Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 ko‘rmaganga solar, daraxtlar ichiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lar edim. Ha, yoshi o‘n beshga yetib, ularning nozik iborasi bilan aytganda, “bo‘yi cho‘zilib qol- gan” qizning xizmatkorlar orasida boshi ochiq, poychalari yalang, ust-boshi ochilib sho‘xlik qilib yurishi ayb, buni o‘zim ham tushunaman, lekin nachora, o‘zimni go‘llikka solaman. Bir mahal Mujgonni yolg‘iz topib, qo‘lidan ushladim-u: — Arman keliniga o‘xshagan bu xonimlarning nimasi yoqib qoldi senga? Undan ko‘ra men bilan yur, — dedim. — Kecha saharga dovur holi-jonimni qo‘ydingmi? — dedi. Keyin ilova qildi: — Sen, rosti, g‘alati mahluqsan, jonivorga o‘xshaysan, Farida. Kecha kechqurun qanday ahvolda eding? Ertalab ikki soat uxlar-uxlamas darrov turib ketding. Ahvolingdan hech charcha- gan kishiga o‘xshamaysan. Ranging noppa-nozanday, ko‘zlaring porillaydi. Qara, meni ne ahvolga solding! Chindan ham bechora Mujgon achinarli ahvolda edi. Kechasi uxlamagani uchun yuzi, ko‘zlarining oqi ham bol mumi singari sarg‘ayib ketgan edi. — O‘tgan ishga salavot, — dedim-u, yana yugurib ketib qoldim. * * * Oqshom payti. Aravamiz kechikib qolgani uchun yayov kelayotibmiz. Albatta, bunisi yana yaxshi. U yog‘ini surishtirilsa, chorbog‘ uncha uzoq ham emas... Xolam o‘z tengi ik- kita qo‘shnisi bilan orqada kelardi. Men bo‘lsam bir oz chehrasi ochila boshlagan Mujgon bilan qo‘l ushlashib, ancha ilgarida kelar edim. Yo‘lning bir tomonida yiqiq devorlar, shoxlar bilan to‘silgan bog‘lar, narigi tomonidan esa poyonsiz umidsizlikka o‘xshagan yelkansiz, tumansiz dengiz... Bog‘larda barvaqt kuz boshlangan, devorlar, shoxlar yonida g‘ovlab yotgan ko‘katlar qurigan, hammasini chang-to‘zon bosgan, bir-biridan uncha uzoq ekilmagan nihollarning titrab turgan ola-quroq soyalari chang yo‘lga xazon aralash tushib turardi. Faqat uzoqlarda, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bog‘larning ichkarisida bir qancha qizil donalar sochilib yotibdi. Bular pishgan maymunjonlar, bularni parvardigor choliqushlar — chittaklar yesin, deb yaratgan... Shu sababdan umidsizlik dengizini bir yoqqa qo‘yib, Mujgonning qo‘lidan ushladim-da, maymunjonlar tomon sudray boshladim. Orqadagilar toshbaqa qadami bilan bizdan o‘tib, quyi chorbog‘ning etagiga yetgulari- cha biz ishimizni sakson marta bitirib olamiz. Faqat Mujgon opa odamning toqatini toq qilib yuboradigan darajada imillaydi. Dala o‘rtasida yurib borayotganda tuflisining poshnalari bukiladi, o‘rib olingan ekinlarning xas- cho‘plari oyoqlariga kirishidan qo‘rqadi, ikki qarichlik chuqurdan hatlashga to‘g‘ri kelgan- da taraddud qilib qoladi. Bir qur bitta itning hujumiga uchradik. It bo‘lganda ham Mujgonning qo‘l sumkasiga sig‘ib ketadigan kichkina kuchuk. Mujgon shu kuchukchani ko‘rdi-yu, voydodlab qocha boshladi. Keyin maymunjonni yeyishdan ham qo‘rqa boshladi: “Me’dang buziladi... og‘riysan...”, deb mevalarni qo‘limdan olib tashlamoqchi bo‘ldi. Maymunjonlar eziladi, yuzimizga chaplanadi. Keng yoqasiga ikki qator tasma bilan langar shakli tikilgan oq shoyi koftam dog‘ bo‘lib ketdi. Orqadagilar bizga yetib olgunlaricha biz ishimizni bitirib olamiz degan edim, lekin Muj- gon ikkovimiz bu janjalni bir yoqlik qilgunimizcha, ular pastdagi yo‘lning boshiga yetib qolishibdi. Bizni yo‘qotib qo‘yishgan bo‘lishsa kerak, chorboqqa ketavermay, orqaga qarab turishardi. Yonlarida bitta erkak kishi ham bor. Mujgon: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling