashdi. Shampanni xuddi limonad ichganday ermakka stakanlab ichisharkan. Keyin arokqa 
o‘tishdi. Shuning asorati ertalab ancha bilindi. Tirmizak Lyonka-ku, qiyshanglab, rosmana chuldirab 
qoldi. Avdiy ertalab uni bazo‘r oyoqqa turg‘izdi. Jalpoq-Sozga yetdik degandan keyingina Lyonka 
zo‘rg‘a ko‘zini ochib, taxtaga oyog‘ini osiltirib o‘tirdi. Sochlari to‘zg‘ib ketgan boshi ingichka, qiltiriq 
bo‘ynida arang osilib turardi. Shu zumrasha g‘ayriqonuniy yo‘l bilan ancha-muncha pul topadi. Hayoti 
halitdanoq butunlay barbod bo‘lgan desa, albatta, bunga hech kim ishonmasdi. 
Poezd poyonsiz tekisliklardan ravon ketib borardi. Qaerdadir, qaysidir vagonda uning O’zi 
ketyapti. Boshi chirillab aylangan, karaxt Petruxa bosh og‘rig‘ini bosish uchun bir stakan qorayib 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling