Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 Mudira xonim: — Sizni kabinetimda kutaman, qizim, — dedi-yu, u ham chiqib ketdi. Bir ozdan so‘ng boya meni himoya qilgan yosh juvon ikkalamiz qoldik. Unga minnatdorchilik bildirish niyatida: — Qarang, meni deb siz ham ancha ovora bo‘ldingiz,— dedim. U “ahamiyati yo‘q” demoqchi bo‘lganday yelkalarini uchirib kuldi. — Jo‘rttaga shunday qildim. Bundaylarning ana shunaqa ta’zirini berib qo‘ymasa bo‘lmaydi. Odamning boshiga chiqib olishadi. Undan keyin sho‘ringiz quriydi. Darsdan keyin ko‘risharmiz, a? Mudiraning kabinetiga borishga bordim-u, lekin eshikni ochib kirishga yuragim betla- madi. Yana shu haqda gap ochilishini o‘ylab ko‘nglim behuzur bo‘ldi. Oyoq-qo‘lim bo‘shashdi, portfelim og‘irlashdi, hech kimga ko‘rinmay maktabdan chiqib musofirxona- ga qaytdim. * * * Hoji xalfa meni ko‘rar-ko‘rmas qo‘llarini silkib yozdi, kuyunib gapira ketdi. — Voy xo‘jonim, sen bechoraning boshingga nimalar solishmabdi-ya! Tavba, butun voqeadan xabardor ekan. Darrov qaerdan ham bilib olganiga hayron- man. — Hazir bo‘l, qizim, ko‘zingni katta och endi. Istambulga yozamiz, deb seni yana laqil- latib yurishmasin. Maorif ministrligida tanishing bo‘lsa darrov xat yozaylik, — dedi. Meni ministrga tavsiya qilgan keksa shoirdan bo‘lak tanishim yo‘qligini aytdim. Hoji xalfa uning otini eshitib, yosh boladay suyunib ketdi. — Voy, u mening valiulne’matim-ku!* — deb yubordi. — U bir vaqtlar bu yerda ido- diya** mudiri edi. Farishtaning o‘zi u, bolam! Yoz, qizim, darrov yoz! Menga hurmating bo‘lsa, mendan ham duo ayt. “Qulingiz Hoji xalfa muborak qo‘lingizni ko‘zlariga surtadi”, degin. * * * Bechora Hoji xalfa oqsoq oyog‘ini sudrab tez-tez tepaga chiqar, “prokurorbey qo‘rqmasin, maorif bo‘limining mudirini qattiq siqishtirsin, haqqi bor”, deyar, yo bo‘lma- sa: “Baladiya injeneri ertaga Istambulga ketayotipti. Maorif ministrligiga uchrayman deb va’da qildi”, degan gaplarini topib kelardi. Bu qanday taajjub o‘lka! Boshimga tushgan savdoni bir soat ichida hamma bilib olipti. Musofirxona qahvaxonasida, hammaning og‘zida shu gap! — Hoji xalfa, bu qanday gap, bu yerda hamma bir-birini bilar ekan! — dedim. Chol ensasini qashib turib: — E, bu yer kichkina hovuchday joy qizim, — dedi.— Bu yer qaerda-yu, toshidan, tu- prog‘idan o‘rgilay Istambul qaerda! Bunday gap u yerda bo‘lsami, hech kim bilmaydi, yopig‘liq qozon yopig‘ligicha ketaveradi. Bu yerning g‘iybati ko‘p. Sen buni bilib qo‘yi- shing kerak. Mendan senga bir nasihat aqlli-hushli bo‘l, odobli bo‘l. Do‘konlarda, bozor- larda yuzingni ochib yurma. Ha-da! (Voy xudo, bu “ha-da” so‘zini shunaqa ham g‘alati qilib aytardiki!) Xudo nasib buyursa, sening ham omading kelar. Bu yerda bir muallima bor edi. Orifa xo‘jonim. Sud raisi o‘shanga uylandi. Mana endi yegani oldida, yemagani ortida. Senga ham xudo shunday baxt bersin. Nima, sen uni chiroyli xotindir deysanmi? Chiroy yo‘l bo‘lsin! Faqat iffatli, og‘ir-vazmin xotin edi. Hozir dunyoda odam uchun no- musdan qimmatli narsa yo‘q! Hoji xalfaning menga ishonchi, husni tavajjuhi kun sayin ortib bordi. Har kuni uyidan mayda-chuyda narsalar: choynak o‘rab qo‘yiladigan to‘r yopiq, kashtali sochiq, yog‘och- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling