Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
darhol Xudonimas, pulni yaxshi ko‘raman, dedi-ya. Xudo bunda shartli bir narsa edi, taqvodor 
hayotning ramzi... Avdiy shularni o‘ylardi... 
Yoz chog‘larida cho‘l kechalarining o‘z go‘zalligi bor. Zamin va samo bepoyon, undan 
chiqayotgan sukunat ham cheksiz. Kecha iliq. Anvoyi o‘t-o‘lanlarning hidlari gurkiraydi. Son-sanoqsiz 
yulduzlar, yarqiroq oy odamni qattiq hayajonga soladi. Yulduzlar va nigoh aro zarra g‘ubor yo‘q, havo 
shu qadar musaffo. Odam turmush urinishlaridan chalg‘igan noyob damlarda xayol o‘sha sirli olamlar 
bag‘riga sho‘ng‘iydi. Afsuski, bu uzoq davom etmaydi... 
Hammasi o‘zim o‘ylaganimdek, mo‘ljallaganimdek bo‘ldi, deb fikr yuritardi Avdiy: choparlar 
bilan nashazorlarga keldim, barini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, boshimdan o‘tkazdim. Endi eng 
murakkab ish — poezdga o‘tirib jo‘nash qoldi. Choparlar uchun eng xatarlisi — nashani olib ketish. 
Militsiya ularni ko‘pincha Osiyo stantsiyalarida ushlaydi. Rossiya tomonlarda bu jihatdan ancha oson. 
Moskvaga borib olsang va undan u yog‘iga omon-eson yetib olsang, marra seniki! Turmushning ulug‘ 
zavoli kichkina odamlarning kichkina yutug‘iga aylanib mana shunday tantana qiladi... 
Avdiy bu bilan hatto hayolida chiqisholmasdi. Lekin aytaylik, jinoyatning oldini olishgina emas, 
choparlarning fikrini o‘zgartirish, ularni bu yo‘ldan qaytarish, qayta tarbiyalashga kelganda, bunga 
kuchi yetmasligini endi u tushunardi. Shu cho‘llarda ham qaylardadir o‘ralashib, hamma narsani, 
jumladan, Avdiyni ham changalida tugib turgach, barcha choparlarning jilovini o‘z qo‘liga olgan, 
o‘sha O’zi deb ataladigan kimsa unga butkul qarshi turar va undan ancha-muncha qudratlirok edi. 
Ularning nashacho‘lga yurishlari O’zining hukmi va nazoratida edi. Balki undan ham ortiq — O’zi 
mikrodiktator edi. Ular orasida Avdiy qaroqchilarga qo‘shilgan daydi rohibday juda ayanchli edi... 
Ammo xudojo‘y va mutaassib rohib har qanday sharoitda ham rohib bo‘lib qolishi kerak... U hali 
hayotning bu jomidan ham ichadi... 
Kunduzi bo‘lib o‘tgan taajjub hodisa yana hayolini band etdi. Anavi uzunoyoq tentak 
kuchukchalarni qarang-a. Odamni kulgili, beziyon maxluq deb o‘ylashdi chog‘i. U bilan juda 
o‘ynashgilari keldi. Katta bo‘rining turqini ko‘ring, quturib ketgan, ko‘kko‘zlari yonadi. Rosa 
achchig‘i chiqqan edi. Yo‘q, shukr, hammasi o‘tib ketdi. Nega uning ustidan ikki marta sakrab o‘tdi? 
Ne ma’nosi bor buning? Bir hamla qilganda uni pora-pora qilib tashlashi mumkin edi-ku? Panama-yu 
kichkina ishtoni demasa, shaharning qip-yalang‘och ahmoq odamini nega ayadiykin? Faqat 
hangomalardagina shunday bo‘lishi mumkin. Buni ko‘ring endi — bo‘rilarning marhamati — 
taqdirning marhamati emasmi? Demak, u hali hayot uchun kerak ekan-da? Lekin unga tomon qahru 
g‘azab bilan tashlangan, bolalari uchun qo‘rqib ketgan ko‘kko‘z bo‘ri qanchalar shiddatli va qanchalar 
ajoyib edi. Ha, u o‘z yo‘liga haq edi. Lekin otasiga balli-ey, unga tashlanmadi, go‘shtlarini g‘ajimadi. 
Axir, Avdiyning ham hech qanday gunohi yo‘q edi-da. Avdiyni o‘sha holatda anavi mototsikl mingan 
xotin ko‘rib qolgandami, toza kotib-qotib kularmidi-ey? Avdiy shuni ko‘z o‘ngiga keltirib ohista kulib 
qo‘ydi. Ha, xuddi tsirkda masxarabozni ko‘rganday maza qilardi. Lekin u birdan qo‘rqib ketdi: 
kimsasiz cho‘lda ketayotganda mototsiklning motori o‘chib qolsa-ya, bir o‘zi, bu yoqdan bo‘rilar 
tashlansa?! Shunda Avdiy ko‘kko‘z bo‘riga murojaat qilib yolvora boshladi: «So‘zlarimni tingla ey, 
go‘zal ona bo‘ri! Sen shu yerlarda yashaysan. O’zingga qanday yaxshi bo‘lsa, shunday yasha, tabiat 
qanday buyurgan bo‘lsa tiriklikni shunday ado et. Yolg‘iz shuni o‘tinaman sendan: agar uning motori 
o‘chib qolsa, Xudo haqqi, bo‘rilarning xudolari haqqi, bolalaring haqqi, unga tegma! Unga ziyon-
zahmat yetkizma! Shunday katta mototsiklni minib ketayotgan o‘sha go‘zal xotinga havasing kelsa, 
uning yonginasida, yo‘lning chekkasida birga chopib bor, lekin aslo unga ko‘rinma. Qanot chiqarginu 
uch. Buddoiylar aytganlariday, balki sen, ey ko‘kko‘z bo‘ri, uni odam qiyofasidagi o‘z egaching, deb 
tan olarsan? Nima, shunday bo‘lishi mumkin emasmi? Nima qilibdi sen bo‘ri bo‘lsang, u esa odam, 
lekin ikkovingiz ham, axir juda go‘zalsiz, o‘zingizga yarashgan chiroylisiz! Sendan yashirib 
o‘tirmayman, uni chin yurakdan yaxshi ko‘rib qolishim mumkin. Lekin men tentakman, ha, tentakman, 
yana kim ham bo‘lardim! Faqat g‘irt devonalargina shunday orzu qiladilar. Mabodo, mening nima deb 
o‘ylaganlarimni u bilib qolsa, kula-kula ko‘zlaridan yosh chiqib ketardi! Lekin shundan xursand 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling