Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
vagondan sakrab pastga tushgisi, o‘zi ko‘rimsiz, lekin hidlari yovshanday o‘tkir, kurg‘oq yerda 
o‘sganiga qaramay eti suvlik maysa-o‘lanlar ustida erkin-erkin chopib yurgisi keladi. Qiziq-ku, deb 
o‘ylaydi Avdiy, nahotki, o‘sha yaramas nasha ham mana shunday bemalol o‘sib yotsa va hidlari 
hammayoqqa gurkirab tarqalsa? Odamlarning dimoqlarini qitiqlasa? Choparlarning og‘izlaridan 
gullashlariga qaraganda, nashaning hidi hammasidan ham o‘tkir va kuchli bo‘lsa kerak. Hammasidan 
ham, deyishadi chopar bolalar — nasha baland bo‘lib, shoxlari har yoqqa tarvaqaylab o‘sadi. 
Nashazorlarda uning balandligi odamning beliga uradi. Yovvoyi nasha to‘g‘ri kelgan joyda o‘sib 
yotavermaydi. Nasha keng tarqalgan alohida nashapoya maydonlar bor. Shunisiga ham shukr. Uni 
topish uchun shuncha ovoragarchilik bo‘lmasa, hammasi oppa-oson ko‘chsa, unda nimalar ro‘y 
berishini tasavvur qilish mumkin... Mana, talabgor xumor choparlar uzoq port shaharlardan dunyoning 
u chekkasidan bu chekkasiga nasha savdosi tutib borishyapti... Hali yo‘l uzoq, yana qancha yo‘l bosish 
kerak — Xudo biladi, yana oxiri nima bo‘ladi, bu ishlardan nima chiqadi. 
Ayrim vaqtlar Avdiy Kallistratov nimaga ketayotganligini ham unutib, bu el-yurtlarda ilgari 
zamonlarda yashagan xalqlarni tasavvurida jonlantirishga urinar, o‘qigan kitoblarini, o‘quvchilik 
yillarida ko‘rgan kinolarini eslar, adam dashtida g‘oyib bo‘lgan o‘sha hayotning izlari va qoldiqlarini 
ko‘rganda, birdan xursand bo‘lib ketardi. 
Xuddi tashlab ketilgan qo‘nalg‘alarday cho‘llarda yakkam-dukkam qaqqayib turgan qo‘ng‘ir 
tuyalar, ko‘hna maqbaralar, mozoratlar, uch-to‘rttagina hujradan iborat ko‘rimsiz ovullar, ko‘z bazo‘r 
ilg‘aydigan yolg‘iz chodir, yurtalar, dunyoda bor-yo‘qligini hech kim bilmaydigan, xarob, noma’lum 
kapalarda yashaydigan kishilarning xolini o‘ylab yuragi uvishib ketar, vahm bosardi... Ko‘z o‘ngidan 
xuddi qadim-qadim zamonlardagiday ko‘hna egar-jabduq urilgan otlarga mingan, boshlariga tepasi 
cho‘qqi quloh kiygan otliqlar o‘tib qolardilar dam yakka-yakka, dam to‘da-to‘da bo‘lib... Qanday 
yashashgan ekan odamlar bu yerlarda, yuraklari siqilib o‘lib qolmasmikinlar, suvsizlikdan qirilib 
ketmasmikinlar bu bepoyon dasht-biyobonlarda? Kechasi-chi, kechasi nima bo‘ladi? Falak tunda 
kimsasiz sahrolarga enib tushadi, o‘sha chog‘larda odam o‘zini qanday sezarkin? Cheksiz samo 
ro‘baro‘sida odam o‘zini benihoya yolg‘iz va g‘arib his qilsa ne ajab? Shuning uchun o‘qtin-o‘qtin 
o‘tib qoladigan poezdlar ularga dalda bersa kerak. Poezdlarning shovqinlari katta shaharlardagina 
odamlarning quloqlariga yoqmaydi, zeriktirib yuboradi. Ehtimol, bari butunlay aksinchadir. Azim 
cho‘llarning tunlari ko‘ngillarda ulug‘vor bayotlarni uyg‘otar, she’riyat axir, olam poyonsizligi uzra 
inson ruhining hur parvozi emasmi?.. 
Lekin, bunday hayollar uni uzoq mashg‘ul qilmas, yana chopar bolalar bilan borayotgani, qonun 
yuzasidan qaraganda, jinoyatkor kimsalar qatoriga qo‘shilgani esiga tushar, gazeta uchun ijtimoiy-
ma’naviy reportaj yozaman deb, to vaqti-soati kelguncha shu hayotga, qolaversa, nashavanddarning 
badkirdorliklariga chidashdan o‘zga iloji yo‘q edi. Shunda nazarida ko‘kragi beixtiyor muzlab 
ketganday bo‘lar, qorniga allaqanday og‘riq kirar, go‘yo o‘zi ham choparlarning biriga aylanib 
qolganday, jinoyat yo‘liga kirganday eti seskanib, vahimaga tushardi. Shunda u yuragining tubida og‘ir 
maxfiy yuk bilan yuradiganlarning holiga tushunganday bo‘lardi. Jahon qanchalik ulug‘ ko‘rinmasin, 
yangi taassurotlar nechog‘lik quvonchli tuyulmasin, agarda onging va xotirangda no‘xotdan ham 
kichik og‘riq nuqta bo‘larkan, bularning hammasi na tatiydi, na aqling, yuragingga halovat beradi. 
O’sha og‘riq nuqta yashirincha, bilintirmasdan odamning kayfiyatini ham, atrofdagilarga munosabatini 
ham belgilaydi. Avdiy Kallistratov nashapoya cho‘llarga birga borayotgan choparlarga razm solib 
qaraydi, ularni gapga solmoqchi, ochiqchasiga so‘zlashishga tortmoqchi bo‘ladi. Shunda hayoliga bir 
fikr keladi: garchi chopar hamrohlarim tashqaridan qaraganda, o‘zlariga juda ishonganday ko‘rinsalar-
da, lekin ularning har biri qilayotgan ishidan xavfsirarvdi, bir kunmas bir kun baribir jazoga 
tortilishidan o‘lguday qo‘rqadi. Ha, shu qo‘rqinch ularga doim ergashib yuradi. Shularni o‘ylab 
Avdiyning ularga yuragi achiydi. Ularning quruqliklari, betamizliklari, befayz virdi-zabonlari, 
qartavozliklari, aroqxo‘rliklari, chapaniliklari, yo ostidan yo ustidan deb turishlarini boshqa hech narsa 
bilan izohlab bo‘lmaydi. Binobarin, bundan boshqacha yashashni ular tasavvur ham qilolmaydilar. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling