Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
80 — Rahmat, men chekmayman, afandim, — dedim. — Men ham burun chekmasdim, — dedi u xotin. — Lekin g‘amu hasrat qo‘ymadi. Qo‘shnim haqiqatan ham baxtsiz edi. So‘zlariga qaraganda, Monastirda tuppa-tuzuk odamning qizi ekan. Bog‘lari, uzumzorlari, ho‘kiz-sigirlari bor ekan. Otasining hovlisida hamisha to‘rt-beshta kambag‘al kun ko‘rib kelarkan. Monastirning obro‘li beylaridan ko‘pginasi unga og‘iz solishgan bo‘lsa ham, bu johillik qilibmi: “Yo‘q, qilich taqqan ofi- tserdan boshqasini xohlamayman”, deb turib olibdi. Koshkiydi o‘shanda onasi rosa kal- taklab, beylardan birontasiga berib yuborgan bo‘lsa emish. Lekin u bechora xotin ham boshiga qanday savdolar tushishini qaerdan bilibdi! Kelib-kelib bittayu bitta qizini belida- gi qilichidan bo‘lak molu mulki yo‘q bir leytenantga beribdi. Hurriyatgacha* bir nav turi- shibdi. Keyin 31 martda eri harakatdagi qo‘shin bilan Istambulga ketibdi. Shu ketgancha hech daragi bo‘lmabdi. Na biron marta kelibdi va na ikki enlik xat yozib yuboribdi. Oxiri, kunlarning birida, Istambuldan kelgan bir dugonasidan erining B... da ekanligini va o‘sha yerda boshqa bir xotinga uylanganini eshitibdi. Nachora, shunday ham bo‘ladi: shariati- miz to‘rttagacha xotin olishga ruxsat beradi! Boyoqish qo‘shnim bir oz yig‘lab-siqtagan- dan so‘ng uch bolasini olib, shu yerga yetib kelibdi. Kelishga kelibdi-ku, lekin eriga man- zur bo‘lmabdi. Bir mahallar yalina-yolvora zo‘rg‘a olgan katta xotininigina emas, hatto ji- garpora bolalarini ham ko‘rgisi kelmay, ularni tez Monastirga qaytlaring, deb qistayotgan emish. “Shuncha yillik erimsiz, menga jabr qilmang!” deb oyoqlariga o‘zini tashlasa ham, itday suykanib yalinsa ham zolim eri olib qolishga ko‘nmayotgan emish. Bu uzun hikoyani eshitib, chidab turolmadim: — Voy aylanay, xonim, sizni yomon ko‘rgan odam oldida nega o‘zingizni shuncha xor qilasiz? U sizni ursa, siz ham uring, alamdan chiqasiz, — dedim. Monastirlik xotin mening johilligimga achinayotganday kulimsirab turib: — Aylanay singlim, axir u ko‘z ochib ko‘rganim-a! Shuncha yil bir yostiqqa bosh qo‘yib keldik. Erdan ayrilish osonmi, aylanay! — dedi-da, titroq tovush bilan bir bayt o‘qidi: “Onadan kechilar, yordam kechilmas”. Mening jahlim chiqib ketdi. — Seni aldagan erkakni qanday qilib sevib bo‘ladi! Men bunga hech tushuna olmay- man, — dedim. U qora tishlarini ko‘rsatib achchiqqina kuldi. — Hali juda ham yoshsiz, singlim. Ishq o‘tida yonmagansiz-da, bilmaysiz. Xudo bo- shingizga solmasin, — dedi. — Men bir qizni bilaman: to‘yiga ikki kun qolganda, unashib qo‘yilgan kishisi boshqa bir xotin bilan yurib aldaganini bilib qolgan-u, unashilganda taqqan uzugini o‘sha hayosizning yuziga otib urib, begona yurtlarga boshini olib ketib qolgan. — Keyin pushaymon bo‘lgandir u qiz, singlim, bechora? Sog‘inib-sarg‘ayib, yuraklari qon bo‘lgandir. Urushda o‘q yeganlarni hech eshitmaganmisiz, singlim? Ba’zilari o‘q yeganlarini bilmay qolishadi, yana uch-to‘rt qadam ilgari ham bosishadi. Yara yangiligida og‘rimaydi, singiljon. Bir oz sovisin, innaykeyin ko‘rasan. Boyoqish qiz xo‘p kuyib-yona- di, qiynaladi. Birdaniga karavotdan sakrab tushdim, jinnilarday uyda u yoq-bu yoq yura boshladim. Yomg‘ir derazalarni qamchilar, ko‘chadan itning xirillab hurgani eshitilardi. Monastirdan kelgan xotin ichidan xo‘rsinib olib, so‘zini davom qildi: — G‘urbat eldaman. Qanotlarim siniq. Qo‘limda kuch-quvvat, tanimda mador yo‘q. Monastirda bo‘lganimda hash-pash deguncha erimni bu manjalaqining qo‘lidan tortib olardim, a! Hayronlikdan ko‘zlarimni katta ochib: — Qanday qilardingiz? — dedim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling