Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
195 bolani chaqirdi. — Bu yoqqa kel, Husayn, valine’matingning qo‘lini o‘p. U bo‘lmaganda sen hozir bir hovuch tuproq bo‘lib ketarding, — dedi. Qari doktor Husaynning oftobda kuyib, terlab ketgan yuzini silab turib: — Men unaqa qo‘lini quruq o‘ptirib ketaveradiganlardan emasman, yigit. Undan ko‘ra bizni molangga mindirib o‘ynat, — dedi. Ikkita kuchli ho‘kiz qo‘shilgan molaga mindik. Bug‘doy dengizining sariq to‘lqinlari us- tida besh-o‘n minutcha gasht qilib aylandik. * * * Bugun u voqeani yozsam bo‘ladi, yuragim chidash berar deb o‘ylayman. Daftarimning oxirgi sahifasini yozgan kechamning ertasiga ertalab Munisaning ahvoli og‘irlashdi. Ovozi butunlay bo‘g‘ilib qoldi. Bechora bolam! Nafas ololmay qiynalar edi. Ni- ma bo‘lsa ham boshqa doktor olib kelmasam bo‘lmaydi deb endi chorshafimni yopina boshlaganimda, Xayrullobey kirib keldi. U kasalni qarab, qo‘rqinchli hech narsa yo‘qligini aytdi. Lekin qovog‘i tushib, xayol surib qoldi. Qovog‘i tushib ketganligi menga yoqmaganini botinqiramay o‘ziga aytdim. Doktorning jahli chiqdi. Yelkalarini qisib: — Ko‘p g‘idi-bidi qilaverma! O‘zim charchab o‘lib turibman, to‘rt soatlik yo‘ldan kel- dim-a! Senlarga xizmat etganim yetmay, tag‘in dilimni siyoh qilishing qoldimi?— dedi. Xayrullobey og‘ir kasallarni ko‘rganda harvaqt shunaqa asabiylik, qo‘pollik qilardi. Yuzimga qaramaslikka tirishib: — Keragi bo‘lmasa ham bir-ikkita tanish doktorlarni chaqiraman. Qog‘oz-qalam olib kel, tez bo‘l, — dedi. Bugun hamma ishim teskarisidan kelaverdi. Ertalabdan beri maktabdan uch marta xodima chaqirib keldi. Maorif ministrligi kengashining ikkita a’zosi bilan bir inspektor ke- libdi. Mendan ba’zi narsalarni surishtirishmoqchi emish. Xodima uchinchi marta kelgan- da, yoqasidan sudrab ko‘chaga chiqarib tashlaguday bo‘ldim. Xayrullobey, jahli chiqib, meni jerkib tashladi: — Sen bu yerda nima qilasan? Bor, ishingni qil. O‘zim charchab o‘lay deb o‘tiribman-u yana sening xarxashangni ham ko‘taraymi? Bo‘l tez, chorshafingni yopin, marsh! Bu yer- da ivirsib, meni ishdan qoldiryapsan. Xudo ursin, bo‘lmasa hozir chiqib ketaman. Qari doktor ovozini shu qadar qo‘rs, ters qilib buyurdiki, bo‘ysunmaslikning iloji qol- madi. Churq etolmay qoldim. Pechim ostida yig‘lay-yig‘lay maktabga ketdim. Maorif ministrligi meni dunyoning barcha nozu ne’matlariga g‘arq qilganda ham bu- gungi fidokorligim haqini to‘lay olmaydi. Inspektorlar sinfma-sinf yurib bolalarni imtihon qilishar, daftarlarni ko‘rmoqchi bo‘lishar, kurakda turmaydigan ming turli narsalarni so‘rashardi. Boshimga tushgan falokat ichida nima o‘ylaganimni, javob qilganimni bil- mayman. Vaqt choshgohdan oshgan bo‘lsa ham ular hamon ketishmas edi. Oxiri ulardan biri parishonligimni sezib: — Tobingiz yo‘qmi, mudira xonim? Yuzingiz iztirobli ko‘rinadi, — dedi. Ortiq o‘zimni tutolmadim, marhamat tilayotganday bo‘ynimni egdim, qo‘llarimni qovu- shtirib: — Uyda bolam o‘lyapti, — dedim. Achinishdi, bema’ni tasallilar berishdi, keyin ketishimga ruxsat etishdi. Uyim bilan maktab orasi nihoyati besh minutli yo‘l. Lekin hozir u yo‘lni yarim soat, balki undan ham uzoqroq muddat bosdim. Ertalabdan beri tezroq uyga qaytsam deb uchib turganimga, qiynalganimga qaramay, endi u yoqqa borishga nima uchundir oyog‘im tortmas edi. Ko‘chalarda yolg‘iz gandiraklar, devorlarga suyanib qolar, yura- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling