Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 dim. Yana shunga o‘xshash bir qancha so‘zlar aytdim. Bular Komronni cho‘chitish uchun, men bilan gaplashishga yo‘l qo‘ymaslik uchun aytilgan shunchaki so‘zlar edi. Xayriyatki, boshqa bolalar ham xuddi shunday ovoz, shunday ohangda qichqirishib, bog‘ni boshlari- ga ilishdi. — Meni ham uchiring, Farida opa. Meni ham. Meni ham. Meni... — Yo‘q, hech qaysingizni olmayman, qo‘rqoq ekansizlar... — Qo‘rqmaymiz, Farida opa, qo‘rqmaymiz, qo‘rqmaymiz, qo‘rqmaymiz... Shu choq uy derazasidan xolamning ovozi eshitildi: — Farida, ularning ham bir oz ko‘ngillariga qara, jonim.. Darhol o‘sha yoqqa o‘girilib, uzundan-uzoq gap talasha boshladim: — Xola, shunday deysiz-u, yiqilib tushib bir yerlarini mayib qilib olishsa, keyin meni koyiysiz. — Aylanay qizim, bolalarni yiqitish shartmi! Sekinroq uchirgin-da. — Xola, bilmagan kishiga o‘xshab gapirmang, iltimos qilaman. Tavba, Choliqushini bil- maysizmi? Menga ishonib bo‘ladimi? Boshimda ming xil fikr. Arg‘imchoq uchayotganimda shayton o‘lgur turtib: “Hayda, hayda, picha tezroq, tezroq” deb turtkilaydi. “Unday de- ma, yonimda yosh bola bor!” deb javob bersam ham, qo‘ymaydi. “Hayda, hayda. Yana picha tezlat, tezlat, nima bo‘lib qolasan!” deyaveradi. Arqon, daraxt shoxlari, yaproqlari ham jo‘r bo‘lishib: “Hayda, Farida, hayda, Farida!” deyaverishadi. Shuncha ha-haga bir bechora Choliqushi qanday chidab tura oladi? O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, axir! Hovurim tusha boshladi, orqam o‘girik bo‘lganiga qaramay, bo‘lamning yonimda tur- ganini his etaman. So‘zim tinar-tinmas, uning gap boshlashiga shubha qilmayman. Nima qilay? Unga ro‘para kelishdan qanday qutulsam bo‘ladi? Bolalardan bittasi etagimga osilgan edi, qo‘ltig‘idan ushlab dast ko‘tarib oldim. Bu yosh o‘rtoqlarimning eng kichkintoyi, yetti-sakkiz yoshli bola edi. Yuzini yuzimga yaqin keltirib turib: — Ko‘ngling qolmasin, seni ham bir uchirib qo‘yay. Lekin bu do‘mboq betingni qonatib olsak, chatoq bo‘lmaydimi? — dedim. Bolaning orqasida soya paydo bo‘ldi. U Komronniki edi. Bola boshini boshimdan ayi- rar-ayirmas, u bilan yuzma-yuz, ko‘zma-ko‘z kelishimga shubham qolmadi. Endi undan qanday qutulaman? Undan qochish, qo‘rqish — dunyoda eng yomon ko‘rgan narsam. Shuning uchun bolani qo‘limdan tushirib, tikkasiga Komronning ko‘zlariga tikildim. — Bor, bola. Komron akangning yoniga bor. U qizlar singari karashmali, nozik yigit. Seni sutdan qolgan yosh onaday allalaydi, chayqatmasdan, charchatmasdan avaylab uchirtiradi. Lekin zinhor tipirchilama. Chunki u kishining nozik qo‘llari seni ushlab qolol- maydi. Ikkoving ham yiqilasan. Niyatim — ko‘zlarimni ko‘zlariga qadab, uni bosh egdirguncha shu o‘tkir zaharli kino- yani davom ettirish edi. Ammo u ko‘zlarini olib qochmas, “bekor urinasan, hamma sirni bilib oldim” deguvchi nazar bilan tikilib turardi. Ana shunda o‘yinni boy berganimni seza boshladim. Boshimni egib, chang qo‘limni ro‘molcham bilan artishga kirishdim. Komron: — Mayna qilyapsan-a, yaramas, — dedi. — Mana, hozir birga uchishamiz, ko‘ramiz... Komron chaqqon bir harakat bilan pidjagini yechib, Mujgonning qo‘liga irg‘itdi. Xolam derazadan: — Hoy, Komron, bolalik qilma. U shayton qizga bas kelolmaysan, o‘t-betingni mayib qiladi! — deb qichqirdi. Bolalar tomosha qiziq bo‘lishini sezib, chetga chiqishdi. Biz arg‘imchoq yonida yolg‘iz qoldik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling