Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
162 ham butun qalbimdan tashakkur bildiraman. Lekin buning iloji yo‘q, — dedim. Uy bekasi shoshib qoldi. — Nega qizim? Haligina uni yoqtirganingizni, chiroyli ekanini aytuvdingiz-ku! Men kuldim. — Xonim afandim, yana qayta aytaman: Ehsonbey chiroyli va arziguli yigit, lekin ora- mizda nikoh imkoni borligi aqlimga kelgan yo ko‘nglimdan o‘tgan bo‘lsa, uning fazilatlarini ochiq-oshkor ayta olarmidim, afandim? Bu narsa yosh qiz uchun haddan ziyod yengiltaklik bo‘lmasmidi? Ona-bola yana bir-biriga qaradi, oraga qisqagina sukunat tushdi. Keyin Narima xonim qo‘llarimni ushlab: — Farida xonim! Harholda uzil-kesil javobingiz shu bo‘lmasin, chunki Ehsonbey juda qattiq xafa bo‘ladi. — Yana qaytarib aytaman: Ehsonbey juda chiroyli yigit, xohlaganini ololadi. — Shunday-ku, lekin u sizni xohlaydi. Boya o‘rtoqlari bilan garov o‘ynaganini aytdik. Hech jahonda shunday ham qiladilarmi, go‘zalim? Bola bechora o‘n kundan beri o‘t ichi- da: “O‘lsam o‘lamanki, undan qaytmayman, albatta olaman!” — deydi. Narima xonim bu gapni hali ko‘p cho‘zishini, meni ko‘ndirish uchun ancha harakat qili- shini sezib, buning iloji yo‘qligini yumshoq so‘zlar bilan qat’iy qilib tushuntirdim. Keyin ketishga ijozat so‘radim. Narima xonim qattiq xafa bo‘ldi. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib, onasiga: — Oyijon, Ehsonga o‘zingiz ayting, mening og‘zim bormaydi. Farida xonim rad etar, deb o‘ylamagan edim. Endi juda qattiq xafa bo‘ladi-da, — dedi. Oh, bu erkaklar-a! Hammasi ham xudpisand, hammasining ham kibri havosi baland! Bizlarning ham qalblarimiz borligini, bizlarning ham “albatta” xohlagan narsalarimiz bo‘li- shi mumkinligini hech eslariga keltirgilari kelmaydi. * * * Poshoning aravasi meni uyimga keltirib tashlaganda, Munisa qo‘shnimiznikida ekan. Yechinmasdan avval o‘zimni yana bir oynakka solib, tomosha qilmoqchi bo‘ldim. Uy ichi olaqorong‘i edi. Devorga tushib turgan xira oy yorug‘iga o‘xshash oynakda o‘zimni zo‘rg‘a-zo‘rg‘a tanir edim. Bilmayman, qanday nur o‘yini bo‘ldi: kalta ko‘k ko‘ylagim ko‘zimga oppoq ko‘rinib ketdi. Etaklari uzayib, qorong‘ilikda cho‘zilib yotgan oq ipakka o‘xshardi. Birdan qo‘llarim bilan yuzimni to‘sdim. Xuddi shu payt Munisa uyga yugurib kirdi-da: — Opajonim! — deb qichqirdi. Undan yordam so‘rayotganday qo‘llarimni uzatdim. “Munisa!” demoqchi edim, lekin lablarimdan boshqa bir ism, meni nafratlantirgan katta dushmanimning ismi chiqib ket- di! * * * Ch..., 6 may. Shu hafta sovchilardan boshim chiqmadi. Kechagi masxarabozlikdan o‘zimni o‘nglab olishga ulgurmay, bugun yana bir komediyaning qahramoni bo‘ldim. Faqat bunisi kecha- gisidan ming qatla yomon, ayanchli komediya bo‘ldi. Voqeani o‘zgartirmay yozaman. Sahna — bizning pastdagi mehmonxonamiz. Birdan Hoji Qurbon afandining xotini kirib keldi. Egnida faqat to‘ylargagina yopinib boradigan hashamatli chorshaf, bo‘ynida shoda-shoda tila marjon. Ahvoli g‘alati, ko‘zlari yig‘lagan- ga o‘xshaydi. Gaplashishga boshlaymiz. Men: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling