Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
— tanbeh berdi Avdiy.— Bu qanday kelib qoldi deb ajablanyapsan, jahling chiqyapti. Vaholanki, hech 
hayron bo‘ladigan joyi yo‘q. Peshonaga sen bilan uchrashish yozilgan edi. Bundoq tanangga o‘ylab 
ko‘r! Nahotki sen buni tushunmasang! Men bo‘lmasam, boshqa birov sen bilan albatta to‘qnashishi 
kerak edi. Men esam sen bilan uchrashishni hisoblab chiqqanman... 
— Ehtimol, sen meni ham hisoblagandirsan? 
— Ha, seni ham. Bizning bir-birimizga duch kelmog‘imiz muqarrar edi. Mana, men yetib keldim. 
Sen o‘ylagancha, mog‘orlab qolmagan ekanman. 
— Farosatingga balli, o‘g‘lon. Biz bir-birimizsiz kun ko‘rolmaymiz. Buning o‘ziga yarasha 
bemaza bir qonuniyati bo‘lsa ham kerak. Lekin o‘pkangni bos, xaloskor Kallistratov. Sening aqidang 
bilan amalda hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Lekin qiziq yigit ekansan. Shunday bo‘lsa ham, bas 
qilaylik, bu mahmadanagarchilikni. Bo‘ldi, kimliging menga ravshan! Hamon gap aylanib shunga 
kelgan ekan, senga bitta yaxshi maslahat beray, bor, yo‘lingdan qolma, Kallistratov, hammadan burun 
o‘z joningni qutqar, senga hozir hech kim qo‘l tekkizmaydi. Cho‘ldan yiqqan narsalaringni esa 
xohlasang, boshqalarga bo‘lib ber, yo yoqib yubor, yo shamolga soch,— bu sening ixtiyoring. Lekin 
o‘ng qulog‘ing bilan ham, chap qulog‘ing bilan ham, yaxshilab eshitib ol: boshqa hech qachon bizga 
yaqin yo‘lama! — Shunday deb Grishan tayog‘ini toshga ma’nodor to‘qillatib urdi. 
— Ammo men sening bu maslahatingga yurolmayman. Bu menga to‘g‘ri kelmaydi. 
— Menga qara, hey, sen qip-qizil jinni ekansan-ku! Nima senga xalaqit beradi? 
Men Xudo oldida ham, o‘z oldimda ham, sizlar uchun javobgarman... Balki, sen buni 
tushunmasang ham kerak... 
— Yo‘q-yo‘q! Nega endi? — deb ovozini ko‘tarib qichqirdi Grishan g‘azabdan tusi oqargan 
holda.— Men, har qalay, teatr kishilari xonadonida o‘sganman. Menga ishon, nima o‘yin qilmoqchi 
bo‘layotganingga aqlim yetib turibdi, tushunaman. Lekin sen o‘yinga haddan ortiq berilib 
ketmadingmikin. Axir, har qanday, hatto eng buyukdan buyuk o‘yindan so‘ng ham parda tushiriladi-
ku. Mana hozir, o‘rtoq Kallistratov, parda birdan-bir tomoshabin ishtirokida yopiladi. Ko‘zingga qara, 
bola. Seni deb, ortiqcha gunohga botib yurmay tag‘in. Vaqt borida etagingni yig‘ishtir. 
— Gunoh deysan. Bilib turibman, nima demoqchi bo‘layotganingni. Lekin men uchun qabohatni 
ko‘ra bilan turib, undan yuz o‘girib ketishdan ortiq jurmu gunoh yo‘q. Meni yo‘ldan qaytaraman deb 
ovora bo‘lma. Aytaylik, o‘sha kichkintoy Lyonka, Petruxa, senga jilovini berib qo‘ygan bolalarning 
holi nima kechadi, men bunga befarq qarab turolmayman. Shu jumladan, senga ham. 
— Tasanno! — uning gapini kesdi Grishan.— Bizning hayotimizga aralashishga nima haqqing 
bor? Qanday yashash har kimning o‘z ixtiyori. Umrim bino bo‘lib, seni hozir ko‘rib turishim. Sen 
kimsanki, men va boshqalar haqida qayg‘urasan, xuddi senga osmondan muborak vahiy tushganday. 
Suf, senga! Joningga jabr qilma. Jinni bo‘lsang, o‘zingga. Xudo xayringni bersin, jo‘na bu yerdan. 
Sensiz xam bir kunimizni ko‘rarmiz. Tushundingmi?! 
— Yo‘q, men bunday qilolmayman! Osmondan vahiy kelganmi deyapsan. Menga hech qanday 
vahiy yo xabar kelmagan. Adolat va burch tuyg‘usi men ana shularga vakil qilinganman, bularni 
hisobga olish-olmaslik sening ishing, ammo men qanday bo‘lmasin, ularni ado etajakman. Mana, hozir 
o‘z taqdirimni o‘zim hal etaman deding. Eshitgan quloqqa chiroyli bu gap. Biroq bir-biriga daxlsiz 
taqdir yo‘q. Tug‘ilish va o‘lishdan boshqa taqdirni taqdirdan ajratadigan chiziq yo‘q. Tug‘ilmoq va 
o‘lmoq oralig‘ida esa biz xuddi eshilgan iplarday bir-birovimizga qo‘shilib ketamiz. Grishan, axir, sen 
va senga tobe anovi odamlar o‘z foydalaringizni ko‘zlab, boshqalarga mana shu cho‘llardan nasha 
bilan birgalikda baxtsizlik va kulfat olib borasizlar-ku. Odamlarni kayf vasvasasiga solasizlar, 
tuzoqlaringizga ilintirasizlar, ularni qayg‘u-alam va tubanlik chohiga tashlaysizlar. 
— Sen nega bizga qozilik qilyapsan? Biz nima qilish, qanday yashashni sendan o‘rganishimiz 
kerakmi? 
— Men qozi emasman. Sizlarga o‘xshagan bir odamman, faqat... 
— Nima faqat? 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling