Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
G‘azab kuchidan tovushim bo‘g‘ilib: 
— Nechun menga bu og‘ir tuhmatni ravo ko‘rdingiz? Axir qaerdan bilasiz? — dedim. 
— Esingdadir, bunga Zaynilar qishlog‘ida ko‘rishganimizdayoq tushunganman. Yashir-
may qo‘ya qol, bekor ovora bo‘lasan. Bola ko‘zlaringdan ishqing yoshday oqib turibdi... 
Ko‘z o‘ngim qorayib, quloqlarim shang‘illardi, u esa hamon gapirar edi: 
Sen boshqalardan ajrab turasan, boshqalar orasida yot-begonaday ko‘rinasan. Ku-
lishlaring shu qadar horg‘in, alamliki, yuragim ezilib ketadi, kichkina! Bilsang, tush 
ko‘rayotgan odamlargina shunday kulishi mumkin. Sen aslida boshqalardan o‘zgacha 
yaratilgansan. Sirli bo‘sadan tug‘ilib, yana shu bo‘sa bilan oziqlangan, o‘sgan parilar bor, 
deyishadi. Bu gapni butunlay uydirma deb bo‘lmaydi, nimaga desang, u parilarning 
dunyoda namunalari bor. Faridajon, sen o‘shalarning bittasisan. Voy tentak qiz-ey
yomon yanglishgansan-da! Nima bo‘lganda ham u esi pastni qo‘ldan chiqarmasliging ke-
rak edi. Axir baxting ochilib ketardi! 
Birdan faryod ko‘tardim, tipirchilab yer tepindim: 
— Nega bu gaplarni aytdingiz? Menda nima qasdingiz bor? — deb yig‘lay boshladim. 
Ana shundan keyin doktor aytgan gaplariga pushaymon bo‘ldi. 
— To‘g‘ri aytasan, kichkina, haqqing bor. Bu narsalarni senga aytmasligim kerak edi.  
Ahmoqlik qildim, kechir meni, kichkina, — deb menga tasalli bera boshladi. 
G‘azabim haddan tashqari qaynagan edi, yuziga ham qaragim kelmay: 
— Ko‘rarsiz, men uni yomon ko‘rganligimni bir isbot qilib beray! — dedim-u eshikni taq 
yopib chiqib ketdim. 
 
*  *  * 
Yana 25 fe-v-ral, ke-cha-si. 
Ehsonbeyning chirog‘ini olib kelganimda, u hamon formasini yechmagan, kechki sha-
faqning dengizdagi o‘yinini deraza yonida tomosha qilib turgan edi. 
Men indamay chiqib ketmaslik uchun: 
— Harbiy formangizni juda sog‘inib qolibsiz-da, afandim, — dedim. 
Xonaga oqshom olaqorong‘iligi cho‘kkan edi. Ehsonbey shu olaqorong‘ilikdan yurak-
langanday dudmalgina qilib kulimsiradi, keyin o‘z dardini birinchi marta ochib aytdi: 
— Harbiy formani deysizmi, afandim? Ha, endi birdan-bir umidim shunda qoldi. 
Yuzimni shu ahvolga keltirgan ham o‘zi. Endi meni bu falokatdan qutqazadigan ham 
yana o‘zi bo‘ladi. 
Men bu so‘zlarning ma’nosiga tushunmay, Ehsonbeyning yuziga hayron bo‘lib qara-
dim. U chuqurgina tin olib davom etdi: 
— Bu qiyin narsa emas, Farida xonim. Aslo taajjubga o‘rin yo‘q. To‘g‘ri harakatdagi 
armiyaga qaytaman. Granata chala qoldirgan ishni urush oxiriga yetkazsin, ana unda 
men ham qutulaman. 
Yosh mayor bu so‘zlarni kichkina bola o‘ksinishi va iztirob bilan aytdi. Men unga 
orqamni qilib chiroq yoqayotgan edim. Haligi so‘zlaridan keyin bildirmasdan gugurtni pu-
flab o‘chirdim-u piligini tuzatmoqchi bo‘lganday chiroq ustiga engashib, nihoyatda past 
tovush bilan: 
— Unday demang, Ehsonbey. Xohlasangiz baxtiyor bo‘lishingiz mumkin. Masalan, 
yaxshigina bir qizga uylansangiz, shiringina oilangiz, bolalaringiz bo‘ladi, hamma narsa 
esdan chiqib ketadi, — dedim. 
Unga qayrilib qaramasam ham menga o‘girilmay, hamon deraza yonida dengizni to-
mosha qilayotganini sezib turardim. 
Farida xonim, naqadar pok yurakli qiz ekanligingizni bilmasam, meni masxara 
qilyapsiz deb o‘ylardim. Meni shu ahvolimda kim ham xohlar edi? Men bu kepataga tush-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling