Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 solmas edi. Tishimga tegadigan chiqib qolsa, yaxshilab ta’zirini olar, darhol nafasi ichiga tushib ketardi. Hatto shulardan biri bir kuni og‘ziga yengilgina shapati ham yedi. Xayri- yatki, begona emas, bo‘lamning o‘zginasi! Men uni shapatilashga tamom haqli edim. Le- kin xudo saqladi. Basima xolam bilib qolguday bo‘lsa, kim biladi, boshimga nima o‘yinlar solardi ekan! Shunday bo‘lsa hamki, o‘zimni chorbog‘ ichra rohatda sezmasdim. Masalan, mavqeim ortgani uchun kunlardan bir kuni meni izzatli xonalarning biriga ko‘chirishdi. Pardalarimni, karavotimni, javonimni o‘zgartirishdi. Men ham, tabiiy, bularning sababini so‘rashga botinol- madim. Bir kuni aravaga tushib, Merdivon qishlog‘idagi to‘yga ketayotgan edik. Aravada odam ko‘p ekan. Joy topolmay: — Aravakashning yoniga chiqib ola qolay, — dedim. Odamlar qah-qah urib kulib yuborishdi. Men qizarib, sekin aravaga chiqib oldim. Eski odatimni qilib oshxonadan qoqi, meva-cheva o‘g‘irlagani kirganimda muttaham oshpaz: — Ko‘nglingiz xohlaganini aytavering, kichik xonim. Sizning zoti oliyangizga o‘g‘irlik yarashmaydi, — deb men bilan hazillashardi. Menga hech kim bir nima demagan bo‘lsa ham, ko‘chadan biron bolani chaqirib kirish- ga yuragim betlamas edi. Faqat tishni tishga qo‘yish, hammasiga chidash kerak edi. Le- kin bular orasida eng chidab bo‘lmaydigani Komron edi. Chorbog‘dagi so‘nggi kunlarim u bilan bekinmachoq o‘ynash bilan o‘tdi desam bo‘ladi. U meni xoli topish paytini izlab yurardi. Men esam butun shaytonligimni ishlatib, biror yerda tanho uchramaslikka harakat qilardim. Gohi mahallar birga sayr etaylik, deb taklif qilgan aravasiga yaqinlashmas, hech holi- jonimga qo‘ymay turib olsa, yonimizga Mujgondan boshqa biron kishini olardim-da, yo‘l bo‘yi o‘sha bilan tinmay gaplashib ketar edim. Mujgondan boshqasini dedim. Ha, Muj- gonning meni u bilan qoldirib qochmasligiga yoki o‘rinsiz bemazagarchiliklar qilmasligiga ishonchim yo‘q edi. Bir kuni Komron: — Bilasanmi, Farida, mening baxtimni qaro qilyapsan, — dedi. Men o‘zimni tutolmay: — Halitdan-a? — dedim. Bu savolni shu qadar qiziq so‘rabmanki, ikkovimiz ham kulib yubordik. — Mujgonga aytgan so‘zingni o‘z og‘zingdan ham bir eshitishni istar edim. Bunga haqqim bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman, — dedi. Mujgonga nima deganim esimda yo‘qday, yolg‘ondan ko‘zlarimni osmonga ko‘tardim, o‘ylandim, keyin: — Ha, — dedim, — ammo Mujgon qiz bola, Joriyangiz ham, o‘ylaymanki, shunday. O‘rtamizda o‘tgan har qanday narsa har kimga aytilmaydi. — Men har kimmanmi? — Yanglish tushunmangiz. Ruxsoringiz bir oz xotin kishinikiga o‘xshasa hamki, erkak- siz. Demak, qiz o‘rtoqqa aytiladigan har qanday narsa erkak kishiga aytilmaydi. — Men unashilgan kishing emasmanmi? — Endi aytmasak bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Bilasizki, men bu so‘zni yoqtirmayman. — Ana ko‘rdingmi, o‘zimni baxtsiz deb to‘g‘ri aytgan ekanman. Balki yana og‘zimga urarsan, deb bu so‘zni aytishga jasorat etolmayman. Lekin senga nisbatan ko‘nglimda shunday bir tuyg‘u borki... Necha vaqtlardan beri tutqich bermayotgan qopqonimga ilinish ustida ekanimni ang- ladim. Gapirsam yo tovushim titrashi, yo boshqa biron nojo‘ya ish qilib qo‘yishim mum- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling