Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
— Faqat men hammamizning tepamizda diyonat hamda rahm-shafqatning eng oliy hakami Xudo 
borligiga ishonaman. 
— Yana Xudo! Xo‘sh, bu bilan yana nima demokchisan? 
— Xudoning marhamati bizning irodamiz orqali namoyon bo‘ladi. U bizda yashaydi, ongimiz 
orqali bizga ta’sir etadi. 
— Menga qara, qo‘y, bu serdahmaza gaplarni. Xo‘p, boringki, nima bo‘pti? Bizga buning nima 
daxli bor? 
— Nega daxli bo‘lmas ekan! Aql-idrokning qudrati bilan inson o‘ziga o‘zi xuddi Xudo kabi ta’sir 
etadi. Axir yomonlikni chin dildan tan olish nima degani? Menimcha, bu yovuzlikni Xudo darajasida 
turib qarg‘ashdir. Inson o‘z mohiyatiga yangicha qarashni o‘zi belgilaydi. 
— Sening bu qarashing ommaning ongidan nimasi bilan farq qiladi? Biz to‘daga o‘xshashni 
istamaymiz va undan o‘zimizni olib qochamiz. Sizlar bizga teng bo‘lolmaysizlar, biz o‘zimiz 
alohidamiz. 
— Xato. Erkinlik qonundan qo‘rqmagandagina haqiqiy erkinlik bo‘ladi, aks holda, u sarobdir. 
Sening erkinliging mudom ko‘rquv ichida, qonuniy jazoni kutib yashaydi... 
— Xo‘p, nima bo‘pti shunga? Senga buning qanday og‘irligi tushyapti? Sen emas, o‘zimiz 
tanlaganmiz bu yo‘lni. 
— To‘g‘ri, o‘zing tanlagansan. Lekin bu yo‘lga sendan boshqalar ham kirgan. Tushunsang-chi, 
axir, bu oxiri berk ko‘chadan chiqib ketish mumkin. Mana shu yerning o‘zida, cho‘lda, ochiq osmon 
tagida tavba-tazarru qilinglar, bu ishdan butunlay voz kechaman deb, o‘zlaringizga so‘z beringlar, 
xufya savdoning faydasidan, yaramas odamlardan yuz o‘giringlar, o‘zingiz bilan, Xudo nomini 
atangan va hammamizni vohid ong vositasida birlashtirgan zoti sharif bilan murosaga kelinglar... 
— Xo‘p, keyin nima bo‘ladi? 
— Keyin siz yana inson degan nomga musharraf bo‘lasiz. 
— Juda chiroyli bo‘lib ketdi-ku! Yana bunchalar osonligini qarang! — Grishan tayogini o‘ynab 
o‘tirarkan, qovog‘ini soldi, tepalik ortida o‘tib borayotgan yana bir yuk sostavining shovqini bosilishini 
kutdi, so‘ng birdan tushgan sukunat ichida, tili haddan tashqari yechilib ketgan Avdiyga teshib 
yuborguday masxaraomuz tikilib turib, dedi: — Endi gap bundoq, muhtaram Avdiy, sening gaplaringni 
kamoli diqqat bilan eshitdim. Xursand bo‘lmay qo‘ya qol. Sen qattiq xato qilasan. O’zingcha o‘ylasang 
kerak, mendan boshqa hech kim Xudo bilan dildan gaplasholmaydi deb. Bilib qo‘y, Xudo bilan 
muomala qiladigan yolg‘iz sen emas. Sen taqvodor bo‘lsang, biz ham mahrum emasmiz bu ne’matdan. 
Ana ko‘rdingmi, darrov shu gapdan nafasing ichingga tushib ketdi. Azbaroyi hayron bo‘lganingdan. 
Menga o‘xshagan bir odamning Xudo bilan aloqa qilib turishi senga juda g‘alati eshitildi, a? 
— Unday emas. Faqat «aloqa» degan so‘z andak qiziq tuyularkan. Aksincha, sening og‘zingdan 
bunday gapni eshitib xursand bo‘ldim. Balki sen fikringni o‘zgartirgandirsan? 
— Aslo! Muncha sodda bo‘lmasang. Xo‘p, unda bilib qo‘y, Kallistratov, faqat tilingni tishlab 
qolma. Xudoga mening o‘z borar yo‘lim bor, men uning huzuriga orqa eshiklar kiraman, xolos. 
Xudoying sen o‘ylaganchalik noz-firoq qilib tanlab o‘tirmaydi... 
— Xudo oldiga orqa eshikdan kirib sen nimaga erisharding? 
— Erishadigan narsam senikidan kam emas. Men odamlarga shodlik bag‘ishlayman. Ular kayfda 
Xudoning visoliga yetadilar. Men beradigan narsani ular na sizning pand-nisihatlar, na va’zlar va na 
duo-yu ibodatlardan topadilar... Men o‘z odamlarimni Xudoga boshqa har kimdan ko‘ra tezroq 
yetkazaman. 
— Pulga sotib olingan Xudoga yetkizasanmi? Og‘u yordamidami? Miyalarini aynitibmi? Yana sen 
buni Xudoning visoliga yetish baxti deb ataysanmi? 
— Ha, nima bo‘pti? Shakkoklik, Xudoni oyoqosti qilish deysanmi? Ana xolos! Nozik ko‘ngillariga 
ozor berdikmi? Sening noningni yarimta qilyapmanmi? Yo‘lingni to‘sib ko‘yamanmi? Xo‘p, pul, xo‘p, 
qoradori, xo‘p, nima bo‘pti! Pul deganing hazilakam narsa emas. Pul — hamma narsa! Nima, pulning 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling