Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 — Xudo umringga baraka bersin, aylanay qizim! Endi boshim tinchib qoldi, — dedi. Ammo maqsadim faqat shundangina iborat emas edi. Men bolalarga biroz hayot va shodlik ham berish tilagida edim. Afsuski, bu tilakka yetishning iloji yo‘qdek ko‘rinadi. Bu qishloqning uylarida, ko‘chalarida, mozorlaridagi singari bolalarida ham qora g‘am- ginlik bor edi. Rangsiz lablari kulishning nima ekanligini bilmas, harakatsiz, hamisha g‘amu hasrat to‘la ko‘zlari doimo o‘limni o‘ylayotgandek ko‘rinadi. Men ham sekin-sekin o‘shalarga o‘xshab boryapmanmikan? Ilgarilari o‘lim to‘g‘risida fikrim butunlay boshqacha edi: odam ellik yoshigacha, oltmish yoshigacha, xullas, xohlaganicha, char- chaganidan madori quriguncha yuradi, yuguradi, ishlaydi, so‘ngra ko‘zlari shirin uyqu is- tagi bilan yumila boshlaydi. Ana shunda oppoq, toza ko‘rpaga kirib yotadi. Uyqu uni qamrab oladi-da, g‘alati bir kayf ichida kulimsirab, qattiq uyquga toladi. Quyosh nurlari- da porlagan oq marmarlar ustiga quchoq-quchoq gullar sochiladi... O‘sha marmarlardagi kichkina chuqurchalardan suv ichgani qushlar kelib qo‘nadi. O‘lim so‘zini eshitganimda, ko‘zlarim qarshisiga shu xil jonon va shodon manzaralar kelardi. Endi uning achchiq ma- zasini yer, o‘simlik va sarvi daraxtlari orasida tilim bilan totib, dimog‘larim bilan bo‘ylari- ni hidlayotgandayman! Bolalarning shunchalik og‘ir, shunchalik noxush ekanliklarida Xaticha xonimning ham ancha-muncha aybi bor. Bu boyoqish xotin muallimaning vazifasi bolalar qalbidagi dunyoviy istak va intilishlarni yo‘qotishdan iborat, deb tushunadi. Shuning uchun har mahal bechora bolalarni o‘limga duch keltirishga harakat etadi. Uning fikricha, devordagi bir necha tabiiyot lavhalari sinfga shu maqsadda keltirilgan. Masalan: Bu dunyo fo-niy-dir, hech kim-ga qol-mas, O‘t, ey dunyo, o‘t, ey oxir za-mon-dir, — qabilida qo‘rqinchli she’rlar o‘qitgandan so‘ng skelet surati solingan qog‘ozni ko‘rsatadi, “Ertaga, biz o‘lganimizdan keyin etlarimiz yo‘qolib, suyaklarimiz mana shunday bo‘lib qoladi!” deb o‘limning dahshatini, go‘r azoblarini tushuntira ketadi. Kampirning fikricha, narigi suratlar ham shu narsalarni ifoda etadi. Masalan, qishloq xonadoni tasvir etilgan suratni ko‘rsatib: “Xudoyi taolo bu qo‘ylarni qullarim yesin, keyin menga ibodat qilishsin, deb yaratgan. Biz-ku shu qo‘ylarni to‘yib o‘lmagan qornimizga joylaymiz, lekin ollohi taolo oldidagi burchimizni o‘tayapmizmi? O‘tash qayoqda! Lekin ertaga tuproqqa kirganimizda, munkarnakir qo‘lida o‘tli gurzisi bilan tepamizga kelgan- da, ko‘ramiz, holimiz qalay bo‘lar ekan?” Shu taxlitda allanarsalar so‘ylar, yana o‘lim ta- svirini boshlar edi. Ilon surati solingan rasmga kelsak, Xaticha xonim buni Shohmoron, ya’ni ilonlar pod- shosi, deb tushuntiribdi. Qishloqilar og‘rib-netib qolishsa, ismlarini ana shu ilonning qor- niga yozib, ularni shifolab kelgan. Ha, bu bechora bolalarning vaqtlarini bir oz chog‘ qilish, ularni kuldirish uchun nimalar qilmadim! Faqat butun qilgan harakatlarim zoe ketmoqda. Maktabga tanaffus usulini ham kirgizdim. Bolalarni yarim soatda, bir soatda bir marta boqqa olib chiqar, ularga ko‘ngil ochadigan qiziq-qiziq o‘yinlar o‘rgatar edim. Lekin, nima uchundir, bu o‘yin-kulgi- lar bolalarni qiziqtirmas edi. Ana shunday kezlarda bolalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yib, bir chetga chiqib turardim. Mehnat ezgan, jafo ko‘rgan katta yoshli odamlarga o‘xshash, ranglari so‘lg‘in, ko‘zlari g‘amgin bu kichkina qizchalarning eng yaxshi ko‘rgan o‘yinlari bir burchakka tiqilib olib, o‘lim, tobut, janoza, Azroil, qabr kabi qo‘rqinchli so‘zlar bilan to‘liq diniy ashulalar aytish- dan iborat edi. Yana bitta ashulalari bor ediki, buni titroq tovushchalari bilan chinqirib uvillashardi: O‘g‘ri-lar ka-bi yechin-ti-rar se-ni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling