Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 Baraka topkur Aziz pochcham mehmonga yaxshilab no‘xta urib qo‘ydi. Uni zeriktir- maslik uchun uyiga tez-tez mehmonlar chaqirar, har kun aravaga solib aylantirar yoki hamqishloqlaridan birining bog‘i yo poliziga olib ketar edi. Bir kuni ertalab ana shunday chaqiriqlarning biriga tayyorlanayotgan bo‘lam bilan zina boshida to‘qnash kelib qoldim. Yo‘limni to‘sdi-yu, birov eshitib qolmasmikan, deb vahm bilan atrofiga qarab olgandan so‘ng: — Mehmondorchilikning ko‘pligidan o‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim, Farida, — dedi. Men zina panjarasi bilan Komronning orasidagi joydan unga bir yerimni tegizmay o‘tib keta olarmikanman, degan cho‘t bilan band edim. — Yomonmi? Sizni har kun sayohat qildirishyapti-ku,— dedim. Komron kinoyaomuz kulimsiradi, ko‘zlarini shiftga tikib: — Mehmon mehmonga el bo‘lmaydi, ammo mehmonning mezbonni mehmonga giz- gizlashi eski usullardan, — dedi. — Hay mayli, men ham shunday qilay... Bo‘lam kecha men: “Mehmon mehmonga el bo‘lmaydi” degan so‘zimni negadir betim- ga solar, buning uchun menga ta’na toshi otar edi. — Yaxshi, lekin zorlanadigan joyi yo‘q. Har kuni yangi-yangi joylarni ko‘ryapsiz, yangi odamlarni taniyapsiz, — dedim. U tag‘in labini burdi. — Taniyotgan odamlarim hech bahrimni ochadigan odamlar emas... Men tilimni tiyolmadim. — Sizning bahringizni ochadigan odamni u bechoralar qaerdan topishsin? — dedim. Bahrini ochadigan odam haqidagi gapim bilan kimga ishora qilganimni Komron tu- shungan edi. Hayajon bilan qo‘llarini cho‘zib: — Farida! — dedi. Faqat uzatgan qo‘llari havoda qoldi. Men u bilan zina orasidagi tor yerdan lip etib o‘tib ketdim. Pog‘onalarni ikkita-ikkitadan bosib, ashula ayta-ayta boqqa chiqdim. * * * Axir bir kuni Mujgon qiladiganini qildi. Bir kuni ertalab Mujgon ikkalamiz dengiz bo‘yida sayr qilib yurgan edik. Kecha yomg‘ir yoqqani uchun havoda kuz salqinligi bor edi. Tumanga, isga o‘xshagan bir bulut quyosh yuzini qoplagan. Dengizning sokin yuzida qaerdan kelganligi noma’lum bir yog‘du titray- di. Uzoqda yelkanlari tushgan bir qancha baliqchi qayig‘i ko‘lanka singari harakatsiz tu- rardi. O‘sha kuni qanday qilib bo‘lsa ham o‘z boshiga qolgan Komronning katta ko‘chadan o‘tib ketayotganini ko‘rib qoldim. Kattakon daraxt tomirida o‘tirgan Mujgon yuzi dengiz tomonga o‘girilgan bo‘lgani uchun Komronni sezmadi. Men ham hech nimani ko‘rmagan kishidek gavdamni yarim- yorti teskari o‘girib oldim. Shu alfozda hech narsa ko‘rmasam, hech nima eshitmasam ham Komronning biz tomonga kelayotganini sezar, vujudimda yengil titroq turganligini his etar edim. Mujgon: — Ha, birdan daming ichingga tushib ketdi? — dedi-yu, boshini o‘girib o‘n-o‘n besh odim narida kelayotgan Komronni ko‘rdi. Oyoq uchida turib, bir necha minut suhbat qilish majburiyatidan qochishning imkoni qolmadi. Komron Mujgonga qarab gap boshladi: — Bugun ham shamsiyangizni esdan chiqarmabsiz-da?— dedi. Mujgon kulib javob qildi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling