Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 Menga tamomila parvosizdek ko‘ringan yovvoyi Hoyg‘onush bir yerida qo‘qqisdan og‘riq turganday birdan yig‘lab yubordi. Yana qanday yig‘ladi deng! Qulog‘imda ikkita in- ju baldoq bor edi. Shularni chiqarib, Hoyg‘onushning qulog‘iga taqib qo‘ydim. Hoji xalfa hadyamdan xijolat bo‘ldi. — Yo‘q, xo‘jonim, hadya degan narsa pulga olinadigan bo‘lmasligi kerak. Bular qim- matbaho injular, — dedi. Men kulimsiradim. Qizning men uchun ko‘zdan to‘kkan injulari yonida bu baldoqlar ik- ki chaqa ham turmasligini qanday qilib anglatib bo‘ladi bu sof vijdonli kishiga? Hoji xalfa, meni aravaga mindirgandan so‘ng, yana chuqur tin oldi, keyin qo‘lini ko‘kragiga urib: — O‘lay agar, sendan ayrilib qolayotganim — kecha yegan tepkimdan og‘irroq bo‘lyapti, — dedi. Kechagi hangomani xotirlagan bu so‘zlardan men yana bir marta kulib yubordim. Ara- va yura boshlagan edi. U hamon orqamdan barmog‘ini bigiz qilib: — Kulasan-da, shayton qiz, kulasan-da! — deyardi. Oh, oraliq shu paytdan tez uzay- masa-yu, ko‘zlarimni ko‘ra bilsang, bu so‘zlarni aytms eding, Hoji xalfa! * * * Arava o‘ydim-chuqur tog‘ yo‘liga tushdi. Goh suvi qurib qolgan tog‘ soylarining o‘zani- dan o‘tar, goh ekinsiz dalalar, buzilgan bog‘lar yonida yurib borardi. Ba’zan yakka-dukka dehqonlar, charchoqdan ingrayotganga o‘xshab ovoz chiqargan aravalar, o‘tin orqalab ketayotgan yalang oyoq ayollar uchrab qolardi. Yolg‘izoyoq bog‘ yo‘lidan uzun mo‘ylovli, qaroqchilarga o‘xshash vahimali ikkita jan- darma chiqib keldi. Yonimizdan o‘tib ketayotib aravakashga: — Assalomu alaykum! — deyishdi-yu, menga tikilib qarashdi. Hoji xalfa: “Yo‘llar, xudoga shukr, tinch, shunday bo‘lsa hamki, yuzingni berkitib yur. Sening surating hamma yerda ochsa bo‘ladigan suratlardan emas. Fahmladingmi, afan- dim”, — degan edi. Uzoqdan birovning kelayotganini ko‘rdim deguncha Hoji xalfaning ta’kidini eslab, dar- rov yuzimni to‘sib olardim. Soatlar o‘tgan sayin yo‘llar jimib, g‘amgin tus olib borardi. Qishloq aravalarining in- gichka, chinqiroq tovush chiqarib g‘ijillaydigan fazilati bor. Buni o‘ylab chiqarganlar xo‘p yaxshi ish qilishgan-da! Jarlarda, daralarda g‘ildiraklar g‘ijillab chiqargan aksi sadolar odamga xuddi tasalli beruvchi ovozday eshitiladi. Tog‘ oralig‘idan o‘tib ketayotganimizda menga shunday tuyuldiki, uzoqlarda, shu kuyganday ko‘ringan qora toshlar orqasida ko‘z ilg‘amas bir yo‘l boru, ingichka ovozli bir xotin mungli tovush bilan yig‘lab-siqtab ke- timizdan yugurib kelayotganga o‘xshaydi. Kech kirib kelmoqda. Quyosh tepalar orqasiga sekin-sekin o‘tar, jarlarga qorong‘ulik cho‘kar edi. Yo‘lning hali oxiri ko‘rinmaydi. Hatto biror qishloq, biror tup daraxt ko‘rinmaydi... Yuragimda sekin-sekin qo‘rquv uyg‘ona boshladi. Kechasigacha Zaynilar qishlog‘iga yetib ololmasak nima bo‘ladi? Birdan mana shu tog‘lar orasida yolg‘iz tunashga majbur bo‘lsak-a? Aravakash ora-sira to‘xtab otlariga dam berar, ular bilan bamisoli odamlar bilan gap- lashayotgandek gaplashardi. Toshlar orasida yana shunday to‘xtab, otlariga dam bera boshlaganda, men paytdan foydalanib: — Hali uzoqmi? — deb so‘radim. Aravakash boshini og‘ir-og‘ir tebratib javob berdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling