Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 Bo‘lam kulib: — Nimaga qarab turibsan, Farida, qo‘rqyapsanmi?— dedi. Bu safar yuziga qarashga yuragim betlamay: — Nega qo‘rqar ekanman, — dedim-u, arg‘imchoqqa osildim. Arqon g‘ijirladi, arg‘imchoq sekin-sekin harakatga keldi. Men ehtiyot bilan harakat qilar, uchishning nihoyatda og‘ir bo‘lishini sezganim uchun kuchimni tejar, tizzalarimni asta-sekin bukish bilan kifoyalanar edim. Sur’atimiz orta borib, daraxt larzanglay, yaproqlari shitirlay bordi. Ikkalamiz ham tishlarimizni qisib, bir og‘iz gapirguday bo‘lsak kuchdan qoladigandek, jim uchar edik. Harakat sarxushligidan sekin-sekin boshim aylanib, o‘zimdan ketib bordim. Komronning boshi birdaniga barglarga borib tegdi, uzun sochlari peshonasiga to‘zg‘ib tushdi. Kinoyali tovush bilan: — Pushaymon bo‘la boshladingiz shekilli? — deb so‘radim. U ham kulib: — Kim pushaymon bo‘lishini ko‘ramiz hali, — dedi. To‘zg‘igan sochlari orasida porillab turgan yashil ko‘zlari menda g‘alati bir kin, sitam uyg‘otdi. Kuchimning boricha tizzalarimni bukib, arg‘imchoqqa sur’at berdim. Endi har borib-kelishimizda boshlarimiz barglar ichiga kirib-chiqar, sochlarimiz bir-birimiznikiga aralashib ketardi. Bir mahal xuddi tushdagiday xolamning: “Bas, bas!” degan qichqirig‘ini eshitdim. Buni Komron ham takrorladi: — Bas-a, Farida! — Buni sizdan so‘rash kerak, — deb javob berdim. — Mendan so‘ralsa: yo‘q, — dedi. — Mujgondan eshitgan ajoyib narsalarimdan so‘ng mening charchashim mumkin emas... Tizzalarim birdaniga bo‘shashdi, arqon qo‘limdan chiqib ketishidan qo‘rqdim. Komron so‘zini davom qildi: — Buni sendan kutmagan edim. Bu yerga seni deb kelgan edim, Farida, — dedi. Harakatdan qolganimga qaramay, arg‘imchoq hamon boyagi tezlikda uchardi. Qo‘lla- rimni arqon orqasidan o‘tkazib, panjalarimni bir-biriga kirishtirdim. — Tushaylik endi, yiqilamiz, — deb yalindim. U holimni sezmadi. — Yo‘q, Farida, yiqilib o‘lsak o‘lamizki, menga tegishga rozi bo‘lganligingni o‘z og‘zing- dan eshitmay turib seni bo‘shatmayman, — dedi. Lablari sochlarim orasidan peshonamga, ko‘zlarimga tegib ketar edi. Tizzalarim bukil- di, bir-biriga kirishgan panjalarim ochilib, qo‘llarim arqon atrofida salanglay boshladi. Komron meni shu asnoda ushlab qolmasa, yiqilishim turgan gap edi. Lekin meni saqlab qolishga kuchi yetmadi. Salmog‘i buzilgan arg‘imchoq arqoni birdan aylandi-yu, biz yer- ga gursillab yiqildik. Picha hushimdan ketib yotganimdan so‘ng ko‘zlarimni ochsam, xolamning quchog‘ida yotibman. Xolam ho‘l ro‘molcha bilan chakkalarimni silar: — Bir yering og‘riyaptimi, qizim? — deb so‘radi. Boshimni ko‘tarib: — Yo‘q, xola, — dedim. — Bo‘lmasa, nega yig‘laysan? — Yig‘ladimmi, xola? — Ko‘zlaringdagi yoshlar-chi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling