Cho’kish — belgilari, birinchi yordam ko’rsatish, cho’kayotgan odamni qutqarish texnikasi


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1836470
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CHOkayotgan odamga yordam berish (2)



 
CHO’KISH — BELGILARI, BIRINCHI 
YORDAM KO’RSATISH, 
CHO’KAYOTGAN ODAMNI QUTQARISH 
TEXNIKASI 
Suvda cho’kish qiyin emas, hatto mohir suzuvchilar uchun ham. Va bu noxush 
hodisa doim ham multfilm va kinolardagi singari, qahramonlar og’zini kulgili 
ravishda ochib, qutqaruvchilarni chaqirishi bilan kechmaydi. 
Darhaqiqat, insonlarga tez va jim holda cho’kib ketish xosdir. Bu hatto olomon 
ko’p bo’lgan va har bir kishini kuzatish uchun ko’zlar yetarli bo’lgan plyajlarda 
ham sodir bo’ladi. 
NIMA UCHUN ODAMLAR CHO’KADI? 
«Chunki ular suzishni bilmaydi» degan eng ayon javob juda ahmoqonadir. 
Suzishni bilmaydigan inson chuqur suvga tushmaydi va umuman suvdan 
yiroqroq bo’lishga harakat qiladi. 
Suza olmaydigan odam ko’lning o’rtasigacha suzib borib, o’sha yerda cho’kib 
ketishini tasavvur qilish qiyin. 


Cho’kishning keng tarqalgan sabablari quyidagilardir:
• 
Spirtli ichimliklar
. Mastlik kishini eng mantiqsiz harakatlarga undashi 
mumkin, kishida o’z kuchini teran baholash bilan qiyinchiliklar ham 
kuzatiladi. Mast holatda do’stlari bilan daryoni narigi sohiliga suzib o’ta 
olishga garov o’ynash yoki shunchaki «yengillashish» uchun suvga tushib 
chiqish istagi uyg’onishi mumkin. Har holda, alkogol — cho’kish 
sabablarining 80 foizini tashkil qiladi. 
• 
Tabiiy xavf
. Suv girdobiga suzish bo’yicha sport ustasi ham tushib qolishi 
mumkin, undan suzib chiqish va kuchli oqimni yengish esa juda qiyin. 
• 
Zarb
. Sho’ng’ishga yoki suv tubidan chiqishga harakat qilayotganda odam 
suzib yuruvchi shox-shabba, biron jism yoki boshqa birovga urilib ketishi 
mumkin. Ba’zan zarba shunchalik kuchli bo’ladiki, odam qayta suv sathiga 
suzib chiqishga qodir bo’lmaydi. 
• 
Tomir tortishi
. Sovuq suvda, mushaklarning kuchli zo’riqtirish bilan 
tomir tortishib qolishi ehtimoli yuqori, tortishib qolgan oyoqni ishlatib 
suzish esa deyarli mumkin emas. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling