Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 yernikidan birmuncha kamroq. Lekin buning evaziga u yerda go‘sht, sut, tuxum va boshqa ovqatlar narxi bu yerdagi bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada arzon. Xohla- sangiz, u yerdan ancha-muncha pul ham orttirib olasiz. Albatta, imkon tug‘ildi deguncha, oyligingizni orttiraman, bu yerdagi oylik bilan baravar bo‘lib qoladi. U holda maoshingiz bu yerdagi idodiy maktabining mudirasinikidan ham ortiqroq bo‘ladi.. Bu taklifga nima deb javob berishni bilmay qoldim. Maorif mudiri so‘zini davom ettirdi: — Maktabda bitta qari xotin bor. U ham dars beradi, ham maktab ishlarini qiladi. Asli- da namozini ham, niyozini ham kanda qilmaydigan bir xotin. Faqat yangicha o‘qitish usullarini bilmaydi, xolos. Xohlasangiz, siz uni ham tarbiya qilasiz. Mabodo, Zaynilar yoqmaydigan bo‘lsa, menga ikki enlik xat yozib yuborsangiz, sizni darhol bu yerga, o‘zingizbop joyga chaqirib olaman. Shoshmay turing, hali u yerni ko‘rgandan keyin mar- kazga tayinlashsa ham “bormayman” deb oyog‘ingizni tirab olasiz. * * * Havo yaxshi, manzara yaxshi, yegulik-ichkulik arzon, odamlari soz. Qisqasi, Shvey- tsariya qishloqlaridan biri. Shunday bo‘lgandan keyin odam bolasi xudodan yana nimalar tilashi mumkin? Ko‘zimning oldiga quyoshli yo‘llar, salqin bog‘lar, dalalar, o‘rmonlar kelar, yuragim dukillab urardi. Shunday bo‘lsa ham birdaniga “xo‘p” deyishga yuragim botinmasdi. Hech bo‘lmasa, bu narsani Hoji xalfadan so‘ramay hal qilolmas edim. — Endi ruxsat bersangiz, ikki soatdan keyin kelib, javobini bersam, afandim, — de- dim. Mudirbeyga bir oz jon kirgandek bo‘ldi. — Lekin, qizim, bu ish juda shoshilinch. Boshqa talabgorlar ham bor. Qo‘ldan chiqar- sang, keyin aralashmayman. — Unday bo‘lsa, loaqal bir soatga javob bersangiz, bey afandim, — dedim. Maorif mudirining yonidan chiqa solib dahlizda raqibam Huriya xonimga ro‘para kelib qolsam bo‘ladimi! B...da bizga ikki raqiba degan nom qo‘yganlarini bir necha kun avval yana o‘sha Hoji xalfadan eshitgan edim. Bu xotindan shunchalik yurak oldirgan edimki, yuzini ko‘rib qo‘rqib ketdim. O‘zimni ko‘rmaslikka solib yonida tez o‘tib ketmoqchi bo‘ldim. Lekin yo‘limni to‘sdi, sulloh tilanchiday chodramni baridan ushlab menga gapira boshladi. — Xonim afandi qizim, qaysi kuni sizga nisbatan yomon odobsizlik qildim. Xudo xay- ringizni bersin, mening gunohimni kechiring. Asab yomon narsa. Yomon xafa bo‘luvdim- da... Oh, qizim, mening boshimga tushgan savdolarni bilsangiz, ahvolimga achinardin- giz. Harholda, odobsizlik qilganim uchun kechiring. Men qo‘rqib: — Hechqisi yo‘q, afandim, — dedim-da, o‘tib ketmoqchi bo‘ldim. Lekin u negadir meni qo‘yib yuborishni istamas edi. Avvalo, ahvolidan shikoyat qildi, qo‘lida besh jon bilan ko‘chada qolishini, tilanchilik qilishga majbur bo‘lishini aytdi. Huriya xonim borgan sari qaynar, ovozini pardama-parda ko‘tarib, jirkanch bir tarzda yolvorardi. Men nima deyishimni, nima qilishimni bilmay shoshib qoldim. Hammasidan ham yomoni bu ayanch komediyani ko‘rish uchun atrofimizga mahkama xodimlari, kotiblari, qahva va sharbat tashiydigan yugurdak bolalardan iborat kattakon olomon to‘plandi. Yuzim, qo‘llarim o‘tdek yona boshladi. Uyalganimdan yerga kirib borardim. Endi men yalina boshladim: — Iltimos qilaman, xo‘jonim, sekinroq gapiring. Hamma bizga qarab turibdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling