Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
99 keyin o‘zimning muallimalik qiyofam qanday bo‘lishini o‘ylab qo‘ygan edim. Fikrimcha, muallima o‘z vazifasini bajarib turgan paytda boshqa xotinlar singari kiyinmasligi kerak. Ijodim juda sodda edi: tizzagacha tushib turgan qora satin ko‘ylak, belda ingichka qay- ish kamar, pastroqda ikkita kichkina cho‘ntak — biri ro‘molcha uchun, ikkinchisi xotira daftarchasi uchun. Lekin bu qora manzarani bir oz ochish uchun oq matodan serbar yoqa qilinadi. Men uzun sochlarni yoqtirmayman, lekin o‘qituvchi xotin sochini kalta kes- tirishi yaramaydi. Bir oydan beri sochimni uzaytirishga har qancha tirishsam ham, hali- gacha yelkamga tushgani yo‘q. Men birinchi darsga tayyorlanib, xuddi shu taxlitda kiyindim. O‘jar sochlarimni pesho- namga tushmasin, deb xo‘p taradim. Yaltiroq, qora ko‘ylagim, taroqdan qutular-qutul- mas yana dikkaya boshlagan kalta sochlarim ustidagi bu yashil durra shu qadar g‘alati bo‘lib ko‘rindiki, qahqaha urib kulib yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a ushlab qoldim. Sochlarimni Xaticha xonim bergan yashil durra bilan o‘rashga majbur qilgan o‘quvchi bolalarimni sizlarga tanishtirib o‘tay. Eng avval sinfdagi butun umrini sichqon singari sandiqda o‘tkazadigan kichkina Vahbi. Bu bola chindan ham shum sichqonga o‘xshaydi: munchoq singari qora, yaltiroq ko‘zlari mug‘ambir, kichkina yuzi, uzunchoq iyagi bor, u maktabning eng shayton bolasi... Bo‘ri bolasidek yumaloq, oq ko‘z, yaltiroq tishli, qip-qizil labli, qop-qora arab bola — Ja’far og‘a. Uni birov Ja’far deb chaqirsa, maktabda hech qanday javob bermay, ko‘cha- ga chiqqach, tosh otar ekan. O‘n yashar Ashur; bu skelet singari ozg‘in, kir, iflos yuzini chechak buzgan cho‘tir bo- la. Nihoyat, sinfning eng ko‘zga ko‘ringan bolasi — Hafiz Nuri. Bu bola o‘n yoshga endi kirgan bo‘lsa ham, yuzi yetmishga kirgan cholniki singari burishib-tirishib ketgan. Iyagi- ning tagida bitgan yarasi bor. Yalang‘och bo‘yni barglari sidirib olingan novdaga o‘xshay- di. Shishib ketgan kasal qovoqlarida bitta ham kiprik yo‘q, tuxumga o‘xshagan boshida oq salla. Gapning qisqasi, bu pulga tomosha qildiriladigan ajoyib maxluqning o‘zi. Shu kuni ertalab Xaticha xonim qabristondan yangi kesib chiqilgan uzun chiviqlarni yoniga qo‘yib olib, bolalarni bitta-bitta chaqira boshladi. Chaqirilgan bola Xaticha xonim- ning savollariga javob berib turganda, butun sinf avvalgidek shovqin-suron bilan darsini pishiqtirardi. Esimda: Aleksi opa sinfda shovqin solgudek bo‘lsak, sham singari sap-sariq barmoqlarini bir-biriga kirishtirib, Bibi Maryam taxlitida moviy ko‘zlarini yuqoriga ko‘ta- rardi-da: “Menga jahannam azobini tortdiryapsiz”, — deyar edi. Sinfdagi hamma shovqin, hamma tartibsizlikning sababchisi, albatta, Choliqushi bo‘lardi. Mana endi ana shu shovqin-suron azoblarini o‘zing boshingdan kechiryapsan, Choliqushi! Odamni jinni qiladigan bu shovqinni bosish uchun, o‘quvchilarimni ovoz chiqarmay o‘tirishga, sinfda berilgan darsni hamma baravar eshitishga o‘rgatish uchun ikki hafta jon kuydirdim. Xayriyat, mehnatim zoe ketmadi. Dastlabki kunlarda qanchalik g‘ayrat qilsam ham, lekin ularni eplay olmadim. Xaticha xonimning sinfda ilon singari chinqirgan ingichka novdalaridan keyin ovozim ularga juda jonsiz eshitilar edi... Ba’zan ilojini topolmay: “Xa- ticha xonim, bu yoqqa keling!” — deb tashqariga baqirar edim. Uning supurgiga o‘tirib olib, osmonda uchib yuradigan yalmog‘iz singari sinfga otilib kirishi dardimga davo bo‘lardi. Nihoyat, sinfdagi shovqin-suronlarni sekin-asta bosishga muvaffaq bo‘ldim. Endi sinf- da pashsha uchsa eshitiladi. Bolalar sekin-sekin so‘zga kiradigan bo‘ldilar. Sinfda qancha baqirib-chaqirib o‘qishsa, darslari shuncha miyasiga yaxshi kiradi, deb ishongan Xaticha xonim ham xursand. Xaticha xonim suyunganidan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling