Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Nihoyat, ko‘ngli aynishi to‘xtadi. U kiyimlarini axtarib topish uchun o‘rnidan turganda, oldiga 
Petruxa bilan Lyonka chopib kelishdi, Bo‘rilar haqidagi hikoya ularga qattiq ta’sir qildi. Ayniqsa, 
Lyonka ko‘rqib ketdi. 
— O’zingni tut, hey! Muncha qaltiraysan? — deb qichqirdi unga Petruxa.— Odamlar oltin 
qidirganlarida nimalar bo‘lmagan, bilasanmi, lekin orqalariga qaytishmagan... Sen bo‘lsang, qandaydir 
bo‘rilardan qo‘rqib o‘tiribsan. Ular allaqachon qochib ketgan... 
— Oltinning yo‘li boshqa-da,— dedi Lyonka bir oz jimlikdan so‘ng. 
— Nima farqi bor? — o‘dag‘ayladi Petruxa. Avdiy fursatdan foydalandi. 
— Farqi bor, Pyotr,— dedi u zaif ovoz bilan.— Katta farqi bor. Oltin ham ko‘p yomonlik keltiradi. 
Lekin u taqiqlanmagan. Nasha bo‘lsa, hamma uchun og‘u. Boshimdan o‘tkazdim. O’lib qolay dedim. 
Butun cho‘lga qusib chiqdim... 
— Bas qil, shu gaplaringni! O’rganmagansan. Ozroq zaharlangansan. Shunga shunchami? — 
qo‘lini norozi bo‘lib silkidi Petruxa.— Nima, seni birov majbur qilib olib keldimi bu yerga? Nuqul 
Xudo deysan. U yaxshi, bu yomon deb nax urasan. Nega bizga pishang beryapsan? Nega suvni 
loyqatyapsan? Pul desa, o‘zingni tomdan tashlaysan. Shundan shunga pul deb kelgansan. Tag‘inam 
bo‘ri qorningni yorib tashlamabdi! 
Loyqatmoqchi emas, tozalamoqchiman suvni,— Avdiyning nazarida yanada ochiqroq gapirish 
pallasi kelganday edi.— O’zing aqlli bolasan, Petr. Jinoyat yo‘liga kirganingni bilmaysanmi, aqling 
yetmaydimi... 
— Ha, shu yo‘lga kirganman! Sen-chi, sen qaysi yo‘lga kirgansan?! 
— Men qutqarishni istayman! 
— Kutqarish deydi! — jahl bilan qichqirdi Petruxa.— Senmi hali bizni qutqaradigan? Qanday 
kutqarasan, qani, aytib ber-chi! 
— Oldin — Xudoga tavba qilamiz. Kechirishini so‘raymiz. Keyin odamlarga... 
Avdiy ularning kulmaganlariga ajablandi. Faqat Petruxa og‘ziga bemaza narsa tekkanday 
chirtillatib tupurdi. 
— Tavba emish! Gapini qarang! — to‘ng‘illadi u.— E, sen tavba qil. Biz pul ishlaymiz. Bizga pul 
kerak, bildingmi. Gap tamom. Sen tavbangni qilaver! Avdiy, agar hazillashayotgan bo‘lsang, sal 
ko‘zingga qarab hazillash! Bizni yo‘ldan urayotganingni O’zi eshitsa, chiqqan joyingga kirgazib 
yuboradi, bilib qo‘y! Senga jo‘ram deb aytyapman. Bizni ham alag‘da qilma. Puldan boshqasiga 
qiziqmaymiz. Lyonka, o‘zing ayt. Senga pul kerakmi, Xudomi? 
— Pul! — javob berdi bola. 
Avdiy g‘iq etmadi. Gapning davomini boshqa paytga qoldirdi. 
— Xo‘p, qani, gapni bas qildik. Yetar, yo‘lga chiqaylik,— murosaga kelganday dedi Petruxa.— 
Sen shirach qiloldingmi, Avdiy? 
— Yig‘olmadim. Bo‘ri hujum qildi. Qolganlarini qaerga qo‘yganman, esimdan chiqdi. Ust-
boshimni ham topib kelishim kerak... 
— Kiyimlaringni-ku toparsan, kaerga ketardi. Lekin shirach yig‘ib ulgurmaysan. Bugun ketishimiz 
kerak. Mayli nima bo‘lganini aytsak, tushunar. Tushunmasa, kelasi safar yig‘ib berarsan... 
Nasha to‘ldirib solingan yuk xaltalarini yelkaga ortgancha, yarim kechaga dovur temir yo‘l 
tomonga qarab yurdilar. Yurish uncha qiyin emasdi. Quritilgan giyohning qancha og‘irligi bo‘ladi 
deysiz. Lekin nashaning hatto yelim paketlardan ham gurkirab turgan hidi boshni aylantirar, ko‘zni 
uyquga tortardi. Chopar bolalar tun o‘rtasi uxlagani qo‘ndilar. Yo‘lni tong qorong‘usida davom 
ettiradigan bo‘ldilar. Lyonka Avdiy bilan Petruxaning o‘rtasiga tiqilib yotdi. U bo‘rilardan qo‘rqib 
qolgandi. Bola-da hali. Bari aksincha bo‘ldi. Yo‘l yurganlarida uyqu bosgandi. Uxlagani yotganlarida 
Avdiyning uyqusi qochdi. Lyonkaning o‘rtaga tiqilishi ko‘nglini iyitib yubordi. Kimning hayoliga 
kelibdi deysiz. Kap-katta bola bo‘rilardan qo‘rqib o‘tiribdi. Lekin ko‘rdingizmi, illatning kuchini
hayot haqidagi tasavvurlarning go‘daklikdan buzilganini. Boya Lyonka zarracha o‘ylab o‘tirmay 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling