Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
masimdan avval hech bo‘lmasa yuzimga kulmay qarashlari mumkin bo‘lgan kunlarda 
ham bir qizga yoqmadim, endi shu nogironlik bilan... 
Ehsonbey so‘zini davom ettirmadi, bir oz jim turgandan keyin, o‘zini bosib olishga tiri-
shib: 
— Farida xonim, bular bekorchi gaplar. Kechiring, chiroqni yoqib yuborsangiz, — de-
di... 
Yana bitta gugurt chaqdim, lekin qo‘limni, nima uchundir, chiroqqa olib borolmadim, 
ko‘zlarimni lipillab turgan o‘tga tikib, xayol surib ketdim, men shu taxlitda gugurt cho‘pi-
ning yonib bo‘lishini kutardim. Xonaga eski olaqorong‘ilik tushgandan keyin: 
— Ehsonbey, siz o‘sha muvaffaqiyatga erishgan damlaringizda mag‘rur, xudbin kishi 
edingiz, — dedim. — Alam va umidsizlik qalbingizni hozirgiday ingratmagan edi. O‘shan-
da maslagingizni, hatto aziz joningizni ham xavfda qoldirib, bir bechora qizni, bosh-
lang‘ich maktabning bir faqir muallimasini himoya qildingiz. Ke- yin hammasidan ham 
muhimi shuki, — dardingizni bilaman, yo‘q, yashirmang endi, — shu bugungisidan kam 
baxtsiz emasdingiz. Shunday bo‘lgandan keyin nega endi o‘sha bechora boshlang‘ich 
maktab muallimasi o‘z hayotini sizning baxtingiz yo‘liga tikmasin? 
Yarador mayor ichidan yopirilib chiqqan bir tovush bilan: 
— Farida xonim, iltimos qilaman, ro‘yobga chiqmaydigan bu xil xayollar bilan meni 
butunlay baxtsiz qilmang! — dedi. 
Men qat’iy qarorga kelgan edim. U tomonga shartta o‘girildim. Boshimni solintirib: 
— Ehsonbey, meni qabul qiling, iltimos qilaman!— dedim. — Yo‘q demang, ko‘ramiz, 
sizni baxtiyor qilaman, baxtli bo‘lib yashaymiz... 
Ko‘z yoshlarim o‘ngimda parda tortdi, qorong‘ida mayorning yuzini ko‘ra olmadim. 
Ehsonbey uzatgan qo‘limni lablariga keltirdi-da, qo‘rqa-pisa barmoqlarimning uchini 
o‘pdi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling