Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

 
*  *  * 
Qusha-da-si, 25 fe-v-ral. 
Ehsonbey biz kutgandan ertaroq tuzalib ketdi. Bugun ertalab sutchoyni olib kirsam


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
kiyinib olgan ekan. Bir yilcha avval Abdurahim poshoning bog‘ida porlab turgan formasi, 
chiroyli va mag‘rur chehrasi bilan menga duch kelgan shtab kapitani ixtiyorsiz ko‘z 
o‘ngimda gavdalandi. Bu mayorlik formasining yoqasi ichida ingichka bo‘yni qiltirab tur-
gan, yuzidagi yara izidan xuddi ayb narsaday uyalayotgan dardli askar nahotki o‘sha chi-
royli, mag‘rur shtab kapitani bo‘lsa? 
Xafa bo‘lganimni yashirolmadim, buni boshqa narsaga yo‘yishga tirishib, yolg‘onda-
kam jahl qildim: 
— Ehsonbey, bu axir yosh bolalik-ku! Butunlay tuzalmay turib, nimaga kiyinib oldin-
giz? 
Ehsonbey ko‘zlarini yerga olib: 
— Yotaverish odamni battar kasal qiladi-da, — dedi. 
Ikkalamiz ham jim bo‘lib qoldik. Bir ozdan keyin Ehsonbey ta’bi tirriqligini yashirishga 
tirishib: 
— Ketmasam bo‘lmaydi, shukur, tuzalib ketdim, — dedi. 
Rahmim kelganidan yuragim ezildi. Sezdirmaslik uchun gapni darrov hazilga aylantir-
dim: 
— Ehsonbey, chog‘imda, gapimga kirmaydiganga o‘xshaysiz. Yana jangari qaysarli-
gingiz qistab turibdi, deyman-a! Hozir borib doktorga chaqaman, kelib ta’ziringizni bera-
di! — dedim. 
Patnisni qo‘ydim-u shoshib tashqariga chiqib ketdim. Lekin doktorning oldiga borma-
dim. 
 
*  *  * 
25 fe-v-ral (kech-ki payt). 
Xayrullobey bilan qattiq aytishib qoldim. Ish ustida emas, yo‘q, birovlarning ishiga 
aralashaverishda haddidan oshib ketgani uchun... 
Ehsonbey to‘g‘risida gaplashib turib edik. Men yuzining buzilganidan juda qattiq xafa 
bo‘layotganini aytsam, Xayrullobey labini burib: 
— Haqqi bor, men uning o‘rnida bo‘lsam o‘zimni dengizga tashlardim. Bunaqa basha-
ra baliqlarga yem bo‘lishdan boshqa nimaga yarardi! — deb qolsa bo‘ladimi!   
Jonim chiqib ketdi. 
— Men sizni boshqacha odam deb o‘ylab yurardim, doktorbey. Qalb go‘zalligi oldida 
yuz go‘zalligining necha pullik ahamiyati bor? — dedim. 
Xayrullobey kulib, meni mazax qila boshladi. 
— Bekor aytibsan, kichkina. Bundaqa basharali odamga birov qayrilib ham qaramay-
di. Ayniqsa, sening yoshingdagi qizlar. 
Gapining rostligini ta’kidlash uchun yoqasini tutdi. Men isyon qildim. 
— Sirlarimni jinday-jindaydan o‘g‘irladingiz, shu yo‘sinda hayotimni ozmi-ko‘pmi bilib 
ham oldingiz. Mening chiroyli, nihoyatda chiroyli nishonlim bor edi. Meni aldadi, men uni 
qalbimdan yulib chiqardim, men undan nafratlanaman! 
Xayrullobey yana xaxolab kulib yubordi. Keyin oq kipriklar ichida mug‘ambirlik bilan 
kulib turgan moviy ko‘zlarini xuddi qalbimni ko‘rmoqchi bo‘lganday yuzimga tikib turib: 
— Qani, menga bir qara-chi, kichkina, — dedi. — Unday emas, ko‘zimga qarab turib 
ayt-chi: uni yaxshi ko‘rasanmi-yo‘qmi? 
— Yomon ko‘raman, nafratlanaman! 
Doktor iyagimdan ushladi, hamon ko‘zlarimga tikilib turib: 
— Voy bechora-ey! Shuncha yildan beri uning yo‘lida qovdek yonib kelyapsan-ku! U 
hayvon sen bilan birga o‘ziga ham jabr qilyapti. Bundaqa ishqni u dunyo-bu dunyo topol-
maydi, — dedi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling