Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 — Ha-ha! Sening xristianchiliging holi g‘ayri Iso bo‘lmasa, nima kechardi! G’ayri Iso qitiqlab turmasa, kimga kerak xristianlik? Nima foydasi bor uning? Shunday bo‘lgach, mensiz hech narsa qilolmaysiz! Men bo‘lmasam, kimga qarshi kurashasiz, g‘oyalaringiz jangovarligini qanday isbot etasiz? — Juda ham qirriq ekansan-e! — beixtiyor kulib yubordi Avdiy.— Chalkashliklardan ustalik bilan foydalanarkansan. Lekin gapga zeb berma. Sen bilan til topishimiz qiyin. Biz teskari odamlarmiz, bir- birimizga to‘g‘ri kelmaymiz. Shuning uchun meni bu yerdan quvyapsan. Sen mendan qo‘rqasan. Lekin men baribir o‘z so‘zimda turaman: qayt bu yo‘ldan, tavba qil, yosh bolalarni tuzog‘ingdan bo‘shat. Men sendan yordamimni ayamayman. Grishan birdan jim bo‘lib qoldi. Tayog‘iga tirangancha qovog‘ini solib u yoqdan-bu yoqqa borib kela boshladi, keyin yurishdan to‘xtadi. — Agar sen, o‘rtoq Kallistratov, meni qo‘rqayapti, deb o‘ylasang, qattiq xato qilasan. Qolging kelsa, qolaver, seni haydayotganim yo‘q. Hozir yuk vagonlarga chiqib olamiz. Poezdga birvarakay bosqin yasaymiz. — Yaxshisi, qaroqchilarcha, deb qo‘ya qol,— uning gapini to‘g‘riladi Avdiy. — Mayli, sen aytgancha bo‘la qolsin, qaroqchilarcha bo‘lsa, qaroqchilarcha-da. Lekin maqsadimiz talon-taroj emas, maqsadimiz — yashirincha manzilimizga yetib olish, buning farqi bor. Axir sening davlating bizga erkin borib-kelishga yo‘l qo‘ymaydi... — Davlatga tilingni tekkizma. Xo‘sh, menga nima taklif qilmoqchisan? — Aytishga ham arzimaydi. Sen aytmoqchi, vagonlarga qaroqchilarcha chiqib olamiz,— deb temir yo‘l tomonga boshini silkib ko‘rsatdi Grishan,— hamma jam bo‘ladi, hamma ko‘zga ko‘rinadi. Ana o‘shanda kichkina Lyonkalaru lakalov Petruxalarga aytar gapingni ayt, ularning jonlarini qutqar, ey Xaloskor! Men g‘iq etmayman, senga zarracha to‘sqinlik qilmayman. Meni misoli yo‘q deb hisobla. Mabodo, bu avomni orqangdan ergashtirib keta olsang, ularni o‘z Xudoyingga ishontira olsang, men shu zahoti yengilganimni bo‘ynimga olib, mutlaqo qoramni ko‘rsatmay ketaman. Gapimni tushunyapsanmi? Qabul qilasanmi shu shartimni? — Bajonidil! — qisqa javob qildi Avdiy. — Unda boshla! O’rtamizda bo‘lib o‘tgan gapni hech kimsa bilmaydi. Ag‘dan-bag‘dan gaplashdik, deymiz. — Rahmat! Lekin mening yashiradigan joyim yo‘q,— javob berdi Avdiy. Grishan yelkasini qisdi. — Aytdim-qo‘ydim-da. Injilda yozilgan: «Sen aytding» deb! May oyining oxirgi kunlaridan biri edi. Soat kechki yettilar bo‘lib qolgandi. Lekin tep-tekis cho‘llar uzra quyosh hamon yal-yal nur sochib, qizdirardi. Kuni bilan xuddi bir joyga bog‘lab qo‘yilganday nima sababdandir qimirlamay turgan kumushsimon bulutlar, avval oppoq oqarib, kechga tomon ufq uzra qop-qorayib osilib qoldilar, bundan Avdiyning yuragiga anglab bo‘lmas bir xavotir tushdi. Aftidan, momaqaldiroq bo‘ladiganga o‘xshardi. Poezdlar esa hamon u tomondan bu tomonga, shimoldan janub yoqlarga, janubdan esa shimol yoqlarga o‘tib borishar va zamin ularning cho‘ng g‘ildiraklari ostiga zirillar, titroqqa tushardi. «Qancha yor bor, qancha ko‘z ilg‘amas makonlar va yorug‘lik bor, shunday bo‘lsa ham, odam bolasiga yana baribir nimadir yetmaydi, hammasidan burun - erkinlik yetmaydi,— deb o‘ydardi Avdiy poyonsiz yaydoq cho‘llarga boqib.— Odam bolasi odamlarsiz yasholmaydi, yana buning ustiga odamlarga ham toqat qilmaydi. Mana, hozir — nima qilish kerak? Grishanning tuzog‘iga ilinganlar to‘daning tazyiqiga yurmay, ularning do‘q-po‘pisasi, qo‘rqitishlariga qaramay aql-idrok izmiga kirsalar nima qilarkin? Bu badbaxt afyunchining ta’siridan qutulishga o‘zlarida kuch, iropa toparmikinlar? Anavini qarang-a! Uchiga chiqqan xavfli firibgar ekan. Nima qilay, qanday yo‘l tutsam, to‘g‘ri bo‘ladi?» Nihoyat, kutilgan vaqt yetdi. Yuk poezdini to‘xtatish oldidan choparlar ikki-uch kishi bo‘lib, temir yo‘l bo‘ylab butalar va baland o‘sgan quyuq o‘tlar orasiga yashirinishdi. Hushtak chalib bir-birlarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling