Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 Dastlabki uch oy baholarim juda yomon bo‘ldi. G‘ayrat qilib o‘zimni qo‘lga olmasam, sinfda qolishim turgan gap edi. Yetuklik tabellari tarqatilgan kuni kechqurun Aleksi opa meni burchakka tortib: — Baholaringiz yoqdimi, Farida? — deb so‘radi. Badbin bir alfozda boshimni silkitib: — Ancha yomon, ma soeur, — dedim. — Ancha emas, butunlay. Sizning shunchalik yomon o‘qiganingizni hech ko‘rmagan edim. Aksincha, bu yil yaxshiroq o‘qirsiz deb kutgan edim. — To‘g‘ri aytasiz. Bu yil o‘tgan yilgidan bir yosh ulg‘aydim. — Faqat shuginami? G‘alati! Aleksi opa betimni silar, tagdor qilib kulardi. Nima qilishimni bilmay, ko‘zla- rimni olib qochdim. Voy bu murabbiyalar-e! Dunyo ishlariga hech qiziqmaydigan ko‘rinishsa ham, mayda- chuyda g‘iybatlargacha xabardor bo‘lib turadilar. Kimdan bilishadi? Qanday bilishadi? Oralarida o‘n yil yashaganimga, savdoyi qiz bo‘lmaganimga qaramay, bunga hech tushu- na olmas edim. Bir bahona bilan o‘zimni qutqazish payiga tushganimda Aleksi opa yana shama qildi: — Tabeldagi baholaringizni birovlarga ko‘rsatishdan uyalarsiz deb o‘ylayman, — dedi. Keyin orqasidan tag‘in bir ta’na toshi otdi: — Bu yil sinfdan o‘tmasangiz, bu yerda yana bir yil, uzun bir yil qolish xavfi ham bor. Ko‘rdimki, hujumga o‘tmasam, Aleksi opadan osonlikcha qochib qutulolmayman. Chor-nochor yuzsizlik qilib, yasama soflik bilan: — Xavfi bor deysizmi? Nimaga xavfi bo‘ladi? — deb so‘radim. Aleksi opa ayollar g‘idi-bidisining uchiga chiqqani edi. Bundan ziyodasi men bilan yuz- ma-yuz kelish, ochiqchasiga gaplashish degan so‘z bo‘lardi. Yengilganini sezdirmaslik uchun nozli bir karashma bilan betimga sekin urib qo‘ydi. Keyin: — Uni o‘z aqling bilan topib olarsan, — deb ketaverdi. * * * Mishel bu yil maktabda yo‘q edi. Bo‘lsa, meni albatta gapga solar, miyamdagi pari- shonlikni mutlaqo orttirar edi. Bir yil avval o‘zim to‘qigan hikoyani aytib turganimda qanchalik erkin, jo‘shqin bo‘lsam, bu yil unashilgan qiz vaziyatiga tushganimdan keyin shunchalik qo‘rqoq bo‘lib qoldim. Dugonalarimdan meni tabriklaganlarni qisqa, quruq tashakkur bilan jo‘natar, yaqinlashish maylini ko‘rsatganlardan yuz o‘girib ketar edim. Faqat bittasi, biz yoqlardagi armani doktorning qizi, o‘jarligimni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Dam olish kunlarini maktabda o‘tkazdim. Uch oy ichida uyga ikki, yo uch martagi- na bordim. Sababini o‘zim ham uncha bilmagan bu o‘jarligim Basima xolam bilan Najmiyani ta- jang qilar, Komron esa nima deb o‘ylashini, qanday chora ko‘rishini bilmay qiynalar edi. U dastlabki oylarda maktabga har hafta ko‘rgani kelib turdi. Murabbiyalarim og‘izda bir nima deyishmasa ham, unashilgan yigitning o‘quvchi qiz bilan kelib ko‘rishishiga jahllari chiqar, bo‘lamning meni dahlizda kutib turganini aytib, yuzlarini burishtirar edi. Men odatda dahliz eshigining bir tavaqasini jo‘rttaga ochib qo‘yar, unga suyanib, qo‘llarimni fartugimning qayish kamariga suqqanim holda jilla bo‘lsa besh minut tik turib gaplashardim. Bo‘lam ora-sira xat yozib turish istagi borligini aytgan edi. Lekin men, murabbiyalarimiz tashqaridan keladigan xatlarni turkcha biladiganlardan bittasiga o‘qitti- rib, keyin yirtib tashlashadi, degan bahona bilan bu fikridan qaytardim. Shu ko‘rinishlarning birida oramizdan qora mushuk o‘tgani hali-hali esimda. Komron uzoq turmaganimga jahli chiqib, eshikni zo‘rlik bilan yopib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin men |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling