Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
181 bir butaga osilib edim, tikanlari qo‘llarimni tilib yubordi. Ha, shu falokat boshimga tushmagan bo‘lsa, tikan tilgan qo‘llarimning achishib og‘ri- shiga chidolmay to chorboqqacha oqshom qorong‘isida yig‘lab kelgan bo‘lmasam, shu kunni umrimning eng shod, eng xushchaqchaq kuni deb bilardim. Komron, sendan nafratlanganim uchungina begona yurtlarga qochib ketganman. Endi nafratim shu qadar kuchaydiki, oramizdagi uzoq masofalar ham kifoya qilmay qoldi. Endi sen yashab, nafas olib turgan mamlakatdan ham bosh olib ketsam deyman! Ortiq bu uyda qolmaslik qaroriga keldim. Shuning uchun har ikki-uch kunda Izmirga tushib, maorif bo‘limiga uchrab turdim. Eski muallimlarimdan Berinish opani shu yerda ikki oycha avval bir ko‘rgan edim. Maktabda o‘qib yurgan kezlarimda o‘zini menga yaqin tutganini eslab, boshimdagi savdodan bir oz aytib beruvdim. Kecha ertalab kemada yana uchrashib qoldik. U suyunib: — Farida, necha kundan beri seni izlayman, — dedi. — Qorontinadagi maktabimizga bitta turk tili va rasm muallimasi kerak. Mudiraga seni tavsiya qildim. Alohida uy tutish- ning hojati yo‘q, maktabda turaverasan. Axir bizning hayotimizga o‘rganib qolgansan- ku. Yuragim qinidan chiqib ketar darajada tipirchilay boshladi. U yerga borsam, yana o‘sha yoshlik hidlari, mungli organ sadolari kelib turgan joyga tushsam, bolalik chog‘la- rimdagi shirin xayollarimning bir qismi bilan qovushadiganday bo‘lib ketdim. O‘ylab o‘tirmasdanoq: — Juda soz, maso‘r, jon deb boraman! Rahmat, — dedim. Bugun u yoqqa borishdan avval yana maorif bo‘limiga kirdim, maqsadim — hujjatla- rimni qaytarib olish edi. U yerda mudir meni uch kundan beri so‘roqlab yurganini aytish- di. Nima deyar ekan deb oldiga kirdim. Maorif mudiri meni ko‘rish bilanoq: — Rosa intizor qilding-da, qizim! Toleingga bitta yaxshi joy chiqib qoldi. Qushadasi maktabiga yuboraman, — dedi. Bir yoqda Berenish opa aytgan maktab, undagi tinchgina hayot, ikkinchi yoqda bu. Balki Qushadasidagi o‘rin yaxshiroqdir? U holda Berenish opaga bergan so‘zim nima bo‘ladi? Minutlar o‘tar, men esa javob qilmay jim turardim. Qaysi birini tanlay: tinch hayotnimi yo Qushadasidagi maktabga borsam, uchrashim ehtimol bo‘lgan muhtojlik va yo‘qsillik- nimi? Ajabo, buning ham o‘ziga yarasha tasallisi, boshqa bir jozibasi yo‘qmi? Ko‘z o‘ngimga maktablarimizda tashlab qo‘yilgan, umrlari qo‘pol qo‘llarda zoe o‘tayotgan kichkina bolalar keldi. U bechoralar ochilish uchun jindakkina quyoshga, jin- dakkina parvarishga muhtoj bo‘lgan gullardir. Ular ana shunday harorat keltiruvchi, par- varish qilguvchilarga ko‘ngillarining butun muhabbat va shukronalarini bag‘ishlaydilar. Boshimga tushgan hamma falokatlarga qaramay, bu kichkina kambag‘allarni butun qal- bim bilan yaxshi ko‘rib qolganimni angladim. Ajabo, Munisa ham mening oldimga o‘sha- lar orasidan kelmaganmidi? Bundan tashqari, so‘nggi ikki yillik hayotimda uncha-muncha tajriba ham orttirgan edim. Yog‘du og‘riq ko‘zlarni qancha achishtirsa, baxt ham dardli ko‘ngillarni shuncha ezadi. Og‘riq ko‘zlar kabi, dardli ko‘ngillar uchun ham eng yaxshi davo qorong‘ilikdir! Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqma- di. Bu kasb kishisi axir bir kun ochlikdan o‘ladi. O‘lsa nima? Axir bu kasb ko‘nglimning rahmu shafqatga bo‘lgan ochligini to‘ydiradi, o‘z hayotimni boshqalar baxti saodatiga bag‘ishlash tasallisini beradi. Zero, u o‘lgan kunlarning o‘lgan ro‘yolarini tiriltirib bo‘lmaydi, buning iloji yo‘q. Boshimdan isiriq hidlarining xumori, quloqlarimdan organ- larning mungli yig‘ilari sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketgan. Qushadasida mehru muhabbat va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling